Reja: Amaliy va labaratoriya mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə41/45
tarix21.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#158350
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
16 ta mavzu

Oksidlanishi. Oksidlash uchun Cu yoki Zn katalizatorligida va 300-600oCda havo kislorodi, shuningdek, K2Cr2O7 + H2SO4 , KMnO4 + H2SO4 , CrO3, KMnO4 va boshqa oksidlovchilar ishlatiladi. Birlamchi spirtlar oksidlanganda oldin aldegidlar, so‘ngra karbon kislotalar, ikkilamchi spirtlar oksidlanganda esa ketonlar hosil bo‘ladi:


Birlamchi spirtlarni oksidlashda H2CrO4 yoki CrO3ning suyultirilgan sulfat kislotadagi eritmasi (Jons reagenti) ishlatiladi:

Ikkilamchi spirtlar oksidlovchilar ta’siriga nisbatan chidamli. Ular kaliy bixromatning suyultirilgan sulfat kislotadagi eritmasi yoki CrO3ning sirka kislotadagi eritmasi ta’sirida ketonlargacha oksidlanadi:

Uchlamchi spirtlar qiyin oksidlanadi. Bunda gidroksi guruhga yaqin turgan C–C– bog‘lar iuzilib, oksidlangan uchlamchi spirtga nisbatan kam uglerod atomlari bor kislorodli birikmalar hosil bo‘ladi:

Spirtlar to‘liq oksidlanganda (yonganda) CO2 va suv hosil bo‘ladi:

Muhim vakillari
Metanol –kuchsiz spirt hidli, zaharli suyuqlik. Metanol formaldegid, dimetilanilin, metilamin, murakkab efirlar, bo‘yoqlar, dorivor moddalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Undan yuqori oktanli yonilg‘i olinadi.
Organik sintezda metanol metillovchi agent (organik birikmaga metil guruhini kiritish uchun vosita) sifatida ishlatiladi.
Metanol – kuchli zahar. Ichganda uning kam miqdori (5-10 ml) ko‘rqiladi, 30 ml dan ko‘pi esa o‘ldiradi (ovqat hazm qilish traktida metanol formaldegid va chumoli kislotaga aylanadi). Baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida sanoatda va laboratoriyalarda u «Metanol – zahar» nomi bilan yuritiladi, kimyoviy laboratoriyalarda maxsus muhrlangan metall seyf va shkaflarda saqlanadi.
Etanol –o‘ziga xoshidli, rangsiz suyuqlik. Ulak, dori, bo‘yoq va atir-upa mahsulotlari ishlab chiqarishda, shuningdek, sintezlarda arzon erituvchi sifatida, sirka aldegid, sirkakislota, xloroform, xloral, dietil efir, karbon kislotalarning etil efirlari va boshqa moddalarni olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin