Miqdor ko‘rsatkichlari – absolyut ko‘rsatkichlar bo‘lib, bu qatorga yalpi va tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda yoki daromad miqdori, ishlab chiqarish resurslarining sarflanishini kiritish mumkin.
Sifat ko‘rsatkichlari nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat mahsuldorligining o‘sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu qatorga shuningdek, o‘zaro miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig‘imi, mahsulot sifati va boshqalarni ham kiritish mumkin.
Hajm ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning, uning ayrim jarayonlari va unda ishtirok etuvchi omillarning absolyut kattaligini belgilaydi. Bu qatorga masalan, yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmi, mehnat xarajatlari hajmi, olingan foydaning umumiy hajmi va boshqalar kiritiladi.
Solishtirma ko‘rsatkichlar ikki yoki undan ortiq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar va mahsulot birligi xarajatlari salmog‘ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan, mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg‘i sarflanishi, ishlab chiqarish quvvati birligiga kapital qo‘yilmalar, jami to‘lovlar hajmida mukofotlarning salmog‘i va hokazolar.
Ushbu barcha ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud. Bu ko‘rsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ham qo‘llanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ostonokulov M. Buxgalteriya xisobi nazariyasi. -T.: Ukituvchi, 1993.
Kiryanova Z.V. Teoriya buxgalterskogo ucheta. -M.: Finanso` i statistika, 1996.
Yuldashev S.SH. Osnlvo` buxgalterskogo ucheta. -Vashington, 1997.
Kondrakov N.P. Buxgalterskiy uchet. -M.: INFRA M, 1998.
Kamo`shanov I.P. Prakticheskoye posobiye po buxgalterskomu uchetu. -M.: AO "DIS", 1997.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |