YAF= SST - IT,
bu yerda: YAF – yalpi foyda;
SST – sotishdan kelib tushuvchi sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda - mahsulot sotishdan olinuvchi yalpi foyda bilan vaqt xarajatlari o‘rtasidagi farqga boshqa daromadlar qo‘shiladi va asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari (zarar) ayiriladi:
AFF = YAF - DX Q BD - BZ,
bu yerda: AFF –asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatning boshqa daromadlari;
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
Umumxo‘jalik faoliyati natijasidan foyda (yoki zarar), quyidagicha hisoblanadi: asosiy faoliyatdan olinuvchi foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat daromadlari qo‘shiladi va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ayiriladi.
UF = AFF Q MD - MX,
bu yerda: UF- umumxo‘jalik faoliyati natijasidagi foyda;
MD – moliyaviy faoliyat daromadlari;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
Soliq to‘lanmasdan oldingi foyda - umumxo‘jalik faoliyatidan olinuvchi foydaga favqulodda foyda qo‘shiladi va favqulodda xarajatlar (zarar)ayiriladi.
STF = UF Q FP - FZ,
bu yerda: STF - soliq to‘lanmasdan oldingi foyda;
FP - favqulodda vaziyatlarda olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlarda ko‘rilgan zarar;
Yillik sof foyda, soliqlar to‘langandan so‘ng xo‘jalik sub’ekti tasarrufida qoladi, soliq to‘lanmasdan oldingi foydadan daromad (foyda) solig‘i hamda qonunchilikda belgilangan boshqa soliq va majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan topiladi:
SF = STF - DS - BS,
bu yerda: SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda) solig‘i;
BS – boshqa soliq va to‘lovlar.
Nizomga ko‘ra barcha xarajatlar quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiluvchi xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, jumladan, ishlab chiqarish xarakteridagi yuklama xarajatlari;
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmagan, biroq davr xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi xarajatlar, asosiy faoliyatdan olinuvchi foydani aniqlashda hisobga olinadi:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlari;
3. Xo‘jalik sub’ektining moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar, uning umumxo‘jalik faoliyatida oluvchi foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadi:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarda valyuta kursidagi salbiy farqlar;
v) qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan mablag‘larning qayta baholanishi;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar, daromad (foyda) solig‘i to‘lanmasdan oldingi foyda yoki zarar miqdorini aniqlashda hisobga olinadi.
Marketing rejasi va dasturi
Dostları ilə paylaş: |