Mi = Dp Ti bu yerda
Mi – inflyasiya mukofoti miqdori;
Dp – investitsiyalar bo‘yicha real o‘rtacha bozor daromadi darajasi.
Mos ravishda investitsiya bo‘yicha umumiy daromad miqdori (Dn) quyidagiga teng bo‘ladi:
Dn=Dp/ Mi, Shuni qayd etish kerakki, inflyasiya sur’atlarini bashorat qilish juda qiyin va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayondir. Bundan tashqari, inflyasiya sur’atlari ayrim paytlarda bashorat qilish qiyin bo‘lgan sub’ektiv omillar ta’siriga uchraydi. SHu sababli investitsiyalash amaliyotida inflyasiya omilini hisobga olishning yanada soddaroq usulidan foydalanish mumkin.
Shu maqsadda investitsiya mablag‘lari qiymati yoki ularni qaytarish qiymati milliy valyutadan erkin konvertatsiyalanuvchi valyutalardan biriga qayta hisoblanadi.
Bunda usul mamlakat ichida hisob-kitoblardan inflyasiya omilini umuman chiqarib tashlashga imkon beradi.
126.Vaqt bo‘yicha pul qiymati nima?
Javob Biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‘lari kiritishni amalga oshirish turli vaqt oralig‘ida pul mablag‘lari oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunday baholash konsepsiyasi shunga asoslanadiki, pul qiymati vaqt o‘tishi bilan pul bozoridagi foyda normasini hisobga olgan holda o‘zgarib boradi, bu norma sifatida odatda ssuda foizi normasi qabul qilinadi. Mazkur holatda foiz deganda pul bozorida puldan foydalanish natijasida olinuvchi daromad miqdori tushuniladi. Investitsiyalash uzoq muddatli jarayon ekanligini hisobga olgan holda, investitsiya kiritilgan paytdagi pul qiymatini uni bo‘lajak foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqa shaklda qaytib kelish paytidagi qiymati bilan taqqoslanadi.
Investitsiya kiritish va pul mablag‘larini qaytib olish paytidagi pul qiymatini taqqoslashda ikkita asosiy tushuncha – pulning hozirgi qiymati va kelajakdagi qiymatidan foydalanish qabul qilingan.