Reja: Daromad va xarajatlarni rejalashtirish


Pulning kelajakdagi qiymati



Yüklə 429 Kb.
səhifə7/26
tarix13.04.2023
ölçüsü429 Kb.
#97285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Reja Daromad va xarajatlarni rejalashtirish

Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul mablag‘larining belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng ma’lum bir foiz stavkasini hisobga olgan holda aylanishi lozim bo‘lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o‘sish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, pulning boshlang‘ich miqdoriga foiz summasini (foiz to‘lovlarini) qo‘shib borish yo‘li bilan bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‘lari qiymatini o‘stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma’noda – investitsiya operatsiyalarining daromadlilik darajasini o‘lchash uchun ham foydalaniladi.
Pulning hozirgi qiymati kelajakda kelib tushadigan pul mablag‘larining belgilangan foiz stavkasini («diskont stavkasi») hisobga olgan holda hozirgi davrga keltirilgan miqdorini ifodalaydi. Pulning hozirgi qiymatini aniqlash bu qiymatning diskontllashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, pul mablag‘larining belgilangan yakuniy hajmida o‘sishiga teskari operatsiyani ifodalaydi. Bu holda foiz (diskont) miqdori pul mablag‘larining yakuniy miqdoridan (kelajakdagi qiymatdan) chiqarib tashlanadi.
Bunday holat ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng oldindan belgilangan summani olish uchun bugungi kunda qancha mablag‘ investitsiya qilish kerakligini aniqlash zarur bo‘lgan hollarda vujudga keladi.
Pul mablag‘larini investitsiyalash bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda qiymatning o‘sish va diskontlashuv jarayonlari oddiy hamda murakkab foizlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Oddiy foizlar odatda qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo‘llaniladi.
Oddiy foiz deb pul mablag‘larini investitsiyalash shartlari bilan belgilangan to‘lov davri (chorak, oy va hokazo) yakunida qo‘yilmaning boshlang‘ich (hozirgi) qiymatiga hisoblanuvchi summani anglatadi.
Qo‘yilmaning o‘sish jarayonida oddiy foiz summasini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
J = P  n  i,
bu yerda
J – investitsiyalashning belgilangan davri uchun foiz summasi;
R – boshlang‘ich qo‘yilma (investitsiya) summasi;
n – investitsiyalash muddati (har bir foiz to‘lovi amalga oshiriluvchi davrlar soni);
i - foiz stavkasi (o‘nli kasr bilan ifodalanadi).
Misol. Quyidagi shartlarga ko‘ra bir yil uchun oddiy foiz stavkasini aniqlash kerak bo‘lsin: boshlang‘ich qo‘yilma miqdori -1000 so‘m; har chorak to‘lanuvchi foiz stavkasi - 20%. Ushbu ko‘rsatkichlarni formulaga qo‘yib, quyidagiga ega bo‘lamiz.

Yüklə 429 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin