Reja: Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
3-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari.
Reja:
1. Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2. Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining maqsadi, vazifalari va xususiyatlari. Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarning xarajatlari
Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari
Tayanch va so‘z iboralar.Davlat moliyasi, jamlanma byudjet, ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg‘armasi, konsolidatsiyalashgan byudjet, markaziy bank, moddiy yordam, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi fondi, majburiy ajratma, ishsizlik
1. Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar –
1) bu byudjetdan alohidalashgan holda tuzilgan, maqsadli harakterga ega va umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga ega tadbirlarni moliyalashtirishga qaratilgan mustaqil moliya muassasalari tizimi;
2) bu davlat tomonidan ayrim ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan va operativ mustaqillik asosida kompleks harajat qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va ulardan foydalanish shakli.
Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg‘armalari– Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda 1992 yil 6 ta davlat maqsadli jamg‘armalari tashkil etilgan: Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi – ishchi kuchining bandligini ta’minlash va ishsizlik yuzasidan mavjud muammolarni hal qilish uchun;