Reja: Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə7/11
tarix26.12.2023
ölçüsü31,51 Kb.
#198532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtis-fayllar.org

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari belgilangan tartibda davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘lar:
o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida saqlab turilganligi uchun;
o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun;
statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi undiriladigan to‘lovlar hisobidan shakllantiriladi.
Undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘laridan:
ishlayotgan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash;
ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash;
davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga qobiliyasiz fuqarolarga nafaqalar;
dafn etish marosimi uchun nafaqalar;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘laridan:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, shu jumladan jihozlash (texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar olish);
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ, uning hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari boshqaruv apparati xodimlarining hamda muhandis-texnik xodimlarining va Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi xodimlarining malakasini oshirish;
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasini, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organning ijro etuvchi devonini hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlarini saqlab turish;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi.

Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin