Reja: Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə6/11
tarix26.12.2023
ölçüsü31,51 Kb.
#198532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Davlat budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtis-fayllar.org

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.


Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari:
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;
homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga byudjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari:
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;
homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga tibbiyot tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.

Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin