O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining mablag‘laridan: sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xo‘jaliklararo ochiq kollektorlarni va ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini, vertikal drenaj quduqlarni, meliorativ nasos stansiyalarini hamda kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tozalash;
sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq loyiha-qidiruv hujjatlarini ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqish;
ixtisoslashtirilgan qurilish va foydalanish tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalarining meliorativ texnika parkini mablag‘larni qaytarish asosida yangilashni, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlari asosida yangilashni moliyalashtirish tadbirlari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamentini hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalarining melioratsiyaga taalluqli qismini saqlab turish;
sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlar uchun foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan: oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-laboratoriya korpuslarini, sport zallarini va talabalar yashab turgan joylarni hamda boshqa infratuzilma obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-laboratoriya korpuslarini, sport zallarini, talabalar yashab turgan joylarni hamda birgalikda foydalaniladigan oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini mebel, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.