Masalan: 1. G‘alla, meva, sabzavotlardan har xil guruhi bir-biridan farqlansada o‘simlik deb hisoblanadi.
2. Grafit va olmos orasida ham umumiylik bor. Demak, g‘alla, meva, o‘simlik, olmos, grafit, kislorod bilan gazlar o‘zlariga xos ayrimlik xususiyatlariga ham umumiylik belgilariga ham egadir.
Bu uch kategoriya o‘rtasidagi tafovut mutloq emas, nisbiydir. Bular bilish jarayonida ham muhim metodologik ahamiyatga ega. Bilishning o‘zi ayrimlikdan xususiylik orqali umumiylikka ko‘tarilib borishdir. Shuning uchun ham bu uch kategoriya bilish taraqqiyotining bosqichlaridir. Bu uch kategoriya dialektikasi fan, amaliyot uchun muhim metodologik ahamiyatga ega. Chunki barcha fanlar, umumlashtirishlardan foydalanadi. Umumiy tushunchalarni ishlatadi: bu esa ularga qonunlar ochish, amaliy harakatni ilmiy bashorat quvvati bilan qurollantiradi.
ALOHIDALIK, XUSUSIYLIK, UMUMIYLIK.Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi.
BO‘LAK - deganda, predmet yoki jism, hodisa yoki voqeaning eng kichik qismi tushuniladi. O‘sha bo‘laklar birlashib ma’lum murakkab sifatni tashkil qiladi.
BUTUN esa o‘sha bo‘laklarning oddiy yig‘indisi bo‘lib qolmay, hodisalar, voqealar orasidagi umumiy aloqadorlik ya’ni bo‘laklarning birini ikkinchisiga ta’sir o‘tkazib turishini tasdiqlaydi.
Butun bilan bo‘lakning dialektik aloqasini to‘la tasavvur etmoq uchun yaxlitlik prinsipi nuqtai nazaridan tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ya’ni olamdagi jamiyki jarayonlarni o‘rganishda ularni bir butun yaxlit deb qaramoq kerak. Yaxlitlikning uch asosiy turi bor.
1. Strukturaviy.
2. Funksional.
3. Genetik.
Yaxlitlik prinsipiga amal qilish olamdagi hodisa yoki voqeani o‘rganish jarayonida ularni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tib turadi, deb tushuntirish vositasi sifatida ham qo‘llaniladi. Ana shunday bosqichlar uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
1. Elementarizm (murakkabdan oddiyga tomon borish)
2. Mexanizm (alohida olib qarash)
3. Reduksionizm (oddiydan asta-sekin murakkabga tomon borish)