Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari
Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonunining olamni falsafiy anglashdagi ahamiyati. Miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo’lmagan miqdoriy o’zgarishlar asta-sekin to’plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo’li bilan tub sifat o’zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o’z sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki muayyanligi bo’lib, boshqa narsalardan ajratib turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir. Sifat narsa qanday bo’lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossalari orqali namoyon bo’ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o’zaro
aloqadorligidagi tashqi namoyon bo’lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum bir xossalarda namoyon bo’lishi orqali bilamiz. Har bir narsa ko’plab xossalarga, ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xossalarga ega bo’ladi. Masalan, metall zichliq siquvchanlik, issiqlik o’tkazuvchanlik, cho’ziluvchanlik kabi xossalarga ega. Sifat — jismning barcha xossalarini birgalikda bog’lovchidir. Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o’xshashligini ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yig’indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o’zgarishi muqarrar sur’atda xossaning o’zgarishiga olib keladi, biroq xossaning o’zgarishi har doim sifatning o’zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo’q bo’lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Har bir narsa muayyan sistemada bir-biri bilan bog’liq, bo’ladi. Narsa qaysi bog’lanishlar sistemasiga kirsa, shu sistemaga bog’liq ravishda turli sifatlarga ega bo’ladi. Chunonchi, «stol» muayyan tabiiy materialdan, ya’ni daraxtdan yasalgan bo’lib, tabiiy sifatga ega. Shuning uchun u tabiiy qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni zamonda stol muayyan inson mehnatining natijasi bo’lib, ijtimoiy sifatga ham ega va ijtimoiy qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ijtimoiy sifatlar o’z navbatida ikki guruhga: birinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga bo’linadi. Xuddi o’sha stol, modomiki, insonning muayyan ehtiyojini qondirar ekan, «aniq (amaliy) his» etiladigan narsa sifatida namoyon bo’ladi. Ikkinchi tomondan, stol, modomiki, qiymatga ega ekan, u tovar sifatida gavdalanadi. Bu o’rinda stol «haddan tashqari his etiladigan narsa» tariqasida gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tartibli ijtimoiy sifatlarga mansubdir. Narsalar sifat muayyanligidan tashqari bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi.
Miqdor predmetning hajmi, o’lchovi, og’irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega.
Chunonchi, suv o’z solishtirma og’irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega, bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti, sur’ati darajasi, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi.
Narsa va hodisalardagi miqdoriy va sifatiy tomonlar doimo bir-birini taqozo qilib, birlikda bo’ladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo’lgan narsa yo’q. Shuning uchun ham narsaga miqdoriy va sifatiy tomondan berilgan tavsif to’liq bo’ladi.
Miqdor va sifatning birligi, o’zaro bog’liqligi me’yor tushunchasida ifodalanadi. Me’yor bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofiqligidir. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan chiqmasdan muayyan oraliqda o’zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmet muayyanligini, sifat va miqdor birligi sifatida me’yorni ifodalaydi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo’lmagan holatga olib keladi. Me’yor har bir narsa va hodisadagi miqdor bilan sifat o’rtasidagi o’zaro munosabatni ifoda etadi. Bu o’rinda har bir narsa, hodisa miqdor o’ziga xos o’lchovga ega bo’ladi, chunki ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan miqdor bilan uyg’unlashadi. Ushbu ob’ektga xos bo’lgan miqdoriy o’zgarishlar doirasidan chiqish shu ob’ektga xos bo’lgan me’yorning buzilishiga va uning yangi sifatga o’tishiga olib keladi.
Me’yorning turli shakllari mavjud bo’lib, nazariy bilimlar sistemasida u quyidagilarga ajratiladi: 1) oddiy me’yor alohida o’z-o’zicha olingan predmet o’lchovi; 2) sistemali, substansiyali me’yor — ushbu sistemaning elementi, bo’lagi bo’lgan predmet o’lchovi; 3) aniq me’yor — barcha haqiqiy munosabatlar yig’indisi bo’lgan predmet o’lchovi. Ijtimoiy hayot qoidalari ham g’oyat turli-tuman me’yor munosabatlariga ega.
Bir me’yordan ikkinchi me’yorga o’tish jarayoni bir holatdan ikkinchi holatga o’tish negizi (yoki nuqtasi) deyilsa, bir miqdoriy sifat holatidan ikkinchisiga o’tishning barcha xalqasi esa me’yorning markaziy tuguni deyiladi.
Sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida olamdagi narsalarning ob’ektiv va eng umumiy tavsifi ifodalanadi. Shuning uchun ham ayrim faylasuflarning narsalar sifatini sub’ektiv tushuncha deb ta’kidlashlari nazariy jihatdan asossizdir.
Miqdor va sifat birlikda, bo’lib bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga va, aksincha, ma’lum sharoitda sifat miqdorga o’tadi. Narsa va hodisalarning sifati ob’ektiv bo’lsada, nisbiydir, chunki ular o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutlaqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarning miqdoriy muayyanligi ham o’zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy harakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari ham o’zgarish va rivojlani shdadir. Miqdor va sifat o’zgarishlarining aniq holatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o’zgarishlari xosdir. Miqdor o’zgarishlar bilan sifat o’zgarishlar o’rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo’lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdor o’zgarishlar sifat o’zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan sifat o’zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi sodir bo’ladi.
Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish masalasiga, o’z navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar Qadimgi yunon faylasuflarining
«yaltiroq bosh» va «g’aram» nomi bilan, keltirgan misollari ma’lumdir. Suhbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolasi yulib olinsa bosh yaltirab qoladimi, agar g’aramdan bir dona urug’ olinsa, u g’aramlik holatini yo’qotadimi? Natija, “yo’q” degan javob bo’ladi. Bu hol bosh yaltiramaguncha, g’aram esa yo’q bo’lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar bu kabi hodisalarni eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishi natijasida deb, emas balki sof mantiqiy g’ayri tabiiylik deb qarar edilar.
Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi haqida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida ham ko’pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy, al-
Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug’bekning matematika, algebra, astronomiya, geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat o’rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar berilgan. «Men, — deb yozadi al-Xorazmiy, — arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi «Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqaga kitob»ni tasnif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdo va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o’lchash, kanallar o’tkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir»1.
Ular fikricha, miqdor va sifat o’zgarishlarning o’zaro aloqadorligini nafaqat tabiat va jamiyat hodisalarida, balki ruhlarda hamkuzatish mumkin. «Ruhlar sifatlarining ... o’zaro qo’shilishi oqibatida ularning (aqliy) quvvatlari miqdor jihatdan ham tobora ortadi»1, - deb yozadi Forobiy.
Miqdor o’zgarishlaridan tub sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni ob’ektiv bo’lib, real voqelikdagi narsa va hodisalarning o’ziga xosdir. Olamdagi barcha o’zgarishlar asta-sekin sodir bo’ladigan miqdor o’zgarishlardan boshlanadi. Miqdor o’zgarishlar muayyan chegarada sifatning barqarorligiga (turg’unligiga) ta’sir etmaydi.
Miqdor o’zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo’qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Bu holni biz kimyo fanida yaqqol ko’rishimiz mumkii. Masalan, ikki atom vodorod bilan bir atom kislorod suvning molekulasini tashkil etadi. Agar bu elementlarni boshqacha nisbatda, ya’ni ikki atom vodorodni N2O ikki atom kislorod bilan biriktirsak, u holda bir yangi narsa — vodorod peroksidi hosil qilamiz (N2O2).
Taraqqiyot jarayonida miqdor o’zgarishlari tub sifat o’zgarishlariga o’tish bilan birga sifat o’zgarishlari miqdor o’zgarishlariga ham o’tadi. Miqdor o’zgarishlari natijasida vujudga kelgan yangi sifat muayyan vaqtga muvofiq keladigan barqarorlikka ega bo’lib, shu miqdor o’zgarishlari jarayonini davom etishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu sifat o’zgarishlarining miqdor o’zgarishlariga o’tishidir.
Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari o’zaro chambarchas bog’langan bo’lishiga qaramay, ular ayrim o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Chunonchi: birinchidan, miqdor o’zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdor o’zgarishlar asta-sekin yuz beradi.
Sifat o’zgarishlariga o’tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi; ikkinchidan, miqdor o’zgarishlari ma’lum vaqtgacha predmetga muhim ta’sir ko’rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100°C gacha suyuqlik holatini yo’qotmaydi. Sifat o’zgarishlari hodisalarni tubdan o’zgartirib, uni boshqa hodisaga aylantirishni taqozo qiladi; uchinchidan, miqdor o’zgarishlari asta-sekin o’tadi va ko’p hollarda (muayyan davrgacha) sezilmasdan o’tadi. Sifat o’zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to’satdan sodir bo’ladi; to’rtinchidan, sifat o’zgarishlari miqdor o’zgarishlariga qaraganda tub
o’zgarishlar hisoblanadi.
Metafizik usulda fikr yuritadigan faylasuflar miqdor o’zgarishlar bilan sifat o’zgarishlarini ajratib bir-biriga qarama-qarshi qo’yadilar, ayrimlari esa faqat miqdor o’zgarishlarnigiga tan oladilar.
Miqdor va sifat o’zgarishlari jarayonini tahlil qilar ekanmiz, nazariy hamda amaliy faoliyatda amalga oshayotgan o’zgarishlar mexanizminigina emas, balki ularning chuqurligi va ahamiyatini ham hisobga olish muhimdir. Shunga asosan ro’y beradigan o’zgarishlarni inqilobiy va tadrijiy (evolyutsion)ga ajratish mumkin.
Bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish sakrash yo’li bilan amalga oshadi.
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tish jarayonini anglatadigan falsafiy tushunchadir. Sakrash taraqqiyotning uzluksiz ko’rinishiga qaraganda ancha tez o’tadigan shakldir.
Sakrash miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlarga o’tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrashlar doim asta-sekinlik bilan miqdor o’zgarishlari natijasida tayyorlanadi. Bundan shuni nazarda tutish kerakki, miqdor o’zgarishlar narsa va hodisani bir tekisda oddiy ko’paytirish yoki kamaytirishdan iborat emas. Miqdor o’zgarishlar narsa va hodisalarning ijtimoiy tomonlarini asta-sekin o’stirib mustahkamlashni hamda salbiy tomonlarini astasekin susaytirishni taqozo etadi. Sakrash, shuningdek, narsa va hodisalar o’rtasidagi ziddiyatlarning hal qilinishidir. Sakrash natijasida eski sifat bilan uning asosida harakat qiladigan qarama-qarshiliklar birligi tugatiladi va yangi sifatning vujudga kelishi sodir bo’ladi.
Nihoyat, sakrash — eski sifatning inkor etilishi va yangi sifatning qaror topishidir. Sakrash natijasida eskidan yangiga o’tish amalga oshadi. Shunga ko’ra narsa va hodisalarning rivojlanishi ilgarilab boradi. Shunday qilib dialektik sakrash quyidagi jihatlarga ega: