Reja: Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari



Yüklə 62,16 Kb.
səhifə3/17
tarix12.05.2023
ölçüsü62,16 Kb.
#112193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari

uchinchidan, qarama-qarshiliklarning biri ikkinchisiga o’tadi va o’zaro bir-
biriga singib ketadi. Masalan, pozitron va elektron ma’lum sharoitda fotonlarga aylanadi, natijada materiyaning boshqa turi kelib chiqadi.
Qarama-qarshi tomonlarning birligi nisbiy, o’tkinchi xususiyatga ega bo’lishi bilan birga ular o’rtasidagi kurash mutlaqdir. Davr o’tishi bilan kurashning ba’zi aniq shakllari yo’qolishi mumkin, ammo qarama-qarshi tomonlar taraqqiyot davomida turli xil vazifani bajaradi. Qarama-qarshilikning mutaassib tomoni narsa va hodisani qanday bo’lsa, shundayligicha saqlab qolishga intilsa, ilg’or tomoni uni o’zgartirishga, yoki uni barbod qilib, yangisini vujudga keltirishga harakat qiladi.
Qarama-qarshiliklar haqida Forobiyning fikri alohida e’tiborga molik. Forobiyning fikricha, faqat Ollohning sherigi yo’q, shuning uchun ilk borliqning ziddi bo’lishi ham mumkin emas. Lekin boshqa har bir narsa karama-qarshi harakatda bo’ladi. «Qarama-qarshi bo’lgan har bir narsa, birga bo’lsa, — deydi Forobiy, — u albatta, buzilishga va o’z yo’li aynashiga olib keladi. Ziddilarning har birining tabiati shunday bo’ladi, ulardan birining qayerda bo’lishidan qat’i nazar birining yo’qligi ikkinchisining borligini taqozo etadi. Ziddi bo’lishi mumkin bo’lgan har bir narsada ahvol shundaydir»1.
Tabiat va jamiyatda mavjud bo’lgan ziddiyatlar o’zining xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Dialektik ziddiyatlar ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo’lmagan, antagonistik va noantagonistik, umumiy va xususiy, zaruriy va tasodifiy, imkoniylik va haqiqiylik shakllaridan iboratdir.
Narsa va hodisalarning harakat mohiyatidan kelib chiqadigan ziddiyatlar ichki ziddiyat, deb aytiladi. Tashqi ziddiyatlar deb, turli narsa va hodisalar o’rtasidagi qarama-qarshiliklarga nisbatan aytiladi.
Ziddiyatlarni ichki va tashqi turlarga bo’lish nisbiydir, chunki ular bir-biriga o’tib turadi. Ma’lum bir ziddiyat boshqa narsa va hodisaga nisbatan ichki yoki boshqa bir munosabatda tashqi ziddiyat bo’lib qolishi ham mumkin. Dialektika ichki va tashqi ziddiyatlarning birligini hisobga olish bilan birga, ularning taraqqiyotdagi o’rniga baho berishda har tomonlama yondashishni talab qiladi.
Metafiziklar faqat tashqi ziddiyatlarni tan olib, narsa va hodisalarda ichki ziddiyatlar mavjudligini inkor etadilar. Ular taraqqiyot manbaini narsa va hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi to’qnashuvidan kelib chiqqan tashqi ziddiyatdan iborat deb qaraydilar.
Asosiy ziddiyatlar deganda hodisaning mavjudligi va rivojlanishi, vujudga kelishi va yo’q bo’lishi yoki yangi sifatning tug’ilishini o’z ichiga oladigan, eng chuqur mohiyatni ifodalaydigan ziddiyatlar tushuniladi. Asosiy bo’lmagan
ziddiyatlar esa, ma’lum bir taraqqiyot bosqichida narsa va hodisalar mohiyatining u yoki bu tomonini aks ettirib, uni belgilash yoki o’zgartirish kuchiga ega bo’lmagan ziddiyatlardir.
Asosiy va asosiy bo’lmagan ziddiyatlardan muhim va muhim bo’lmagan ikkinchi darajali ziddiyatlarni farqlash lozim. Muhim ziddiyatlar deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan ziddiyatlarga aytiladi. Hodisalar taraqqiyoti bosqichida muhim va muhim bo’lmagan ziddiyatlar o’rin almashishi, bir biriga o’tib turishi mumkin.
Ziddiyatlar o’z xususiyati jihatidan antagonistik va noantagonistik bo’lishi mumkin. Jamiyatda antagonistik ziddiyatlar bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan sinflar, tabaqalar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqishi mumkin, Ammo, antagonistik ziddiyatlar faqat sinfiy munosabatlarga xos, degan qarash noto’g’ri. Tarixiy tajriba, ijtimoiy amaliyot shuni ko’rsatadiki, bunday ziddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida namoyon bo’lishi mumkin. Ular faqat sinfiy negizda emas, balki etnik, milliy, diniy, irqiy va boshqalarda vujudga kelishi mumkin. Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy tizilmalar, siyosiy partiya va ommaviy harakatlar o’rtasida ham vujudga kelishi mumkin.
Antagonistik ziddiyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ularni hal etishda mavjud holatni buzishga olib keladigan vositalarni qo’llashdir. Ijtimoiy hayotdagi noantagonistik ziddiyatlarga tub manfaatlar va maqsadlari umumiy bo’lgan tabaqalar, ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi munosabatlar, shahar bilan qishloq, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o’rtasidagi mavjud bo’lgan tafovutlar va boshqalar misol bo’la oladi. Ularni bartaraf qilish ham antagonistik ziddiyatlar singari kurash asosida amalga oshiriladi, lekin bu kurash shakli, xususiyati jihatidan boshqadir.
Ziddiyatlar xilma-xil shakllarda bartaraf etilishi mumkin. Ulardan biri eskining yemirilib, yangining qaror topishidir, bunga misol sifatida iqtisodiyotning eskisi yemirilib, asta-sekinlik bilan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning barpo etilishini ko’rsatib o’tish joizdir. Shuningdek qaramaqarshiliklarni o’zaro ongli ravishda qo’shib, ular o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etib, shu asosda taraqqiyotda ilgarilab borishdan iboratdir. Ziddiyatlarni bartaraf etishning samarali shakllaridan yana biri — konsensus (o’zaro kelishuv)dir. Konsensus qarama-qarshi kuchlar, tomonlar, ijtimoiy guruhlar, partiyalar, harakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarni umumiy manfaatlardan kelib, chiqib hal etish yo’llaridan bo’lib hisoblanadi. U xalqlarni milliy totuvlikka, hamkorlikka da’vat etadigan yo’ldir. Konsensus muloqotlar, referendumlar, ommaviy axborot vositalari orqali eng muhim qonunlar loyihasini muhokama qilish va hokazo yo’llar bilan amalga oshiriladi.
Ko’rinib turibdiki, ziddiyatlarni hal etishning xususiyati va yo’llarini to’g’ri tushuna bilishlik amaliy faoliyatimizda to’g’ri mo’ljal olishga imkon beradi.

Yüklə 62,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin