Fizik–kimyoviy xossalari. Fenol–o`ziga xos o`tkir xidli, rangsiz kristall modda. Saqlab qo`yilganda u havo kislorodi ta`sirida asta-sekin oksidlanib pushti rangga kiradi. Fenol 42,3 0C da suyuqlanadi. 182 0C da qaynaydi: kuchli antiseptik xossasi, ya`ni ko`pchilik mikroorganizmlarni o`ldirish xususiyati bor, ancha zaharli.
Kimyoviy xossalari–jihatidan fenollar spirtlardan farq qiladi. Bunday farq fenol molekulasida gidroksil guruhi bilan fenil (C6H5-) deyiladigan benzol yadrosining bir-biriga ta`sir etishi tufayli yuzaga keladi. Bu ta`sirning mohiyati shundan iboratki, benzol yadrosining π–elektronlari gidroksil guruhidagi kislorod atomining bo`linmagan elektronlar juftini o`z doirasiga tortadi. Bu o`z navbatida O-H bog`lanishnig elektron zichligini vodoroddan kislorodga tomon yana siljitadi, vodorod kislota xossali, harakatchan va reaksiyaga kirishuvchan bo`lib qoladi. Fenol kuchsiz kislota xossalarini namoyon qiladi. Shuning uchun u faqat Na va K metallari bilangina emas, balki o`yuvchi ishqorlar bilan ham oson reaksiyaga kirishadi va suvdagi eritmalarda barqaror bo`lga fenolyatlar hosil qiladi:
2C6H5OH + 2Na → 2C6H5ONa + H2↑
C6H5OH + NaOH → C6H5ONa + H2O
Fenolning kislotali xossalari juda kuchsiz ifodalangani sababli fenolyatlar (fenolning tuzlari) mineral kislotalar, shu jumladan karbonat kislota ta`sirida oson parchalanadi. C6H5ONa + CO2 + H2O → C6H5OH + NaHCO3 Fenol qizdirilmaganda va katalizatorsiz ham brom va HNO3 bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi va uchta vodorodi almashingan hosilalar (2, 4 va 6-holatlarda) hosil qiladi: C6H5OH + 3Br2 → C6H2Br3OH + 3HBr
C6H5OH + 3HNO3 → C6H2NO2OH + H2O
Ishlatilishi. Fenol kuchli antiseptik sifatida dezinfeksiyalovchi modda tariqasida ishlatiladi. U ayniqsa, plastik massalar–feoplastlar olish uchun ko`p sarflanadi. Trinitrofenol portlovchi modda sifatida, fenolyatlar erituvchilar sifatida, sun`iy tolalar olishda ishlatiladi. Fenol dori-darmonlar, fotografiya ochiltirgichlari va bo`yoqlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Kumol kauchuklar olish uchun foydalaniladigan α–metilstirol olishda boshlang`ich modda sifatida ham ishlatiladi.