Reja: Fermentlar


Fermentlarning spetsifikligi



Yüklə 92,75 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü92,75 Kb.
#162129
1   2
Fermintlarning tuzilishi va sipetsefikligi

Fermentlarning spetsifikligi.
 Fermentlarning spetsifikligi tirik organizmga xos bo`lgan xususiyatlardan hisoblanadi. Spetsifiklik fermentning substratga bo`lgan selektiv (saralash) xususiyatidir. Fermentlarning spetsifiklik faoliyati deyilganda substrat faol markazga kelganda xuddi kalit qulfga tushgandek mos kelish kerak (13-rasm). Bu ramziy o`xshatish 1894yilda E.Fisher tomonidan aytilgan.
Sterokimyoviy spetsifiklik. Bu xildagi ferment – substratning faqat yagona steroizomerini katalizlaydi. Masalan, fumaratgidrataza suv molekulasini fumar kislotaning qo`sh bog`iga biriktiradi, lekin uning steroizomeri bo`lmish malein kislotaga ta'sir qilmaydi. Xuddi shuningdek, ba'zi fermentlar substratning trans va sis-izomerlariga qarab ta'sir etadi.
Mutloq spetsifiklik. Bu xildagi spetsifiklikka ega bo`lgan ferment faqat bittagina substratga ta'sir etib, substrat molekulasida ro`y bergan ozgina o`zgarish ham uning faolligini yo`qotishi mumkin. Masalan, ureaza faqat mochevinaga, alkogoldegidragenaza asosan etil spirtiga ta'sir etadi.
Nisbiy spetsifiklik. Bunday hollarda fermentlar substrat strukturasiga befarq bo`lib, faqat ular tarkibidagi kimyoviy bog`lar guruhiga qarab o`z ta'sirini ko`rsatadi. Peptid bog`larni gidrolizlovchi peptidaza va esteraza sifatida ta'sir etadigan tripsin fermentlari nisbiy spetsifiklikka misol bo`ladi.Enzimologiya fanining dastlabki davrlarida fermentlarni ixtiro qiluvchilar ularga tasodifiy nomlar berganlar. Masalan, pepsin, papain va boshqalar. Ko`pchilik fermentlar substrat nomiga -aza qo`shib nomlangan (ratsional nomlanish). Masalan, kraxmalning gidrolizlanishini amilaza, mochevinani esa ureaza deb ataladi. Xolofermentni ratsional nomenklaturasi, koferment nomi bilan ataladi (peridoksal ferment, geminferment). Keyinchalik fermentning atalishida substratning nomi va katalizlovchi reaksiyani turi qo`shib aytiladigan bo`ldi (alkogoldegidrogenaza).
Yangi nomenklaturaga muvofiq, fermentlarning nomi substratning kimyoviy nomidan, ferment katalizlaydigan reaksiya hamda fermentativ reaksiya mahsuloti asosida ataladi. Agar fermentativ reaksiya guruhlarning ko`chishi bilan borsa, ularning nomiga aktseptorning kimyoviy nomi ham qo`shiladi. Masalan, qayta aminlanish reaksiyasini katalizlovchi piridoksalferment ilmiy nomenklatura bo`yicha α-alanin-2- oksoglutarataminotransferaza deb ataladi. Lekin fermentlar bilan ishlaganda, ularning ilmiy nomidan foydalanish ancha noqulay bo`lganligi uchun travial (ishchi) nomlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Нozirgi kunda fermentlarning 3000 dan ortiq xillari aniqlangan. Jahon biokimyogarlarining V kongressida fermentlar bo`yicha xalqaro komissiya taklif qilgan sinflarga bo`lish qabul qilingan. Bunga ko`ra, fermentlar 6 ta katta sinfga bo`linadi va har biri qat'iy tartib raqamiga ega.

Xulosa
Fermentlar kundalik hayotga ta'sir qiladi.Masalan, kir yuvish vositalarida mavjud bo'lgan fermentlar dog 'keltirib chiqaradigan oqsillarni parchalashga yordam beradi, lipazlar esa yog' izlarini eritishga yordam beradi. Termotolerant va kriyotolerant fermentlar haddan tashqari haroratda ishlaydi va natijada Arktikada bo'lgani kabi og'ir sharoitlarda sodir bo'ladigan yuqori harorat talab qilinadigan sanoat jarayonlari yoki bioremediatsiya uchun foydalidir.

Foydalanilgan adabiyotar




https://studfile.net/preview/17089398/page:5/
https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/kimyo/fermentlar-ularning-tuzilishi-va-xossalari-ta-sir-etish-mexanizmi.
Yüklə 92,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin