Shu jumladan barqarorlikka: - bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni zararlantiruvchi omillarini ta`sir etishini e`tiborga olib tashkilotlar tomonidan tuzilgan aloqa tizimini tashkil etish;
- aloqa uzellari qismlarini himoya inshootlariga joylashtirish;
- turli aloqa vositalarini birgalikda qo’llash;
- aloqani zaxira kuch va vositalarini tuzish, ularni to’g’ri joylashtirish va o’z vaqtida qo’llash bilan erishiladi.
Oldindan bashorat qilinayotgan va ro’y bergan favqulodda vaziyatlar to’g’risida ulardan aholini muhofaza qilishning usul va yo’llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini o’z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etish jarayonida ularning xarakatchanligi va o’z vaqtida uzatilishi, xamda uzatilayotgan axborotlarning ishonchliligi asosiy omil xisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan xolda xarakatchanlikka: - aloqa tizimini yoyish va qismla rini yig’ish vaqtini kamaytirish;
- aloqa kuch va vositalarini to’g’ri joylashtirish va zaxiralaridan to’g’ri foydalanish;
- aloqa kanallari, kuchlari va vositalari bilan tezlikda xarakat kilish;
- aloqa tizimini tezlik va barqaror boshqarish bilan erishiladi.
Аloqa tizimini o’z vaqtidaligi: - aloqa tarmoqlarini boshqaruv punktlarida avvaldan o’rnatib qo’yish va aloqa tizimini ishga tayyorlab qo’yish bo’yicha tashkiliy va muxandislik texnik tadbirlarini o’tkazish;
- tezkor va barqaror boshqarish;
- o’zaro gaplashish va ko’rsatuv olib borish bo’yicha qabul qilingan qoidalarga rioya qilish;
- uzatilayotgan axborotlar hajmini kamaytirish, farmoyish va xabarlarni bir qolipga solish;
- aloqa tarmoqlarida tezkor-texnik xizmatni aniq tashkil qilish va axborotlar xarakatini qattiq nazoratga olib borish nazarda tutiladi.
Аloqa tizimini ishonchliligi: - aloqa kanallari va vositalarining texnik tavsifini o’rnatilgan (qabul qilingan) parametrlarda saqlab turish;
- o’ta muhim axborotlarni uzatish uchun yuqori sifatli kanallarni qo’llash;
- bir paytning o’zida bitta kanal orqali xabarlarni qaytadan uzatish;
- qayta tekshirish va o’ta ishonchli apparatlarni qo’llash bilan erishiladi.