Reja: I. Kirish 1-bob


O’quvchilarga takror so’zlarni o’rgatish yo’llari



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə2/3
tarix28.06.2022
ölçüsü123,5 Kb.
#62468
1   2   3
Takror va uning sintaktik stilistik xususiyatlari

1.2. O’quvchilarga takror so’zlarni o’rgatish yo’llari
Badiiy nutqda eng ko'p ishlatiladigan stilistik vositalardan biri takrordir. Qo'llanish darajasi jihatidan tekshirilganda shu narsa ma'lum bo'ladiki, takror prozaik janrlarda yaratilgan asarlar tilida poetik nutq stiliga qaraganda ancha kam bo'ladi. Tilda takrorlar ma'lum bir sistemani tashkil qiladi: fonetik takror, leksik takror, morfologik takror, sintaktik takror. Takror, asosan, badiiy nutqga xos sintaktik- stilistik ifoda usullaridan biridir. Takror badiiy adabiyotda keng tarqalgan, eng qadimiy stilistik ifoda bo'lib, so'z ustalari undan tasvir etayotgan obyektga bo'lgan sub‘ yektiv munosabatlarni ifodalash, unga baho berish, tinglovchi yoki o'quvchining diqqatini tortish maqsadida foydalanganlar. Takrorning vazifasi muallif nutqini ta'sirchan etish, fikrni konkretlashtirish va eng muhimi, unga tinglovchi yoki o'quvchini ishontirish kabi xususiyatlarni ifodalashdan iborat. Masalan:
O’zing tashna etding, o’zing suv tutding,
Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!
Seni seva-seva men boyib ketdim,
Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim! (Xalqimga aytar so‘zlarim.)
Takror hodisasi til stilistik resurslarini boyish, boyitish manbalaridan biridir. Takror poetik va publitistik asarlar tilida eng ko'p qo'llaniladigan sintaktikstilistik figura hisoblanadi.Takror deganda grammatik ma’noni ifodalash maqsadlarida so’z yoki uning biror qismini ikki marta qaytarish tushuniladi.Takrorlar ko’p tillarda uchraydi,lekin ubir xil maqsadga xizmat qilmaydi.Masalan, u malay tilida grammatik vosita sifatida ishlatiladi.Takrordan bu tilda ko’plik ma’nosini ifodalashda foydalaniladi.Masalan:sudara-fuqaro,sudara-sudara-fuqarolar,orang-odam lekin orang-orang-odamlar.Takrorlash boshqa tillarda so’z ma’nosini kuchaytirish,bo’rttirish vositasi sifatida ishlatiladi.Takrorda so’z to’liq yoki qisman takrorlanishi mumkin.Rus tilida kurish-kurish,kabi takrorlar davomiylikni,o’zbek tilida taqlidni ifodalaydi:lim-lim,tog’-tog’,taqir-tuquq.Bunday so’zlar grammatik ma’no emas,balki tabiatdagi turli tovushlarga taqlid qilish yo’li bilan yangi so’z yasash bo’lib,undan stilistik vosita sifatida ko’p foydalaniladi.O’zbek tilida sifatlarda belgilarning qiyos qilinishini yoki yangi ma’no hosil qilinishini nazarda tutmaydigan maxsus modal shakl yasash mavjud.Bunda sifat negizidan anglashilgan belgining kuchliligi,ortiqligi, kamligikabi ma’nolar ifodalanadi.Modal shakl morfologik va sintaksik usul bilan (takrorlash yo’li) yasaladi.Oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’inini o’sha so’zning to’la shaklidan avval keltirib,unga p,m ba’zan esa s,b tovushlaridan birini qo’shish bilan:qip-qizil,qop-qora,yam-yashil,bab-baravar kabi kuchaytiruv shakli yasaladi.Bir bo’g’inli so’zlarda sifatlarda so’z oxiridagi undosh p,m tovushlaridan biriga almashtiriladi va o’sha so’zning to’la shaklidan avval keltiriladi:ko’m-ko’k kabi.Oq so’zining kuchaytirma shaklida oxirgi tovush cho’ziq p(yozuvda pp) bilan almashtiriladi:oppoq.Ayrim vaqtda sifatning bosh qismi hech qanday o’zgarishsiz keladi:but-butun,dum-dumaloq kabi.Shunday qilib,o’zbek tilida keltirilgan uslub orqali qo’shimcha grammatik ma’no ifodalanadi.Eng maxsuldor va effektli takror tipi -- bu sintaktik takror usulidir .
Sintaktik tushunchalar: so'z birikmalari, gap bo'laklari, gap turlarining aynan takrorlanishi natijasida sintaktik takror hodisasi yuzga chiqadi. Bunday usul yordamida struktural qurilishi jihatdan o'zaro parallel bo'lgan sintaktik konstruksiya hosil qilinadi. Sintaktik takror ob'yektiv olamda mavjud bo'lgan voqea-hodisalar haqidagi figuralarning tugal va keng ifoda etishi uchun ham uning yordamida tugallanadigan sintaktik konstruksiyalarning biron bir komponentini tushurib qoldirish mumkin bo'lmaydi. Masalan:
Nega sevmay, erkalab o’pmay
Nechun demay uni hayotim?
Nega demay ko’zimning nuri,
So’zlaganda qandim, novvotim? (Farzand.)
Sintaktik takror hodisasining yuzaga chiqishi uchun ikki yoki undan tipdagi sintaktik konstruksiyalar parallel holatda qo'llanishi shart. Bunday konstruksiyalarni intonatsion xususiyatlari jihatdan ham bir xarakterga ega bo'ladi. Sintaktik takror semantik-stilistik kategoriya sifatida keng ma'nodagi hodisa bo'lib, u tor-yakka ma'nodagi takror hodisalarning quydagi turlarini o'z ichiga oladi.
1. Gap bo'laklari takrori - bo'lakli takror.
2. Soz birikmalari takrori - birikmali takror.
3. Gap takrori -- predikativ takror.
Bo‘lakli takror-bunda qiyoslanayotgan sintaktik konstruksiyalarning tuzilishidagi bir xil gap bo‘lagi aynan takrorlanadi. Masalan:
Ko’z yosh nima, sen bilma zinhor,
Senga porloq tilayman iqbol,
Bu dunyoda na yaxshiki bor
Senga, qo’zim, senga bo’lsin, ol! (Farzand.)
Keltirilgan birinchi parchada gap bo‘laklaridan to ‘ldiruvchi takror hollda qo‘llangan. (senga) Mazkur bo‘lakning takrorlanishi ona qalbidagi o‘z farzandiga bo‘lgan mehrning cheksizligini ifodalagan:
Sevaman, oltin kuz, sevaman jondan,
Atlas tabiatlar go’zal chog’ingni.
Daraxtlar libosi rango-rang, gulgun,
Ko’zni erkalagan chaman bog’ingni. (Oltin kuz.)
Keltirilgan ikkinchi parchada gap bo‘laklaridan kesim takrorlanib qo‘llangan. (sevaman) . Bu yerda sintaktik takror sifatlashlar (rango -rang, gulgun) va metaforalar (oltin, erkalagan) bilan birga qo‘llanib nutqning ta‘sirchanligini yanada oshirgan. Mazkur misollarda qo‘llangan gap bo‘laklarining takrori lirik qahramonning ayni vaziyatdagi ruhiy kechinmalarini aniq ifodalashga xizmat qilgan. So‘z birikmasi takrori -birikmali takror qiyoslanayotgan konstruksiyalar tarkibida bir xil so‘z birikmasining takrorlanishi natijasida yuzaga keladi.
Masalan:
Seni qo’msab oqshom chog’ida
Hijron qo’shar ekan harorat.
O’lgudayin mushtoq bo’libman —
Visolingga, yo’q chog’i toqat.
Seni qo’msab oqshom chog’ida
Kirib keldim shu tanish uyga.
Biz bir choqlar yashagan uyda
Tunab qoldim xayol-la birga. (O‘ rik gullaganda.)
Bu yerda birikmali takrornng matn mazmuniga, ifodaviyligiga ko‘rsatgan ta‘sirini ko‘rishimiz mumkin. Misralarda takrorlangan so‘z birikmasi (seni qo‘msab oqshom chog‘ida) takrori lirik qahramonning-o’z yoridan bevaqt ayrilgan ayolning (shoiraning o‘z hayoti) ichki kechinmalari, iztiroblari aks etgan Predikativ takror, yani gap takrori gap qurilishidagi bir butun predikativ birliklarning takrorlanib qo‘llanishidir. Masalan:
Lekin qolganimda qalbim-la tanho ,
Tuyg’ular zoriga solganda quloq,
O’zini zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so’roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Ma‘yus takdiringga yashab men sherik,
Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq.
Nega tirik ekan tashlab ketmading,
Tashlab ketmading-a, boshlab ketmading. (Sensiz.) Keltirilgan parchada sodda gap takrorlanib kelgan. Mazkur gap mazmunan iltijo,yalinish ma‘nosini ifodalashga xizmat qilgan.

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin