%M – ishlab chiqarish hajmining o’sish foizi;
%S – xodimlarning ana shu guruh sonini o’sish foizi.
Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining har bir toifasi bo’yicha ana shunday hisob qilinadi. Mehnat unumdorligini o’sishi bunday holda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
Mu = (Tk / Is(baz)) x d (3.11) bu yerda: Is(baz) – bazis darvridagi ishchilar soni;
d – umumiy xodimlar sonida xizmat ko’rsatuvchi ishchilar salmog’i.
Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining o’sish rezervlari bu, avvalo vaqtning bekor sarf bo’lishiga barham berish bilan bog’liqdir. Haqiqatdan ular sermehnatlik darajasining pasayishi rezervlaridan keskin farq qiladi, hamda faqat mehnat va ishlab chiqarishni yaxshi taslikil etilmaganda mehnat intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza qilish etarli darajada tashkil etilmagan va shu kabi holatlarda sodir bo’ladi. Bu rezervlar ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar barham topgach tugaydi. Holbuki sermehnatlik darajasini kamaytirish rezervlari sifatida amalda cheksiz hisoblanadi Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi hisobiga mehnat unumdorligining o’sish rezervlarini aniqlash maqsadida ish vaqtining haqiqiy balansini sinchiklab tahlil qilish uni rejalashtirilgan ish vaqti bilan taqqoslash ish kunini sur’atga tushirish va bu ishni mustaqil ravishda amalga oshirish yordamida ish vaqtining bekor sarf etilishini aniqlash ularning sabablarini belgilash va ularni kamaytirish yoki to’liq barham toptirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
III. Xulosa Mehnat — insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng avvalo tabiat predmetlarini oʻzgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratiladi.
Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning akliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini oʻz maqsadiga boʻysundiradi.
Jamiyat taraqqiy etishi bilan Mehnat taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, Mehnatning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega boʻladi. Mehnatdagi ixtisosla-shuv tufayli tabiat sirlari chuqur oʻrganiladi, tabiiy narsalar toʻlaroq ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari oʻzgartiriladi. Mehnat taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajgia ekanligini ifodalaydi. Mehnat turlari yuzaga kelishi bilan Mehnat faoliyati natijalarini ayirboshlash, har xil mehnashi bir-biriga moslashtirish ehtisji tugʻiladi. Bu esa mehnatga ijtimoiy tus beradi, chunki mahsulotlar va chizmatlar koʻpchilik mehnatining shpijasiga aylanadi. Shunday sharoitla Mni boshqarish tizimi yuzaga kelali na u maxsus vazifaga ega boʻladi. Mehnat natijasi (mahsulot) tovarta aylapgapda, yaʼni pul vositasi bilan ayir-boshlanganda Mehnatning kiymat yaratishdagi roli jihatidan konkret va abstrakt Mehnatga boʻlinishi yuz beradi. Mehnat oʻzining mazmuni va harakteri jihatidan aqliy, jismoniy, malakali (murakkab) va malakasiz (oddiy) Mehnatga boʻlinadi.
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi.
Mehnat resurslarining ichki hududiy mobilligiga hozirgi davr iqtisodiyoti uchun ijobiy hoi sifatida qaraladi. U mamlakatning mehnat salohiyati holatiga ta’sir ko‘rsatadi, milliy va mintaqaviy mehnat bozorlaridagi vaziyatni belgilaydi, mehnat resurslari dan samarali foydalanishga bevosita turtki bo‘ladi.
Mehnat resurslarining ichki hududiy mobilligi natijasida yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq xarajatlar inson kapitaliga investitsiyalar sifatida qaraladi. Chunki ushbu chiqimlar yangi ish joylarida mehnat va yashash sharoitlari yaxshilanishi, yuqoriroq ish haqi olinishi hisobidan qoplanadi va qo‘shimcha daromad keltiradi.
Tashqi mehnat resurslari mobilligida donor mamlakatlar (ish kuchini eksport qiluvchilar) hamda retsepient mamlakatlar (ish kuchini import qiluvchilar) farqlanadi. Mehnat muhojirlari retsepient mamlakatning mehnat resurslariga boTgan ehtiyojini ta’minlaydi, donor mamlakatlarda esa iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Kasb-malaka mobilligi mehnat faoliyati mazmunining o‘zgarishini nazarda tutadi va xodimning avvalgi kasbini, malaka razryadini, mutaxassisligi yoki lavozimini o‘zgartirishga olib keladi. Mehnat resurslari mobilligining bu turi, asosan, xodimlar tomonidan qo‘shimcha kasb va ixtisosliklami egallash, shuningdek, mehnat faoliyatini o‘zgartirishga boTgan motivatsiyasi bilan bogTiqdir.
Kasb-malaka mobilligining asosiy turi - malakasiz mehnatni bajarishdan yuqori malakali ishlami bajarishga o‘tishdir. Innovatsion taraqqiyot nihoyatda jadallashgan hozirgi paytda mehnat resurslarining bunday mobilligi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan, 0‘zbekiston mehnat bozorlarida ham yuqori malakali xodimlarga talab yuqoriligicha qolmoqda.
Mehnat resurslari mobillikning davomiyligiga ko‘ra:
- doimiy yoki uzoq muddatga moTjallangan (boshqa joyga doimiy ishlash uchun ketish);
- vaqtinchalik (masalan, shartnoma asosida muayayn davrga boshqa joyga ishlash uchun borish);
- mavsumiy (masalan, qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish);
- tebranuvchan (mehnat resurslarining bir hududdan ikkinchisiga, masalan, qishloq joy lari dan shaharlarga muntazam qatnab ishlashi) bo’ladi.