Fi.v. – ishchining yillik ish vaqti foizi, soat;
K – mazkur operasiya da normalarni bajarishning rejadagi koeffisiyenti;
M – yil oxirigacha amalga oshirilgan operasiya lar (buyumlar) soni.
Ishlarning sermehnatlik darajasini kishi-soatda o’lchashda biron-bir tadbir natijasida mehnatni tejashni quyidagi formulalar bo’yicha hisoblash mumkin:
Tk = (X6 x Xr) x M x V, (3.4) bu yerda: X6 va Xr – bazis va rejalashtirilgan davrda tekshiriladigan ish hajmiga vaqt xarajatlari;
M – yil mobaynidagi ish hajmi (buyumlar, operasiya lar soni);
V – rejalashtirilgan yilda yangi asbob-uskuna, yangi texnologiyaning amal qilish vaqti.
Agar ishlov beriladigan mahsulot (ishlar hajmi) miqdori o’rniga yangi asbob-uskunalarda yoki takomillashgan texnologiya jarayonida va eskisiga nisbatan yangi asbob-uskunalar unumdorligini oshirishda ishlayotgan odimlar soni ma’lum bo’lsa, u holda sermehnatlik darajasining pasayishi yoki ish kuchini tejashni va mehnat unumdorligining o’sishdagi teskari kattalik sifatida aniqlash mumkin. Masalan, agarda mehnat unumdorligi n % bo’lsa, unumdorlik indeksi 100+n, sermehnatlik darajasi indeksi qyidagicha bo’ladi:
100/(100+n) tejash esa 1 – 100/(100+n) (%) ga teng bo’ladi.
Bunday holda ish kuchini tejashni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin.
Tk = (1-100/(100+n)) x Is x V (3.5) bu erda Is – mazkur asbob-uskunada yoki texnologiyada band bo’lgan ishchilar soni;
n – xizmat ko’rsatish normasi;
V – yangi asbob-uskunalarning ishlash vaqti (rejalashtirilgan yilning bir qismi).
Bazis va rejalashtirilgan davrlarda mahsulot hajmi va ishlab chiqarish normasi haqida mutlaq ma’lumotlar mavjud bo’lgan taqdirda ish kuchini tejashni quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin
Tk = (M2/N2) – (M2/N1) (3.6) bu yerda: M2 – rejalashtirilgan davrdagi ish hajmi yoki massasi;