Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi.
Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin.
1. Bozor munosabatlarining obyektiga qarab: iste‘mol tovarlari bozori, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom – ashyo, qimmatli qog’ozlar bozori va boshqalar;
2. Bozor munosabatlarining subyektiga qarab: xaridorlar va sotuvchilar bozori;
3. Geografik joylashuviga qarab: mahalliy bozor, jahon bozori;
4. Raqobat muhitiga qarab: mukammal raqobatlashgan bozor, nomukammal raqobatlashgan bozor;
5. Tarmoqlar bo’yicha: avtomobil bozori, neft bozori;
6. Sotish xarakteriga qarab: ulgurji va chakana bozor;
7. Qonunchilikka muvofiqligiga qarab: qonuniy va noqonuniy bozor, ‘‘qora bozor.
Tarixiy tajribaga muvofiq, bozor mexanizmi quyidagi ustunlik-larga ega:
Bozor – quyidagi shart-sharoitlarni taminlaydi:
1. O’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashishga yordam beradi.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanishni ta‘minlaydi.
3. Resurslarni samarali taqsimlaydi.
4. Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni yo’lga qo’yadi.
Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning kamchiliklari ham mavjud:
1. Bozor aholi uchun ijtimoiy ximoyani;
2. Ish bilan ta‘minlash, doimiy daromadni;
3. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlamaydi, chunki bozorda siklli rivojlanish bo’ladi, ya‘ni o’sish, jonlanish, iqtisodiy pa-sayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo’ladi.
Bularning hammasi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi kerakli-gini ko’rsatadi.
Bozor muvafaqqiyatsizliklari– bozor mexanizmining iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir.
Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta subyekti alohida ko’rsatiladi – Uy xo’jaliklari, firmalar va davlat.
Uy xo’jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo’jalik birligidir. Uy xo’jaliklari iste‘molchilar sektoriga tegishlidir.
Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanmaydigan, aso-siy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o’zi xal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir.
Davlat – keng ma‘noda xo’jalik subyekti va bozorni nazorat qi-lish xuquqiga ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig’indisidir. Davlat o’z faoliyatida jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshi-rishga xarakat qiladi.
Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o’rtasidagi o’ziga xos munosa-batlar tizimini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo’lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.