Reja. I. Kirish II. Asosiy qism


An’anaviy iqtisodiy tizim



Yüklə 136 Kb.
səhifə3/19
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#169554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ISTEMOLCHI TANLOVINI

An’anaviy iqtisodiy tizim – tabiiy, ya‘ni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga asoslanadi.
Alohida iqtisodiy subyektning faoliyat yo’nalishi, uning ishlab chiqarish hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi.
Asosiy iqtisodiy masalalar an‘analarga asoslanib xal qilinadi. Za-monaviy jamiyatda an‘ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi - xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida subyekt-larning shaxsiy qiziqishlari inobatga olinadi. ‘‘Sof bozor iqtisodiyoti‖ – davlatning iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvini to’liq inkor etadi. Davlat faqat ‘‘o’yin qoidalariga‖ rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari, foydalarini ko’zda tutib, faoliyat olib boradilar.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim – bozor iqtisodiyotiga teskari tizim bo’lib, davlat mulkchiligiga asoslanadi, ya‘ni barcha vositalar davlatga tegishli bo’ladi.
Bu iqtisodiyotning xarakterli tomoni, ishlab chiqarishning monopo-liyalashuvidir. Buning natijasida ilmiy – texnik taraqqiyot ham to’xtaydi.
Hozirgi kunda hech qaysi mamlakat ushbu uch tizimdan birini yaqqol o’zida namoyon etmagan. Aksariyat rivojlangan mamlakatlar-da yuqoridagi uch tizimning elementlarini o’zida mujassam etgan aralash iqtisodiyotni tanlaydi. Aralash iqtisodiyotda bozor iqtisodiyo-tiga faol ravishda davlatning aralashuvi ham qo’shiladi.
Shu o’rinda bozorning infratuzilmasi va strukturasi (tarkibi)ni alohida ko’rsatish lozim.
Infratuzilma – bozorga xizmat ko’rsatuvchi, uning me‘yorda faoliyat borishi, tovar va xizmatlarni xarakatlanishiga yordam beruv-chi institutlar majmuasini tashkil qiladi. Infratuzilma o’z ichiga quyidagi elementlarni oladi :
1. Birjalar (tovar, fond, valyuta)
2. Auksionlar, yarmarkalar
3. Ulgurji va chakana savdo qiluvchi korxonalar
4. Banklar, sug’urta kompaniyalari, fondlar
5. Mehnat birjasi
6. Axborot markazlari
7. Yuridik kontoralar
8. Reklama agentliklari
9. Auditorlik va konsalting firmalari
Bu elementlar bir – biri bilan o’zaro bog’liq. Agar ular bir – biri bilan mutanosiblikda rivojlansa, iqtisodiyotda muvozanat bo’ladi, agarda birorta element beqarorlashsa (masalan, bank sohasi) bozor iqtisodiyotining umumiy holatiga salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin