Reja. I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 136 Kb.
səhifə5/19
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#169554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ISTEMOLCHI TANLOVINI

Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo’lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko’rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko’zda tutadi.
Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo’yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo’lgan to’lov qobiliyatli ehtiyojdir.
Talab individual va bozor talabiga bo’linadi.
Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor talabini keltirib chiqaradi.
Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullar-dan foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.
Xaridorlardan olinadigan so’rov yoki intervyu. So’rov – xaridor-larning xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniq-lash imkonini beradi. Biroq so’rov jarayonidagi obyektiv qiyinchilik-lar tufayli aniq ma‘lumotlar olish darajasi past.
Ekspert tahlili mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo’lgan talabni, uning di namikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qim-mat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi.
Bozor eksperimenti (tadqiqoti) – yangi parametrlar, yangi narxlar o’rnatilganda, iste‘molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to’g’ridan-to’g’ri test qilishni ko’zda tutadi.
Statistik usul - real statistik ma‘lumotlarni o’rganish asosida ma‘-lum davr uchun aniq bir tovarga bo’lgan talab va narxni o’zaro bog’-liqligi, talabga ta‘sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi.
Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko’rsatgichlardan foydalaniladi. .
Talab narxi (Pd) – joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar tomonidan to’lanadigan maksimal narx.
Agarda bozordagi real narx, konkret iste‘molchi talabi narxidan past bo’lsa, unda ortiqcha iste‘molchilar paydo bo’ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib olayotgan shaxs sof foyda oladi.
Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o’rtasidagi hajm jiha-tidan bog’liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozor-dagi narxga bog’liqligining grafik chizmasi talab egri chizig’i deyiladi.

. Talabning egri chizig’i.
Talab hajmi va talab narxi o’rtasidagi teskari bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo’lgan narx pasaysa, unga bo’lgan talab ortib boradi, teska-risi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi.
Talab qonuni ikki o’zaro bog’langan samaralar bilan tushunti-riladi: Daromad samarasi va o’rnini bosish samarasi.
Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mum-kin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo’shimcha daromad paydo bo’ladi - daromad samarasi.
Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan al-mashtirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo’lgan talab oshib boradi – o’rnini bosish samarasi.
Talab xajmining o’zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning bosh-qa parametrlari o’zgarmagan xolatida, hajmining o’zgarishidir.
Talabning o’zgarishi - bir yoki bir necha narxga bog’liq bo’l-magan omillar o’zgarishi natijasida talabning o’zgarishi.

Talabning o’zgarishi.
Talabning narxga bog’liq bo’lmagan muhim omillariga quyida-gilarni kiritish mumkin:
1. Iste‘molchilarning xohish va istaklari;
2. Iste‘molchilarning daromadlari;
3. Iste‘molchilarning soni;
4. Boshqa tovarlarga bo’lgan narxlar;
5. Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta‘sir ko’rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.
2. O’rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo’lgan tovarlar. Masalan: kofe o’rniga choy.
3. To’ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to’ldiruv-chi tovarlar. Masalan: choy va kofeni to’ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta‘sir etuvchi omillarga qarab, bozor tala-bini quyidagilarga ajratish mumkin:
- funksional talab, tovarning iste‘molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab
- nofunksional talab, iste‘molchilik xarakteristikalaridan tashqari, boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin