Reja: Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə1/5
tarix27.09.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#149585
  1   2   3   4   5
psixalogik metodlar


Mavzu: Ijtimoiy psixologiya metodi
Fanning nomi: Ijtrimoiy psixologiya
Tayyorladi: Abdusattorov Abduxalil

REJA:
  • Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari.
  • Kuzatish metodi.
  • So’rov metodi.
  • Test metodi.
  • Psixologik tajriba metodi.
  • Modellashtirish metodi.

Psixologiyaning asosiy metodlari Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqkan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. Psixologiya fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha tasnifi mavjud. B.G.Ananyev psixikani o’rganish metodlarini to’rtta guruhga ajratib bergan. Bu to’rtta guruh metodlar M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Farg’ona Davlat Universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliygohlarda mufassal o’rganiladi. Biz mazkur mavzuimizda har bir insonning o’zini va atrofidagilarni bilib olishiga imkon beradigan, murakkab bo’lmagan, qo’llash shartlari sharoitga mos bo’lgan va umum qabul qilingan metodlarni keltirdik.
Ishonchlilik.

Asosiy metodlar

Asosiy metodlarning variantlari

Kuzatish metodi

Tashqi (ob’ektiv kuzatish)
Ichki (sub’ektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish

So`roq metodi

Og’zaki so’roq
Yozma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq

Testlar metodi

Test – so’rov
Test - topshiriq
Proyektiv test
Sotsiometrik test

Modellashtirish

Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish
Kibernetik modellashtirish


Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin