Reja: Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#149585
1   2   3   4   5
psixalogik metodlar

So`rov metodlari. Bular suhbat, intervyu, anketa metodlaridir. Ushbu metodlar ijtimoiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlar qatoriga kiradi.
Ps i x o l o g i k t e s t l a r. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo`lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodsa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo`lib, ular 20-30 yillarga hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keladiki, natijada maxsus soha-psixometrika kirib keldiki, natijada maxsus soxa-psixometrika yuzaga keldi.
Psixologik tajriba yoki eksperiment metodi
Ushbu metod turli yoshdagi (chaqaloqlik, bolalik, o’quvchilik, o’spirinlik, yetuklik, keksalik) odamlar psixikasini chu-qurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masa-lalarni hal qilishda qo’llaniladi. Metodning ilmiy asosi 1910 yilda F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy sha-roitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar esperimentdan bexabar bo’lishi, tadqiqot dasturi shart-sharoit bilan muvofiqlashtirilishi hamda kundalik hayot tarzidan chetga og’ishlar bo’lmasiligi lozimdir. Laboratoriya (klini-ka) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik as-boblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zga-rishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (dispoleylar), qurilmalar, moslama va ji-hozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llannadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskop, tahistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma, elektro-ensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
 Eksperiment metodi - ko’pincha odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhi-mi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarni shakllantirish, nutq o’sishini tekshirish, fav-quloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, bilish jarayonlari, shaxsning his tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida ki-shilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chi-qish, shovqin ko’tarish)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinami-kasi, jismoniy va aqliy toliqish, hissiy-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin