Modellashtirish metodi Bunda o’sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. matematik texnik mantiqiy kibernetik tarzida bo’lishi mumkin. Hozir ko’pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan EXM larning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu - zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.
Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Matematik model asosida o’rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos metodlari bor. Bu borada xorij, Rossiya va o’zbek psixologlari modifikasiyalashgan va modifikasiyalashmagan metodlarni taklif etadilar. Psixologiyada qo’llaniladigan metodlarni qo’llash shartlarini o’rganish va qo’llay olish uchun D.Burlachukning “Psixodiagnostika”, R.Nemovning “Psixologiya” (3-kitob), E.G’.G’oziyevning “Psixologiya” (2 jildli) kitoblarini tavsiya etamiz.