ikkinchi bosqichdamavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichdag‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to‘la ishlab chiqiladi;to‘rtinchi bosqichdao‘qitish va tarbiyalashning o‘z betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi.
O‘qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir.
Refleksiyao‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish deb qaraladi (o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin).
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an'anasi mavjudligi aytiladi:
ob'ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili;
shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish refleksiyasi;
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:
o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish;
o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish;
o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish ) sub'ektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub'ektning o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
9.3. O’qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari.
Innovatsionlikpedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatinitug‘dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati- bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik mavqyeini, dunyoga, pedagogik fan, o‘ziga bo‘lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘z nuqtai nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqyelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishiinnovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an'analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
me'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;
o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;
ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o‘zgarishi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub'ektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yorio‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob'ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi..
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
shaxsning ijodiy-motivatsion yo‘nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;
kreativlik. Bu – hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya;
kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqi qot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat sur'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o‘ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‘qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):
innovatsion foliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash;
ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;
innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta'siri;
kasbiy refleksiyaga bo‘lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o‘qituvchi shaxsidir.
O‘qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg‘ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o‘ch bo‘lishi lozim.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o‘rganish oliy maktab o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Elektron pedagogika va innovatsion ta’lim.
Elektron pedagogika va mul’timediaviy ta’lim usullari va
vositalarini ta’lim tizimiga joriy qilish yosh avlodga puhta bilim berish,
halq xo‘jaligi tarmoqlari uchun bilimli mutaxassislar tayyorlash,
mamlakatimiz uchun jahon miqyosida raqobatbardosh kadrlar
yetishtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi uchun kelajakda munosib
o‘rinbosarlar tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi. Ammo hozirda
ta’lim berish jarayonida asosiy diqqat-e’tibor ta’lim muassasalarida
qanday fanlardan dars berish, qanday ta’lim standartlariga rioya qilish
va qanday kitoblardan foydalanishga qaratildi, holos. Bunda ming
afsuski, ta’lim berishning asosiy faktori va yurituvchi kuchi bo‘lgan bir
nima biroz yoddan chiqarildi – bu eng asosiy faktor esa shak-shubxasiz
- O‘QITUVCHIDIR! Bu borada ta’lim sohasida hozirgi zamonga mos
bo‘lgan quyidagi nobop fikr hukmron desak ham bo‘laveradi: «Har
qanday fan bo‘yicha malakali o‘qituvchini osongina tayyorlash mumkin va u o‘quv jarayoni mexanizmining bir detali sifatida istalgancha dasturlanishi va yo‘naltirilishi mumkin!?»
Bu tezis o‘zo‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeini pasaytirib, o‘quvchilarning unga bo‘lgan hurmat va e’tiboriga sezilarli darajada putur yetkazadi. Natija ham darhol ayon bo‘ladi – malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo‘qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘ladiganlar soni keskin kamayadi. Lekin bunday bir tomonlama yondoshuv hozirgi katta tezlik bilan rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni
mamlakatimizdagi uyg‘onish hamda jadal rivojlanish davriga mos
bo‘lgan quyidagi tezis bilan almashtirish maqsadga va aqlga
muvofiqdir: «Malakali o‘qituvchini tayyorlash juda murakkab va
qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, u o‘quv jarayonining ijodiy,
yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir o‘qituvchini juda ham
qimmatli insoniy zahira sifatida hisoblab, uni saqlash va uning
jamiyatdagi mavqeini imkon darajasida ko‘tarish mamlakatning uzoq
muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi».
Haqiqatan ham o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali
o‘qituvchi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p ijodiy mehnat talab
qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional
ish turi hisoblanib, ularning jamiyatga ta’siri va ahamiyati beqiyosdir.
Ular biror bir sohaning professional mutaxassisi va malakali eksperti
hisoblanib, o‘quvchi-talabalarga kerakli bilimlarni egallashlariga
hamda malakali mutahassis bo‘lishlariga yordam beradilar.
Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, texnika, iqtisodiyot va boshqa soha
mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida
ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga
xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham har qanday
o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha
ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim
olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal
qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamonlarning va
mamlakatlarining olim hamda yetakchi mutahassislari bu haqda ko‘p
yillardan buyon bosh qotirib kelishgani hech kimga sir emas. Bularning
ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni, bizning fikrimizcha, insonlarning
bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutahassisi Blum
bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi
konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning
olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya
quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Bilim olish – asosiy dalillarni qidirish va topish, xotirada saqlay
olish, tavsiflash, tanish, qayta jonlantirish, nomini aytish, izlanish,
tuzilishini bilish va ko‘rsatish kabilar orqali amalga oshadi.
Tushunish – qayta so‘zlash, mohiyatini tushunish, tushuntirish,
tasvirlash va boshqacha usulda hamda boshqacha so‘zlar bilan ta’riflay
olish natijasida erishiladi.
Ishlatish (qo‘llash) – olingan bilimni boshqa sharoitlarda
qo‘llash (ishlatish, yechish, tajriba o‘tkazish, qo‘llash, kuzatish,
oldindan bashorat qilish, biror–bir muammoni hal qilish) ni o‘z ichiga
qamrab oladi.
Tahlil (Analiz) – tushunchalar orasidagi asosiy munosabatlarni
aniqlash va ularning mohiyatini tushunish – soha materialini (bilimni,
hodisani, mashinani, ma’lumotni) tashkil etuvchilarga (tarkibiy
qismlarga) bo‘lib chiqish va ularning har birining vazifasini tushunib
chiqish. Oddiydan murakkabga va murakkabdan oddiyga yo‘nalishida
tahlil qila olish (qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlash, bir–
biriga ulash, birlashtirish, bo‘lib chiqish, turkumlarga ajratish,
guruhlarga ajratish, umumiy qonuniyatlarni topish, toifalarga bo‘lib
chiqish).
Sintez – yangi narsani (bilimni, predmetni, mashinani) uning bir
qancha qismlaridan (bo‘laklaridan) va ularning hossalaridan
foydalangan holda tashkil qilish (tuzish, konstruksiya yig‘ish,
kombinasiyalash, yangi fikr yaratish, yangi farazlarni taklif qilish),
ularni sinashni amalga oshirish va natijalar asosida yangi yechimlarni
mavjudlariga raqobatchi (konkurent) sifatida ishlab chiqish.
Baholash – erishilgan natijani aniqlash, qaror qabul qilish yoki
yechim topish (baholash jarayonini amalga oshirish, hal qilish, sabab
va oqibat zanjiridagi aloqalarini aniqlash, toifalarga bo‘lish va ularni
aniqlash).
Ushbu qo‘llanmada ta’lim sohasidagi jahon adabiyotida mavjud
bo‘lgan va atroflicha o‘rganilgan hamda ko‘pchilik ilg‘or o‘qituvchilar
tomonidan real hayotga tatbiq qilinib, qoniqarli natijalar olingan huddi
shu yoki shunga o‘xshash usullarga, texnologiyalarga, maslahatlarga
va ko‘rsatmalarga tayanildi. Ularni hayotga tadbiq qilish yo‘llari va
usullarini olingan hayotiy tajribalar asosida baholi-qudrat yoritildi.
Chunki bizning istak va talabimizga umuman bog‘liq bo‘lmagan holda
Blumning bu usuli hozircha mag‘ribda ham, mashriqda ham bilim
olishning (berishning, o‘zlashtirishning) eng yaxshi usullaridan biri
bo‘lib hizmat qilmoqda. O‘quvchi (talaba)lar ushbu zamonaviy ta’lim
usullarni ishlatishlari, tegishli fanlardan to‘laqonli saboq olishlari va
fanni tegishli bosqichda yaxshi (a’lo) o‘zlashtirishlari uchun ular
gimnaziya (maktab, litsey, kollej) dasturi hajmida hamda
o‘rganilayotgan fan haqidagi bir qism tayanch bilimlarga ega
bo‘lishlari lozim. Ya’ni, iqtisodiyot asoslari, matematika, fizika, ona
tili va adabiyot, tarix kabi maktab dasturiga oid fundamental bilimlarni
puxta o‘zlashtirib olishlari lozim. Chunki fundamental bilim doirasiga
ega insondagina mantiqiy fikrlash qobiliyati bo‘lib, u bilan qandaydir
bir soha haqida fikr almashinish va uning dunyoqarashini (bilim
doirasini) tegishli yo‘nalishda mantiqan rivojlantirish mumkin. Agar
bunga ba’zi bir ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra imkoniyat
bo‘lmasa, o‘quvchi (talabalarni) fundamental yo‘nalishlarning tegishli
sohalarida boshlang‘ich tayyorlash va ularga lozim bo‘lgan bilimlar
majmuasini berish zarur bo‘ladi. Masalan, universitetda iqtisodiyot
bo‘yicha dars o‘tilishi kerak bo‘lsa, ularning maktab dasturi doirasida
nimalarni o‘zlashtirganlari, qaysi yo‘nalishga ko‘proq ahamiyat
berilganligi, qaysi yo‘nalishlar esa nazardan chetda qolganini aniqlab
olish iqtisodiy ta’lim berishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Agar
talabalar bu aniqlash (o‘rganish) natijasida mos guruhlarga bo‘linib,
maqsadli o‘qitilsa, natijalar yana ham ko‘zga ko‘rinarli bo‘lishi
mumkin. Samarali ta’lim muhitini yaratish rejalashtirilgan holatda
(muhitda) guruhdagi talabalar bilan bevosita munozara va faol fikr
almashinishni amalga oshirilganda uni yanada samarali qilish uchun
quyidagilarga ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqdir:
a) Tinglovchilardan qanday javoblar kutayotganingizni o‘z
so‘zlaringiz, jonli misollaringiz va boshqa usullar bilan bildirishingiz
talab qilinishi mumkin. Ko‘pincha talabalar Siz bergan savollarga
qisqa, lo‘nda, yaxshi o‘ylanmagan, sayoz va mavhum javoblar bersa,
Siz bundan to‘g‘ri hulosa chiqarib olishingiz hamda mashg‘ulotni
keraqli yo‘nalishga burib yuborish uchun harakat qilishingiz lozim
bo‘ladi.
b) Ba’zi paytlarda Sizga munozara yo‘nalishini yana
o‘rganilayotgan matnga (faktga, hodisaga, qoidaga) qaratishingiz ham
zarur bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol munozara butunlay boshqa mavzu
tomonga burilib va o‘zgarib ketgan holatlarda kerak bo‘ladi.
c) Tinglovchilarga o‘quvchilarda har bir masala bo‘yicha xilma–
xil javoblar (fikrlar, munosabatlar) mavjud bo‘lishiga hurmat uyg‘otish
ham munozarani jonli ravishda rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Bu hol talabalarning tajribalari, hayotiy ko‘nikmalari va
qiziqishlari xilma–xil bo‘lgani uchun tabiiy ravishda yuzaga keladi.
Bunda ularning kutilmagan «noan’anaviy» savollariga undov berish va
ularni ijobiy/ijodiy jihatdan muhokama qilish hamda keraqli
yo‘nalishda rivojlantirish yaxshi natijalarga olib keladi.
d)Tinglovchilar/talabalarning javoblarini «to‘g‘rilash» ga
urinish ko‘pincha yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bu ularni boshqalar
oldida noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki ularning
javoblarini amaliy tajribasini hisobga olgan holda nazardan kechirsak,
bundan o‘ziga hos bir ma’no topishimiz mumkin, albatta. Har qanday
javobni ham qo‘llab–quvvatlab, uning yaxshi tomonlarini, ratsional
mag’zini topa olish va buni o‘quvchilarga ko‘rsatish ularda o‘z–o‘ziga
ishonch uyg‘otadi hamda ularning fikrlash jarayonini faollashtiradi.
Bunda «Ishlagan odam yanglishadi» deb ba’zi o‘quvchi/talabalarga
tasalli berish ham ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.
10.2.Ta’limda elektron pedagodika va multimedianing qollanilishi.
Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o‘ta jiddiy
talablariga javob bera olmasligi juda ko‘pchilik olimlar va
mutaxassislar tomonidan tan olinayapti. Ushbu holatni tubdan
o‘zgartirishning asosiy yo‘llaridan biri – ta’lim tizimiga zamonaviy
texnologik rivojlanishning eng yangi usullari va dasturiy-texnik
vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri –
insonlarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan
ajralmagan holda to‘laqonli ta’lim olishga imkon beradigan masofaviy
ta’lim (distance education) tizimidir. 2012 yilning kuzlarida Stenford
universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig
internetda barcha istovchilar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha ma’ruzalar
tinglashni taklif qilishdi. Bu ma’ruzalar o‘z tarkibiga barcha kerakli
materiallarni, testlarni va Yakuniy imtihonlarni qamrab olgan edi.
Mashg‘ulotlar esa faqat on-layn ko‘rinishida tashkil etilgan edi.
Ma’ruzachilar eng ko‘pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg‘ulotlarga
qatnashishini rejalashtirgan bo‘lsalarda, semestr boshida unga
dunyoning 200 ta mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo‘lgan edi.
Bunga o‘xshash masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib
va sifati oshib borayotganini ta’kidlamasdan iloji yo‘q. Kun sayin
yanada ko‘proq tajribali o‘qituvchilar va professorlar o‘z ma’ruzalarini
boshqalar bemalol foydalanishi uchun YouTube va iTunes tizimlariga
yozib qo‘yayaptilar. Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa
bo‘yicha Garvard professori Maykl Sendelning ma’naviyat haqidagi
«Justice» deb nomlangan kursi haddan tashqari ommaviylashib ketgani
tufayli internetdagi eng mashhur sahifalardan biri bo‘lib qoldi. Har yili
dunyo miqyosidagi eng yaxshi bilimlarni to‘plash va ularni internet
orqali barcha foydalanishi uchun tarmoqqa joylashtirish bo‘yicha
yangidan-yangi ishlar qilinib, filantrop va venchur tadbirkorlar buning
uchun o‘nlab million dollarlab mablag‘lar ajratadilar. Ularning
birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida yashovchi
insonlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo‘lishi
kutilayapti. Professorlar Sebastyan Trun va Piter Norviglarning
ta’kidlashlaricha, 2050 yilga kelib, jahon miqyosida bor-yo‘g‘i
o‘ntagina katta zamonaviy universitetlar qolib, ularda bir vaqtning
o‘zida millionlab talabalar o‘qitilishiga erishiladi. Misol sifatida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Khan Academy – 2008 yilda moliyaviy analitik Salman Xan
tomonidan asos solingan notijorat tashkiloti bo‘lib, u matematika,
fizika, biologiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bo‘yicha turlituman topshiriqlar va videomateriallar ombori hisoblanadi.
Ushbu akademiyaning materiallari turli xil murakkablikda bo‘lib, asosan o‘rta
maktab talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun undagi
materiallardan AQSH dagi o‘nlab o‘quv muassasalarida doimiy asosda
foydalaniladi. Khan Academy – o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini
tubdan o‘zgartirishga imkon beradi, ya’ni, o‘quvchilar uylarida Internet
orqali ma’ruzalarni eshitib oladilar va darsga kelganlarida o‘qituvchi
yordamida uy vazifalarini bajaradilar.
O‘qituvchi esa istalgan paytda
o‘quvchi qanday materiallarni o‘zlashtirgan yoki qaysi materallarni
o‘zlashtirmaganini tekshira oladi. Hozirgi paytda bu akademiyaga Bill
Melinda Gates Foundation va Google kompaniyalari moliyaviy
yordam ko‘rsatmoqdalar. Ushbu akademiya bilan to‘liqroq ravishda
www.khanacademy.org sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Maktablar uchun akademiya tomonidan ishlab chiqilgan materiallar
jumlasiga quyidagi o‘quv video materiallarni misol sifatida
ko‘rsatishimiz mumkin:
KIPP School Oakland Pilot Video
Summit School Pilot Video
Marlborough School Pilot Video
Oakland Unity Pilot Video
Khan Academy – resurslarini quyidagi Internet ilovalari orqali ko‘rib chiqish va ular bilan yaqindan tanishish mumkin:
YouTube: www.youtube.com/khanacademy Twitter: http://twitter.com/#!/khanacademy Facebook: www.facebook.com/khanacademy Google Plus: https://plus.google.com/109050230672993035916/about Translations: www.youtube.com/khanacademylanguages Talks and interviews (videos)
Speaker requests
2U yoki 2Tor — tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadigan kompaniya
bo‘lib, u 2008 yilda zamonaviy ta’lim tanqidchisi va taniqli tadbirkor
Djon Katsman tomonidan tashkil qilingan. Ushbu kompaniya bir necha
yilga mo‘ljallangan to‘liq on-layn kurslar yaratish bo‘yicha yetakchi
Amerika universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya tomonidan
interaktiv o‘quv qo‘llanmalar, planshet va smartfonlar uchun dasturlar,
on-layn ma’ruzalar hamda talaba va professorlarning muloqotini
amalga oshiruvchi funksional qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Har bir
kursning platformasini ishlab chiqish uchun