Reja: Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə1/2
tarix26.02.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#85672
  1   2
97-mavzu




Tayyorladi: Shirinov To`lqin O`tkir o`g`li

Tekshirdi: Xidirov Hoshim

Mavzu:

Pandemiya - XXI asrning global muammosi va uni bartaraf etishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi.




Reja:


  1. Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Jahon iqtisodiy inqirozining paydo boʻlishi hamda uning barcha mamlakatlarga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri.
  3. Kornovirus pandemiyasi tugagandan so‘ng iqtisodiy tiklanish va rivojlanish.



1) birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;
ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;
uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi:
biznes sub’yektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;

  • *aholining iste’mol faolligiga;

  • *hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash;

  • *tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish;

  • *ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.

Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri


Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va pandemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronavirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan. Shuningdek, mamlakatlarning koronavirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zararlanish ulushlariga bog‘liq.
Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqda. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin.

2. Dunyo iqtisodiyoti soʻnggi oʻn yillikda oʻrtacha 3 foizga oʻsib kelgani holda koronavirus tufayli global YAIM 3 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining hisobotiga koʻra jahon iqtisodiyoti pandemiya natijasida 9 trln. AQSH dollari zarar koʻrishi mumkin[1]. Xususan, AQSHda YAIM hajmi 2020-yilning birinchi choragida 4,8 foizga kamayib, ikkinchi choragida esa ushbu koʻrsatkich hatto 40 foizgacha yetishi kutilmoqda. Shuningdek, virus tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, jumladan Fransiya iqtisodiyotida Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta yoʻqotish qayd etilgan. Koronavirus sabab iqtisodiyotda zararning 1929 –1933-yillardagi Buyuk depressiya hamda 2008-yilda sodir boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozidan ancha yuqori ekanligi pandemiya davrining qancha muddat davom etishini baholash imkonsizligi bilan izohlanadi. Xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra, bugungi kundagi global inqiroz tarixda roʻy bergan boshqa inqirozlardan shunisi bilan farq qiladiki, pandemiya tufayli biznes xarakatdan toʻxtadi: yirik kompaniyalardan tortib kichik tadbirkorlikkacha barcha-barchasi oʻz faoliyatini cheklashga majbur boʻldi.



Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin