Reja: Kirish 1 O’zbekistonda Arxeologiya fanning paydo bo’lishi



Yüklə 46,37 Kb.
səhifə1/2
tarix06.02.2023
ölçüsü46,37 Kb.
#83154
  1   2
fdf3a20d7aa83386ca1e47a3532fefaf O’zbekistonda Arxeologiya fanining rivojlanish konsepsiyasi


Mavzu: O’zbekistonda Arxeologiya fanining rivojlanish konsepsiyasi

Reja:
Kirish


1 O’zbekistonda Arxeologiya fanning paydo bo’lishi.
2 Arxeologiyaning fan sifatida rivojlanishi va dastlabki bosqichlari.
Xulosa

Kirish

Tarixni yoritishda va o'rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So'nggi yillar ichida jahonning, jumladan O'rta Osiyoning turli hududlarida ko'plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma'lumotlar to'plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo'lgan. Ular ibtidoiy to'da davri, ibtidoiy xo'jaliklari va mehnat qurollari, urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, xo'jalikning ishlab chiqarish shakllariga o'tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o'rta asrlar me'morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko'pdan-ko'p voqealar bilan bog'liq.
Talabalar qadimgi tarixni o'rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e'tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o'rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko'satish, jahon, jumladan O'rta Osiyo, shuningdek O'zbekiston hududida yashab o'tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir.

Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib Kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.1


Arxeologiya fani dunyo miqyosida kata tarixiy ahamiyatga ega, o’z shakllanish va tarqqiyotining uzoq yo’lini bosib o’tgan ijtimoiy gumanitar fan sohasidan biridir. Manbalardan ma'lumki, insoniyat antik davrdayoq qadim o’tmish tarixga, mod-diy- madaniyat va san'at namunalarini o’rganishga xizmat qila boshlaganligi (Fukidid, Pav-soniy, Pliniy...). Yunon faylasufi Platon (Aflotun) o’z asarida “arxeologiya” atamasini mil. avv. IV asrdayo. “Qadimgi davrlarda o’tgan voqealar” ma'nosida ishlatgan. Miloddan avvalgi VI asrda Vavilon hukmdori Nabonidning qadimgi joy-larda qazishlar o’tkazgani, qadimgi Rimda ham muntazam qidiruv qazishmalari olib borilgani haqida ma'lumotlar mavjud . Demak, arxeologiya fan sifatida shakllanish jihatidan boshqa sohalarga nisbatan ancha bo’lsada, uning muqaddima ildizlari tarixiy davrlarga borib taqaladi.2
Qadimgi tarix va san'at namunalariga bo’lgan qiziqish o’rta asrlarda bir qadarpasaygan. Lekin XIV-XVI asrlardagi Yevropa “Uyg’onish davri”da ko’hna osori –atiqalar va antik davr madaniyati, ayniqsa, tasviriy san'atiga bo’lgan qiziqish qaytadan kuchaygan. “Uy.onish davri” haykaltaroshlari, rassomlari uzoq antik davrda o’tgan hamkasblari ijodi ta'sirida va hatto ularga taqlid qilgan holda o’zasarlarini yarata boshlaganlar. Natijada, o’sha davr jamiyatining muayyan tabaqasi, aslzodalar orasida qadimgi dunyo, ayniqsa antik davrga oid asl nusxa osori –atiqalarni to’plash, keng miqyosda “kolleksiyachilik” ishlarini yo’lga qo’yish odat tusiga kirgan. Bu holat o’z navbatida, XVII asrda rejasiz asosda, xazina qidirish ilinjida ko’p sonli qazuv ishlarini o’tkazila boshlashga va kata miqdordagi arxeologik yodgorliklarini yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lgan. G’arbiy Yevropada kechgan jarayonlar singari Rossiyada ham ko’hna ashyolarga bo’lgan qiziqish ancha erta XVII asrdan boshlangan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya dvoryanlari o’rtasida antik davrning san'at asarlari va umuman moddiy madaniyati namunalariga bo’lgan ehtiyoj juda kuchayib ketgan. Shu sababli, skif mozorqo’rg’onlari, Qrim yarim orolidagi qadimgi yunon polis – shaharlari, Bosfor podshohligiga qarashli ko’hna yodgorliklar ayovsiz ravishda qazib ochila boshlagan.3
Bu davr “arxeologiyasi”, asosan qimmatbaho metallardan ishlangan ashyolar, mumtoz san'at namunalarini qo’lga kiritishni maqsad qilib olgan. Sababi, bunday osori– atiqalarni bozori chaqqon bo’lib, ularni Yevropa mamlakatlaridagi auksionlarda muzeylar va shaxsiy koleksionerlarga yaxshi narxlarda sotish mumkin edi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarmida Turkistonda qadimgi joylarda, ko’hna makonlarda, qazuv ishlari olib borish odat tusiga kirmagan. Bu holatni mhalliy aholining ma'naviy, ruhiy dunyo qarashi bilan izohlash mumkin. Zero, o’lkaning ruhiy hayotida ustuvor bo’lgan islom ahkomlari, shariat qoidalari bo’yicha ko’hna joylar, muqaddas qadamjoylar, qadimiy qabristonlar va makonlar o’rnini qazish, marhumlar ruhini bezovta qilish “gunohi kabir” hisoblangan. Lekin ushbu fikrlar o’sha zamonlarda Turkiston o’lkasi aholisida o’z o’tmish tarixiga, qadimiy ajdodlardan qolgan moddiy madaniyat namunalariga qiziqish, ular haqida muayyan bilim, ilmiy tushunchalar batamom bo’lmagan degan qayri ilmiy ma'noni bermaydi. Binobarin, Turkiston o’lkasi podsho Rossiyasi qo’shinlari tomonidan istilo qilinib, undagi mavjud uchta xonlik vassal davlatlarga aylantirilgandan so’ng, XIX asrning 70-yillaridan boshlab o’lka xalqlarining o’tmish tarixi va madaniyatini faol tarzda o’rganishga kirishgan rus mutaxassislari, ushbu tadqiqotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun mahalliy aholining peshqadam ziyolilari, ilg’or fikrlovchi ulamolari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatganlari haqida aniq ma'lumotlar mavjud.
O’sha davrlarda Rossiya ijtimoiy gumanitar fanining darg’alari hisoblangan N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold, Ye.F. Kal, A.N. Samoylovich va ko’plab boshqa taniqli olimlar o’zlarining Turkiston bo’yicha o’tkazgan tadqiqotlarida mahalliy o’lkashunoslar, kolleksionerlar va qadimiyat havaskorlaridan katta amaliy malum.
Samarqandlik hattot, musavvir Mirzo Qosimov “yuz yuzining sayqali” bo’lgan shahardagi mavjud mahobatli me'moriy yodgorliklarning “naqshi – nigori”dan mahorat bilan nusxa olish va ularni to’plash bilan mashg’ul bo’lgan. Shuningdek, u Jizzax yaqinidagi Ilon o’tti darasi qoyasiga Mirzo Ulug’bek va Abdullaxon II tomonidan bitilgan tarixiy tosh lavhadan ham nusxa ko’chirgan. Mirzo Qosimov o’zining yuqorida ta'kidlangan suratlar to’plami bilan 1886- yilda Toshkentda o’tkazilgan Turkistonning hunarmandchilik va san’ati ko’rgazmasida qatnashgan va maxsus mukofotga sazovor bo’lgan . Toshkentlik savdogar Akram Asqarov o’zining ko’p sonli, turli davrlarga oid qadimiy ashyolar kolleksiyasi bilan shuhrat qozongan. U N.I. Veselovskiy rahbarligida Turkistonda o’tkazilgan qazuv–qidiruv tadqiqotlarida bir necha marta qatnashgan. N.I. Veselovskiyning ta'rifiga ko’ra, Akram Asqarov, ayniqsa qadimgi tangalarni yig’ishda kata tajribaga ega bo’lgan, u aksariyat hollarda tangalardagi yozuvni bexato o’qigan, zarb qilingan shahri va sanasini to’g’ri aniqlagan.
Akram Asqarov kolleksiyasi o’z davri uchun nafaqat katta ilmiy qimmatga ega, balki uning kolleksiyachilik sa'y – harakatining o’zi o’sha davr uchun Turkiston ziyolilari faoliyatidagi nodir hodisa hisoblangan. Turkistonga ilmiy maqsadda kelgan taniqli olimlar birinchi navbatda o’z ishlarini Akram Asqarov kolleksiyasi bilan tanishishdan boshlashar edi. U o’sha paytda Turkistonda endi kurtak otayotgan arxeologiya fanining faol ishtirokchisi, tashkilotchisi va ijrochilaridan biri bo’lib shakllangan Ma'lumotlarga .araganda, taniqli rus sharqshunosi, arxeolog olim, prof. N.IVeselovskiy Turkistonga qilgan dastlabki ilmiy safari paytida, taqdir uni Akram Asqarov bilan uchrashtiradi. Afrosiyob va uning atrofidagi yodgorliklar, Buxoro, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlaridagi tarixiy obidalarni o’rganishda Akram Asqarov unga katta yordam beradi.
Rossiyadagi oktyabr davlat to’ntarishigacha bo’lgan davr O’rta Osiyo arxeologiyasini o’rganishda mahalliy ziyolilar vakillarining ham xizmatlari e'tiborga sazo-vor bo’lgan. Turkiston xalqlari qadimiyatini o’rganish havaskorlaridan yana biri samarqandlik hattot Mulla Qozi ibn Mulla Abdurashid o’g’li Abu Said Mahsum edi. Samarqanddagi Shayboniyxon madrasasida mudarris bo’lib faoliyat ko’rsatgan bu ulamo haqida N.I. Veselovskiy – “Mirza Abu Said Mahsum timsolida Samarqandning eng o’qimishli, musulmon adabiyoti bilimdonlaridan biri bilan tanishishga Musharraf bo’ldik”- deb e'tirof etgan edi
Mashhur sharqshunos olim V.V. Bartold ham Abu Said Ma.sum bilan shaxsan tanish bo’lgan va undan Sulton Shohrux Mirzo zamonidan Shayboniylarning so’nggi vakillari hukmronligiga qadar davrga tegishli turli yorliqlar, hujjatlar, va. nomalarni olgan.
.
XIX asrning so’nggi choragida boshlangan Turkiston arxeologiyasini o’rganish ishlarida mahalliy ziyolilar vakillari ham qatnashib, muayyan malaka va tajribalarni to’play boshlashgan. Xolislik nuqtai – nazardan qayd etish lozimki, 1895- yilda Toshkentda V.V.Bartold tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiston Arxeologiyasi havaskorlari to’garagi ham o’lka qadimshunosligini o’rganishga muayyan hissa qo’shgan ilmiy – jamoatchilik tashkiloti sifatida tarixda qolgan. Amalda 1917 yilgacha faoliyat ko’rsatgan to’garakning asosiy vazifasi Turkiston o’lkasidagi qadimiy yodgorliklar, sharq qo’lyozmalari, tarix, adabiyot, tabobatga oid nodir kitoblar, numizmatika va etnografiyaga oid topilma va kolleksiyalarni qayd qilish, hisobga olish va o’rganishdan iborat edi. Ma'lumki, Turkiston xalqlari qadim tarixini o’rganish bilan dastlab o’z davrining taniqli sharqshunoslari, qadimshunoslari V.V. Bartold, N.I. Veselovskiy, M.S. Andreev, A.A. Divaev, N.S. Likoshin, N.G. Malliskiy, N.P. Ostroumov, V.L. Vyatkin, A.A. Semyonov kabi atoqli olimlar shug’ullanganlar va ularning aksariyati to’garakka a'zo bo’lganlar. To’garak a'zolari tomonidan Turkiston o’lkasi tarixi, ma'muriy tuzumi bo’yicha o’rta asr sharq qo’lyozma manbalari, mahalliy xalq afsonalari, maqollari, matallari, urf-odat va folklorga oid materiallar to’planib o’rganishga kirishilgan bo’lsada, aslida buning zamirida Rossiya imperiyasining o’lkada o’z mustamlakachilik boshqaruv rejimini mustahkamlash siyosati yotar edi. Shu o’rinda mashhur tarixshunos V.V. Bartoldning quyidagi “...sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki biz ularni, ular o’zlarini bilganlaridan yaxshiroq bilishimizga tan bersalar” degan so’zlari bu boradagi ayni haqiqatni bayon qiladi . Chunki istibdodga solingan muayyan xalq tarixini, tilini, urf-odati va ma'naviy dunyosini har tomonlama o’rgangandagina uni qaramlikda saqlash va boshqarish oson bo’lishini podsho Rossiyasi ma'murlari yaxshi bilishar edi. Shuning uchun ham, Turkiston Arxeologiyasi havaskorlari to’garagi ilmiy jamoatchilik asosida tuzilgan tashkilot bo’lsada, uning moliyaviy mabalari Turkiston general–gubernatorligi xazinasidan va hatto ayrim hollarda, V.V. Bartoldning shaxsiy so’rovnomalari asosida Rossiya imperatori xazinasi tomonidan ta'minlangan. O’z navbatida, to’garak a'zolari o’lkadagi mavjud nodir qo’lyozmalar, moddiy madaniyat namunalarini Rossiyaga jo’natishga yaqindan ko’maklashganlar. Shunga qaramasdan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkiston o’lkasida olib borilgan arxeologik izlanishlar O’zbekiston tarixshunosligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’rta Osiyo aholisining, jumladan o’zbek xalqining qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari o’rganilishiga dastlabki qadamlar qo’yildi. Ushbu jarayonlarda mahalliy xalqning ilg’or ziyolilari, o’z vatanining o’tmish yodgorliklari bilan qiziquvchi Mirzo Qosimov, Akram Asqarov, Mirzo Abdulla Buxoriy, Abu Said Mahsum, kabi qadimgi osori-atiqalar, chaqatangalar to’plovchi havaskor o’lkashunoslar va arxeologlarning ilk namoyondalari shakillandi.4 XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlarda V.V. Bartold, V.L. Vyatkin, N.I. Veselovskiy, N.F. Sitnyakovskiy, A.A. Zimin kabi arxeologlar faol qatnashdilar. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi bo’yicha yetarli darajada qadimgi moddiy madaniyat namunalari yig’ilgan bo’lsada, lekin uni davrlashtirish, “xronologik shkala” larine yaratish ishida katta muammolar mavjud edi. Arxeologik ashyolarni davrlashtirish taxminiy asosda, sodda usulda, keng davriy sanalar bilan belgilanar, xususan topilmalar, asosan “musulmonlikkacha” (“domusulmanskiy”), “mo’g’ullargacha” (“domongolskiy”), “temuriylar davriga oid” (“timuridskiy”) kabi atamalar bilan atalib, shu tarzda yodgorliklarning davriy sanasi qayd qilinar edi.
Bu davrda o’tkazilayotgan arxeologik qazuv tadqiqotlarining ilmiy natijalarini o’lka qadim tarixini o’rganishga, uni to’ldirishga yo’naltirish maxsus muammo sifatida qo’yilmagan. Zero, tadqiqotchilar arxeologik qazuv ishlarida tarixiy yozma manbalar ma'lumotlaridan keng foydalangan bo’lsalarda, bunga kata ahamiyat berishmagan5
Shuningdek, bu davrda Turkiston arxeologiya yodgorliklarini qazish metodikasi
ham to’la-to’kis ishlab chiqilmagan bo’lib, buning asosiy sababi, o’lka arxeologiya yodgorliklarining o’ziga xosligi, qadimiy me'moriy inshootlarning asosan paxsa va xom g’ishtdan qurilganligi edi. Vohalanki, bu paytda Rossiya imperiyasining boshqa o’lkalarida, xususan qadimgi me'moriy inshootlar, asosan toshdan va pishgan g’ishtdan qurilgan Qora dengiz va Kavkaz orti arxeologiya yodgorliklarida o’tkazilayotgan qazuv tadqiqot ishlari nisbatan muvaffqiyatli olib borilmoqda edi.
O’zbekistonda arxeologiya fani asosan XX asrning 20-30 yillarida o’zining shakllanish bos.ichini ni.oyasiga yetkazdi. Bu davrda
V.L. Vyatkin Afrosiyob shaharxarobasini (1925; 1929, 1930 y.),
B.P. Denike .adimiy Termizni (1926-1927 y.),
M.E. Masson Ohangaron vodiysining ayrim yodgorliklarini (1925-1928 y.),
Ayritom xarobalarini (1932-1933 y.) qazib o’rgandilar.
1930- yillarda keng ko’lamda qazish ishlarini:
A.Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939 y.),
M.E. Masson qadimiy Termizda (1936-1938 y.),
V.A. Shishkin Tali–Barzuda (1936-1939 y.),
Varaxshada (1937-1939 y.), S.P. Tolstov va Ya.G’ulomov ko’hna Xorazm vohasida (1937-1950 y.),
A.P. Okladnikov Teshiktosh va Machay .orlarida (1938-1939 y.),
V.V. Grigorev .ovunchitepa xarobalarida (1934-1937 y.) olib bordilar.
To’plangan arxeologik materiallar O’zbekiston tarixini nihoyatda qadimiyligini isbotladi, uni davrlashtirishda muhim manba bo’lib xizmat qildi, yangi arxeologik madaniyatlar – Kaltaminor, Tozaboqyop, Amirobod, qovunchi madaniyatlari o’rganilib fan muomalasiga kiritildi. Natijada, Baktriya, Xorazm, Sug’d tarixiy madaniy o’lkalarida qadimgi davrlardan boshlab o’zigaxos madaniy hayot bunyod etilganidan fan olami voqif bo’ldi. Ayniqsa, 1938 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida, Teshiktosh g’oridan neandertal tipidagi odam, “xomo sapiens” skeletini topilishi O’zbekiston arxeologiyasidagi buyuk kashfiyot hisoblanib, bu dunyo olimlarida kata qiziqish uyg’otdi. Ushbu kashfiyot orqali O’zbekiston diyori ham yer yuzida antropogen jarayonlari sodir bo’lgan muhim, eng qadimiy maskanlardan biri ekanligi fan olamida e'tirof etildi.6
O’zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O’rta Osiyo Davlat universitetida Arxeologiya kafedrasini ochilishi (1940 y.), O’zFA qoshida dastlab Arxeologiya bo’limini, sal o’tib tarix va arxeologiya institutini tashkil etilishi (1943 y.), respublikada qadimshunos mutaxassislarni, ayniqsa mahalliy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Arxeologiya kafedrasida tehsil olgan talabalardan ko’plari istiqbolda, nafaqat O’zbekiston, O’rta Osiyo, yoki sobiq ittifoq davlatlari, balki, dunyo miqyosida taniqli arxeolog bo’lib yetishdilar. Kafedrada tahsil olgan B.A. Litvinskiy, V.M. Masson, V.I. Sarianidi, Yu.F. Buryakov, E.V. Rtveladze, O.B. Obelchenko, B.D. Kochnev, R. Sulaymonov, A.S. Sagdullaev, S.B. Lunina, G.V. Shishkina, Sh.R. Pidaev, B.A. Tursunov va ko’plab boshqa mutaxassislar arxeologiya fani taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdilar.
O’tgan asrning 30-40- yillaridan boshlab arxeologiyaga mahalliy kadrlar kirib kela boshladi. Bu jarayonlarda “birinchi qaldirg’och” vazifasini o’tagan Ya. G’ulomovning bosib o’tgan hayoti yo’li, ilmiy pedagogik faoliyati va ilmiy merosi o’zidan keying avlod o’zbek arxeologlari uchun yuksak namuna vazifasini o’tadi. Ya. G’ulomovning ilmiy faoliyati ko’p qirrali bo’lib, uning diqqat markazida O’zbekiston tarixi va arxeologiyasining asosan uch yo’nalishi muammolarini o’rganish turar edi.
Bular:
- O’zbekistonning qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha bo’lgan sug’orilishi tarixi;
- O’zbekistonning urug’ jamoa tuzumi arxeologiyasi va tarixi, - O’rta Osiyoni qadimgi davrlardan oktyabr davlat to’ntarishigacha bo’lgan tarixi.
Ushbu ilmiy muammolarni hal qilish uchun Ya.G’ulomov respublikamizning katta qismida faoliyat ko’rsatgan, bir qancha yirik arxeologik qidiruv ekspedisiyalariga boshchilik qildi. Natijada, Xorazm sivilizasiyasining asosiy tosh tamale bo’lib xizmat qilgan irrigasiya tarmoqlarini o’rganilishi, neolit davriga oid Darvoza Qir makoni, Zamonbobo qabristonini ochilishi, Zarafshon va Qashqadaryo havzalaridagi tosh davri yodgorliklarini, Jizzaxning shimoliy–g’arbidan majusiylar tosh qurbongohi (dolmen) ni topilishi, Toshkent vohasidan Obi Rahmat, Farg’ona vodiysidan paleolit, mezolit, neolit, bronza va mashhur Quva Budda ibodatxonasini ochilishi kabi muhim kashfiyotlarning barchasi alloma Ya. G’ulomov nomi bilan bog’liq bo’ldi. Ayniqsa, o’tgan asrning 50-70- yillarida Ya. G’ulomov ulkan ilmiy tadqiqot ishlari va pedagogik faoliyati bilan ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida turdi, tahsiniga sazovor bo’ldi.7
Fanning biror sohasida birinchilardan bo’lish ham sharafli, ham ma'suliyatli ishdir. Ya.G’ulomov ham birinchi o’zbek arxeolog olimi, akademigi bo’lishdek sharafga, mas'uliyatga musharraf bo’ldi va o’zbek arxeologiyasini jahon fani darajasiga ko’tarilishiga munosib hissa qo’shdi. Ya. G’ulomovning ulug’ xizmatlaridan biri O’zbekiston arxeologiyasi faniga maalliy yoshlarni jalb qilish, ularni yuksak malakali mutaxassis sifatida shakllantirish ishlariga bosh-qosh bo’lishdan iborat bo’ldi.
1950-1970 yillarda tarixchi va arxeologlarning o’ziga xos “G’ulomov maktabi” dunyoga keldi va aynan uning zamirida yurtimizda “O’zbek arxeologiyasi maktabi” ga asos solindi. Ushbu “maktab” ning vakillaridan bo’lmish

Yüklə 46,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin