chi – ishla – ishchan; paxtakor – paxtazor.
Fe’llarning shaxs-sonda tuslanishi kishilik olmoshlari o’rganilgandan so’ng, fe’lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsni ko’rsatishi bilan bog’lab o’rganiladi.
Maktabda grammatik materialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va, birinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya’ni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga o’rgatish ham muhimdir. O’qituvchi tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog’liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim komponentlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta’minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigai materialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi. O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini metodik jihatdan aniq ko’z oldiga keltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma’qulroq degan masala ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o’rganiladi, bu fe’lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish uchun, ya’ni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
Tushunchani ko’rgazmali o’rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan o’rganiladigan hodisannng belgilarini nutqda aniq ko’rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko’rgazmali vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganiladigan ob’ekt hisoblangan so’z, so’z birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. SHunday ekan, ko’rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o’zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu ichki ko’rgazmalilik o’quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani biror tomondan o’xshashi bo’lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan, o’zakdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir necha o’zakdosh so’z bo’lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq:
1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o’quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg’or ishchi. Rahimning o’zi – ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan o’zakdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma’nolaridagi o’xshashlik) ni hisobga olgan holda, o’zakdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug’iladi. Bundan tashqari, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida o’zakdosh so’zni shu so’zlarning bir shakli bo’lgan so’z (gullarni) bilan taqqoslab, o’zakdosh so’zlar bilan so’z shakli o’rtasidagi farq haqida elementar tushunchaga ega bo’ladilar.
Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o’zi o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko’rgazmaliligi ta’minlanadi. Masalan, gapnnng uyushiq bo’laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg’ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz. – Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz. Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda takrorlangan so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. SHunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?) javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan bunday so’zlar gapning uyushiq bo’laklari deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni ko’rgazmalilikdan tushunchani ta’riflashdan oldin foydalanilgan.
Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak. Bir ko’rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so’zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. O’qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?” kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o’rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O’quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko’rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o’quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o’tadilar.
Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
SHunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.
Grammatik va so’z yasalishiga oid mashqlar. Maktabda tildan nazariy bilimni o’rganishdan maqsad fikrni og’zaki va yozma tarzda grammatik to’g’ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo’llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o’rgatib borish talab etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o’zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o’quvchilar mustaqilligi o’sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko’zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o’zaro bog’lanishiga asoslangan.
II BOB. OTLARNING EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN QO’LLANISHI METODIKASI
2.1 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi tahlili haqida tushuncha
Otlarda egalik qo’shimchalari. Bu mavzu boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o’rganilgunga qadar, o’quvchilar “shaxs” tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o’rganmagan bo’ladilar. O’quvchilarga egalik qo’shimchasi shaxs, narsa birlik va ko’plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. SHularni hisobga olib, o’quvchilarni otlarda egalik qo’shimchalari bilan tanishtirishda o’qituvchi ishni sarlavhadagi “egalik” so’zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: “egalik” ega bo’lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo’shimchasi deganda biror narsaga ega bo’lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo’shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo’shimchalari bilan qo’llanadi. Otga qo’shilgan egalik qo’shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi.
,,Ot“ mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
1) ,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so'rog'iga javob bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini shakllantirish;
6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e’tibor qaratiladi. O'quvchilaming nutqi va tafakkurini o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi.
So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlaming umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o'simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o'rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlaming grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi.
Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi.
Otni o‘rganishda izchillik. Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi savod o'rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo'lgan so'zlarni farqlashga o'rganadilar, so'zning leksik ma’nosiga e’tibor ko'proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so'zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko'nikmasi shakllantiriladi. So'zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o'xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko'nikmasini o'stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o'quvchilar so'zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so'zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o'zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim?'yoki nima? so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar kim? so'rog'iga javob bo'lgan otlarni nima? so'rog'iga javob bo'lgan otlardan farqlashni, ularni so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o'quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasi shakllana boradi.
4-sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
,,Ot“ tushunchasini shakllantirish uchun shu so'z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo'lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o'rnini ko'rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mavzuni o'rganishga bag'ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so'zlar bir tizimga solinadi, kishilami, buyum, o'simliklar va hayvonlami, tabiat hodisalarini, voqealami bildiradigan so'zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so'zlaming hammasi uchun umumiy bo'lgan belgilar aniqlanadi: bu so'zlar shaxs, narsalarni bildirib kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'ladi.
Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilarini sifat va boshqa so'z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go'zallik, ishonch, sevinch, o'kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o'quvchilar qiziqib so'rasalar, otning bolalar o'rgangan belgilari asosida (nima?so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi. 3-sinfda „Otlar, ya’ni otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlaming ma’nosi va qo'shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi oldan ko'plik shaklidagi va, aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so'zlaming bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to'g'ri foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar — daftarlar, qalam — qalamlar, nok — noklar kabi. Suhbat asosida daftar so'zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so'zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so'zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar iimumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo'llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko'plikda qo'llanadi. Ko'plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so'rog'iga, ko'plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so'rog'iga javob bo'ladi.
Bu sinf o'quvchilariga faqat birlikda qo'llanadigan otlar. birlik shaklida qo'llangan armiya, qo'shin, xalq kabi otlar ko'plik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o'quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishini kuzatish aslida so'z shakli ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o'quvchilar otlarni ko'plik qo'shimchasi bilan o'zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo'shimcha qo'shish bilan so'zning leksik ma’nosi o'zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Otlaming egalik qo'shimchalari bilan qoMlanishiiii o'rgatish. Bn mavzu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun muiakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o'rganilgunga qadar, o'quvchilar „shaxs" tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan bo'ladilar. O'quvchilarga egalik qo'shimchasi shaxs, narsa birlik va ko'plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o'quvchilarni otlarning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'zgatishda o'qituvchi ishni sarlavhadagi „egalik" so'zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo'lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo'shimchasi deganda biror narsaga ega bo'lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo'shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo'shimchalari bilan qo'llanadi. Otga qo'shilgan egalik qo'shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o'qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so'zlari so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi va o'quvchilar kitob — o'zak, -im, -ing, -i qo'shimcha ekanini aniqlaydilar. O'qituvchi kitob va kitobim so'zlarini taqqoslashni, -im qo'shimchasining ma’nosi haqida o'ylab ko'rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o'quvchilar qo'shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so'zining ma’nosiga (mening kitobim — kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar.
Hozir men sizga so'zlayapman, tushuntiryapman, demak, men — so'zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) — o'zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko'plik sonda qo'llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo'lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko'plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo'shilgan egalik qo'shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so'ziga qo'shilgan -im qo'shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobing egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo'shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so'zidagi -imiz qo'shimchasi kitob so'zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko'p shaxsga (ko'p so'zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i goShimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan mana shunday qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deyiladi. Egalik qo'shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.
2.2 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi yo‘llarini ishlab chiqish
Egalik qo'shimchalari otlarga ikki variantda qo'shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi, qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo'shimchalari qo'shiladi. Shundan so'ng o'quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o'rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni topish, uni tarkibiga ko'ra tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxssonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlaming kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Hozir men sizga so’zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so’zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o’zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko’plik sonda qo’llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo’lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko’plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo’shilgan egalik qo’shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so’ziga qo’shilgan -im qo’shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobniig egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi).
Kitobimiz so’zidagi -imiz qo’shimchasi kitob so’zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko’p shaxsga (ko’p so’zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo’shilgan mana shunday qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi. Egalik qo’shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.
Egalik qo’shimchalari otlarga ikki variantda qo’shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi, qo’shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo’shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo’shimchalari qo’shiladi. SHundan so’ng o’quvchilar “Ona tili” darsligidagi qoidani o’rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
O’quvchilarga egalik qo’shimchalari haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga ko’ra tahlil qilib, egalik qo’shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida esa egalik qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog’lanib, so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o’rgatishda o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan so’ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar 1-sinfdayoq, so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so’z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O’quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so’z o’zgartuvchi) qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga o’rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:
1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish.
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi – turlanish haqida tushuncha berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi, o’zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so’roqlari, qo’shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi.
O’quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so’z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl yasovchi qo’shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog’lanishini kuzatadilar, bu qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so’roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo’shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.
O’quvchilar o’zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o’zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o’quvchilar avval gapda ot bog’langan so’zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so’roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o’qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o’zlashtirganlaridan so’ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.
Ko’plikdagi otlarnnng turlanishini o’rganishda nutqda ko’plikdagi otlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini takomillashtirish maqsadi ko’zda tutiladi. O’quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so’rog’ini va bitta shaxs, narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o’quvchi); o’qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so’roqqa javob bo’lishini, qaysi kelishikni bildirishini so’raydi, ular qinalmay javob beradilar (nimalar? – kitoblar, kimlar? – o’quvchilar).
Xulosa chiqariladi: ko’plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so’rog’iga javob bo’ladi. O’quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko’plikda turlaydilar va ko’plik qo’shimchasi doim kelishik qo’shimchasidan oldin qo’shilishini, so’roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o’rganishnipg vazifasi kelishikni o’rganish bilan bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o’quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so’roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o’quvchilar, birinchidan, so’roqni otning yakka o’ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog’langan so’zdan shu otga berishni o’rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so’roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o’zlashtirishda gapning asosini aniqlagach, gapda o’zaro bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) belgilash, ot bog’langan so’zni topish, so’roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, birlik yoki ko’plikda qo’llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo’nalish kelishigida, birlik).
Kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o’rganish maqsadga muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma’nosi.
2. So’roqlari.
3. Qo’shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni shu tarzda o’rganish ularni o’zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o’zlashtirishni ta’minlaydi.
Bir kelishik o’zining muhim belgilari (ma’nosi, so’rog’i, qo’shimchasi, sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish uchun o’quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o’zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o’zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan farqlash ko’nikmasini shakllantirishga katta o’rin beriladi.
Bosh kelishikning xususnyatlarini o’rganish bilan otning kelishik qo’shimchasi yo’q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so’zni o’ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lishi, gapda ega vazifasida kelishi haqida o’quvchilarda ko’nikma hosil qilinadi; lug’atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo’shimchasi olib qo’llanishi bilan tanishtiriladi.
O’quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir qo’shimcha o’rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o’quvchilarda kelishiklardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini hosil qilish maqsadi ko’zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so’roqlari, qo’shimchasi va gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda boshqa otga bog’lanadi, u bog’langan ot egalik qo’shimchasi bilan qo’llanadi (o’quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba’zan qaerning? so’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ning qo’shimchasi bilan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o’ziga olgan shaxs, narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog’lanadi (vazifani bajardim, kitobni o’qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba’zan qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ni qo’shimchasi bilan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasini bajaradi.
Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak. Bir ko’rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so’zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. O’qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?” kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o’rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O’quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko’rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o’quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o’tadilar.
Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
SHunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.
Grammatik va so’z yasalishiga oid mashqlar. Maktabda tildan nazariy bilimni o’rganishdan maqsad fikrni og’zaki va yozma tarzda grammatik to’g’ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo’llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o’rgatib borish talab etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o’zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o’quvchilar mustaqilligi o’sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko’zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o’zaro bog’lanishiga asoslangan.
XULOSA
Pedagogika ilmi va amaliyotida ko'p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo'lajak o'qituvchilar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo lishsa kerak. Mustaqillikka erishilgandan keyin nafaqat ijtimoiysiyosiy hayotda, balki ta’lim-tarbiya jarayonida ham jiddiy o'zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Endilikda ta’lim amaliyotida tarbiyalanuvchilarga bilimlarni tayyor holda berishdan voz kechilib. shakllanib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatini sogiomlashtirish, ulami mute ijrochilikdan erkin ishtirokchi darajasiga ko4tarishning yangi-yangi yoilari qidirilmoqda. O’qitishning asosiy ashyolari bo’lmish konsepsiya. ta'lim standartlari, dastur, darslik, metodik hamda o'quv qo'llanmalarni yangi lash va takomillashtirish bilan birga ruhan sog'lom. aqlan barkamol, o'z fikri hamda qarashlariga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash ustuvorlik kasb etmoqda. Yoshlar tarbiyasida bir xil fikrlaydigan yagona xulosaga keladigan avlodni shakllantirishdan voz kechilib, o‘miga ma'naviy sifatlarning yetakchiligi. tuyg'ularning injaligi, ko‘ngil istaklari ustuvorligiga milliy an’analarga tayangan holda erishishga alohida diqqat qaratilmoqda.
Kichik yoshdagi o'quvchilaming ko'pchiligi o'qituvchisi aytganlarini quloq qoqmay bajaradi va doimiy ravishda uning ko rsatmalarini kutishga moyil bo'ladi. O'qituvchi qanday va nimani o'qitishidan qat’i nazar, uni bilib olish kerak deb hisoblaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nazarida o'qish - ko'r-ko'rona ijrochilik, o'qituvchisiga taqlid, ustozi aytganlarini takrotiashdan iboratday tuyuladi. Mazkur davr pedagogik jihatdan bolada insoniy sifatlami shakllantirishda o'qituvchi uchun eng qulay bosqich sanaladi.
Bola o'z bilimi va tajribasida ko'rilmagan vaziyat bilan to'qnashganda hamda bu vaziyat uni qiziqtirib qolganda gayriixtiyoriy ravishda mustaqil fikrlay boshlaydi. erkin faoliyatga kirishadi. Maiumki. qiziqqan bola masalaning mohiyatiga kirmay, o'z istaklarini, bilish ehtiyojini qondirmay qo'ymaydi. Faqat bolani bunday holatga solishdan avval uni asta-sekinlik bilan taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, aniqlik kiritish, tizimga sola bilish kabi ko'nikmalami egallashiga erishish lozim. Shundagina uning bilish faoliyati muayyan samara keltirib. shaxsi tokg'ri shakllana boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Rahbariy adabiyotlar
Sh.M. Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston” 2016-y 56-b.
Sh.M. Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b.
Sh.M. Mirziyoyev “Qonun usutuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovoniligining garovi”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -48-b.
Sh.M. Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -488-b.
Sh.M. Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -592 b.
I. A. Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. -T.: “O‘zbekiston” 1999 y.
I. A. Karimov. «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». -T.: 1997-y.
I.А. Kаrimоv. Yuksаk mа’nаviyat-yеngilmаs kuch. – T.: “Mа’nаviyat”, 2008-y. 173 b.
2. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar I-qism, T.: 2018 yil
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar II-qism, T.: 2018 yil
Asosiy adabiyotlar
Abdullaеva Q. Alifbе. –T.: O’qituvchi, 2015, 133–138 b.
Abdullayeva Q. Va b. O’qish axborot vositalarii. (Bilim bog’i) 2-sinf. – T.: O’qituvchi, 2013 y., 192
Abdumannotov A. Boshlanqich sinf o’quvchilarida axloqiy xislatlarni shakllantirishda Alishеr Navoiy mеrosidan foydalanish. // Pеdagogikaning dolzarb muammolari, 1–qism, Samarqand, 2018, 61-62 b.
Adizov B. R. Boshlanqich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. 13.00.01. — pеdagogika nazariyasi va tarixi. — T.:2013 y, 44 b.
Barkamol avlod orzusi // Qurbonov Sh., Sayidov Q, Ahliddinov R. //Xalq ta'limi. 1998. №6 4–196.
Boshlang’ich ta'lim Kontsеpsiyasi //Boshlanqich ta'lim, 2018, №6, 15-18 bеt.
Ibroximov I., Sultonov X., Jo’raеv N. Vatan tuyg`usi. – T.: O’zbеkiston, 2017. – 439
Farbеrman B.L. Ilg’or pеdagogik tеxnologiyalar. – Toshkеnt: O’z.R.FA. Fan. 2020. - 128 b.
Jumaboеv M. Bolalar adabiyoti. Darslik–majmua. –T.: O’qituvchi, 2014 y. – 2516
Jo’raеv A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. Sinf rahbarlari uchun qo’llanma. – T.:O’qituvchi, 2014 y. –133
17. Mavlonova R. O’zbеkistonda boshlang’ich ta'lim taraqqiyoti. –T.: Fan, 2015. –156
Saidahmеdov N. Pеdagogik amaliyotda yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash tеxnologiyalari. Toshkеnt: 2020 y. - 46 b.
Umumiy o’rta ta'limning Davlat ta'lim standartlari va o’quv dasturi. Boshlang’ich ta'lim. // O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligining Axborotnomasi. 7-maxsus son. –T.: «Sharq», 480 b.
Ziyoеv X, Istiqlol–ma'naviyat nеgizi. T:. «Ma'naviyat», 2019 y, 190
Ziyosv X,. O’zbеk xalqining shakllanishi. // Guliston, № 4. 2020 y.
Zunnupov L. O’zbеk pedagogikasi tarixi. –T.: O’qituvchi, 2017 y. –272 b.
Umarova M, Hakimova Sh. O’qish kitobi. 3-sinf.(to’ldirilgan 10 nashri) T.:«Cho’lpon», 2010 y. 224
Shojalilov A., Toshmatova G., Matjonov S., Sariеv Sh. O’qish kitobi. 4–sinf uchun darslik. – T.: O’qituvchi, 2011. –352
Internet saytlari
www.natlib.uzinternet kutubxona
www.ziyonet.uzmateriallari
www.kitob.uz
www.tdpu.uz
www.referat.arxiv.uz
www.testing.uz
www.math.com
1 Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. 14-b.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |