Kurs ishining dolzarbligi: Mazkur kurs ishi oliy ta’lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki ta’lim muassasalarida o’quvchilarda ushbu mavzu yuzasida nafaqat nazariy bilimlarni paydo qilish, balki, bilim va k’onikmalarni hosil qilish va fikrlash faoliyatini oshirish maqsadga muvofiq. Shuning uchun mavzu yuzasidan tushunchalar bilan o’quvchilarni to’liq tanishtirib, ularda mavzu bo’yicha yetarlicha nazariy bilim hamda amaliy ko’mikmalarni shakllantirish lozim.
Kurs ishining maqsadi: Aminokislotalar ketma-ketligi bo’yicha fazoviy strukturalarni yaratish
mavzusini oliy ta’lim muassasalaridagi bilimlarni boyitish va ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Oliy talim muassasalarida Aminokislotalar ketma-ketligi bo’yicha fazoviy strukturalarni yaratish
mavzusini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: oquvchilarda mavzuga doir bilimini kuchaytirish asosida ularning bilish faoliyatini shakllantirish, faollashtirish.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir malumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish
Talim muassalarida o’quvchilar fikrlash jarayonining oshiruvchi malumotlar berish
Differensiallashgan talim orqali, mavzu haqida tushuncha berish
Kurs ishini jihozlab, uni himoyaga tayyor qilish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.
Aminokislotalar — molekulasidaamin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. Aminokislotalar rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining bar-cha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashi-nuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gi-stidin, arginin, aspartat kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, siste-in, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermenta-tiv oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor.Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. Koʻpchilik Aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qoʻllaniladi. Hozir Aminokislotalardan oʻgʻit sifatida ham foydalanilmoqda.[1]