Reja: Kirish. Bob



Yüklə 63,56 Kb.
səhifə7/12
tarix21.05.2023
ölçüsü63,56 Kb.
#118649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sherdor kurs ishi

Bu – muhim! Litsenziya berish rad etilgan boʻlsa, ariza takroran koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida avvalgi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi2. Litsenziya berganlik uchun EKIHning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. U toʻlangandan keyin ruхsat beruvchi hujjat 1 kun ichida beriladi.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat sektorning salmog‘ini kengaytirish borasida tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) nodavlat ta’lim tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish orqali ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq jarayonlarni aholi orasida keng targ‘ib qilish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotida ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning yagona shaklini tasdiqlash va ularning qat’iy hisobini yuritib borish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
2020-yil 1-oktabrdan boshlab: nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olganlaridan keyingi litsenziya talablari va shartlaridan biri — nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotni axborot tizimiga kiritish uchun Davlat inspeksiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish hisoblanadi; axborot tizimida nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotning ular litsenziya olgan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida yo‘qligi nodavlat ta’lim tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalari nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida beriladi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalarini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi.


    1. Yüklə 63,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin