Reja: Kirish. Bob


Sertifikatlashtirish haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 63,56 Kb.
səhifə8/12
tarix21.05.2023
ölçüsü63,56 Kb.
#118649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sherdor kurs ishi

Sertifikatlashtirish haqida umumiy ma’lumot

Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar. Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. Sinash – bu o‘rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash. Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya. Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o‘tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim. Akkreditlash – Protsedura bo‘lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi. Akkreditlash bo‘yicha idora – Akkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni o‘tkazuvchi idora. Inspektsiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriybaholash protsedurasi. Sifat – O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi. Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizim «Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari, sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u quyidagicha ta’riflanadi.
«Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi». Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda, ushbu tizimning qoidalariga muvofiq guvohnoma talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish sxemalar. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning 9 ta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq etilgan4.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgannamunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi – uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘ladi. Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifikatlarining, namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari haqiqiy emas. Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etilgan.
Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirishda mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar o‘tkazish faoliyatini amalga oshiradilar. Bunga ko’ra mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.
Sertifikatlashtirish to‘g‘risida axborot haqida ma’lumot beradigan bo’lsam “O‘zstandart” agentligi tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, iste’molchilarni va boshqa manfaatdor shaxslarni sertifikatlashtirishning amaldagi tizimlari, ularning organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), ekspertlar to‘g‘risida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va ularni qo‘llash qoidalari to‘g‘risida xabardor etib boradi.
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun kerakli axborotni berishlari shart. Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bog‘liq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar bundan mustasno.
Sertifikatlashtirish to’g’risida umumiy qoidalarni tushuntirib o’taman. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari. Sertifikatlashtirish: odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish; mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash; mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish; iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish; mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik. Sertifikatlashtirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Xalqaro shartnomalar va bitimlar: Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari qo‘llaniladi; O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari: O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir; sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari: Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar sertifikatlashtirish obyektidir. “O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida ishtirok etadigan xodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir; sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “O‘zstandart” agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Shuningdek qonunuchiligimizda mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish mavjuddir. Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etishda va majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish “O‘zstandart” agentligi zimmasiga yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari: Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini o‘z ichiga oladi. Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda haq to‘laydi. Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga sarflagan mablag‘lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotni targ‘ib qilish man etiladi.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi: O‘z SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: SO ga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish; taqdim etilgan mahsulot MH va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish; ariza bo‘yicha qaror qabul qilish; sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash; namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish; namunalarni ASL da sinovdan o‘tkazish; mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini; sifat tizimini baholash; mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash; olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish; muvofiqlik sertifikatini O‘zR SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olish.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi hollarda: sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo‘lsa; sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa; agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan (bekor qilingan) bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas. Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man etiladi. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tayyorlovchilar (tadbirkorlar): majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirishga taqdim etishlari; sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining o‘zi yoki ular e’tirof etgan organlar bergan sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar talablariga mos bo‘lishini ta’minlashlari; sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish organining qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, realizatsiya qilishni to‘xtatib qo‘yishlari yoki tugatishlari; majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtiruvchi va sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari; sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlariga yoki texnologik jarayoniga kiritilgan o‘zgartishlar haqida sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor etishlari; ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda normativ hujjatlarni ko‘rsatishlari va bu ma’lumotlar iste’molchi (xaridor, buyurtmachi) e’tiboriga yetkazilishini ta’minlashlari shart.
Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, “O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan yoki e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak. Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning “O‘zstandart” agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bojxona yuk deklaratsiyasi bilan birgalikda arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona organlariga taqdim etiladi hamda ushbu hujjatlar mahsulotni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘ladi. Olib kirilayotgan mahsulotning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan taqdirda, bojxona organlari uni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala hal etilguniga yoki chet el sertifikati milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq e’tirof etilmaguniga qadar bunday mahsulotni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, bundan vaqtincha saqlash va bojxona ombori, bojxona rejimlari bundan mustasno.
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta’minotida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish; sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash; xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish; sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish; sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;Majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorat olib boradi. Majburiy sertifikatlashtirish talablariga tayyorlovchilar (tadbirkorlar, sotuvchilar, ijrochilar) tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini qonunchilikda belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari amalga oshiradi. Nazorat yo‘sinidagi tekshiruvni sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishda har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subyektlar - ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “O‘zstandart” agentligi belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari bu ertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar “O‘zstandart” agentligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi. Sertifikatlashtirish organi: muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun; arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun; arizachining tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar bo‘ladi. Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berganlik uchun javobgar bo‘ladi. Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib o‘tilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘la hajmda qoplashlari shart.


  1. Yüklə 63,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin