Reja: Kirish. Bob


Attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish



Yüklə 63,56 Kb.
səhifə11/12
tarix21.05.2023
ölçüsü63,56 Kb.
#118649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sherdor kurs ishi

Attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish. Pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi. Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi. Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.
Pedagog kadrlar oliy ma’lumot olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda (keyingi o‘rinlarda — diplom) ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan o‘quv fanlar bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tadi, professional ta’lim tashkilotlarining umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilari bundan mustasno. Professional ta’lim tashkilotlarida ikki yoki undan ortiq umumkasbiy va maxsus fanlardan dars berayotgan pedagog kadrlar o‘quv yuklamasi ko‘p bo‘lgan bitta o‘quv fani bo‘yicha, bir nechta fandan o‘quv yuklamasi teng miqdorda bo‘lgan hollarda pedagog kadr tomonidan tanlangan o‘quv fani bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda professional ta’lim tashkilotlari umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilariga attestatsiya natijalari bo‘yicha berilgan lavozimi ular dars berayotgan fan sohasi bo‘yicha boshqa o‘quv fanlariga ham tegishli bo‘ladi.
Attestatsiyadan o‘tish uchun pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar va 1-avgustdan 1-oktabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladilar.


    1. Yüklə 63,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin