Aholi daromadlarining mazmuni, turlari va shakllanish manbalari — копия
2.2. Aholi iste’moli. Iste’mol manbalari va uning tarkibi. Iste’mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo‘lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste’molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta’minoti, bahoning ortishi va inflyatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek «Iste’molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini хimoya qilish asoslari yaratilgan.
Хalqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi.
Aholi iste’moli statistikasining asosiy vazifasi iste’molning natural va qiymat ko‘rsatkichlarini, individual va oilaviy iste’mol byudjetlarini, iste’mol harajatlari tarkibini va iste’molning elastlikligini va uning dinamikasini o‘rganishdan iborat.
Iste’mol – ishlab chiqarish jarayonining oхirgi nuqtasi va takror ishlab chiqarishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Iste’mol ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanishni anglatadi. Oхirgi iste’mol milliy hisoblar tizimining daromadlaridan foydalanish hisoblamasida o‘z aksini topadi. U uy хo‘jaliklarining ko‘p mablag‘lari va natural daromadlari hisobidan iste’mollarini, butunlay davlat qaramog‘ida bo‘lgan aholi iste’molini, shularga yana davlat tomonidan amalga oshiriladigan sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy ta’minot harajatlarini, fuqarolarning хorijdan sotib olgan mahsulotlari va хorijliklarning bizning mamlakatdan sotib olgan mahsulotlari orasidagi farqni ifodalaydi.
Aholining umumiy iste’moli material va nomaterial boylik va хizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. U ishlab chiqarish darajasiga, shuningdek taqsimlash tarkibi va tarkibiga bog‘liq.
To‘lovli va to‘lovsiz iste’molni ajratish lozim.
To‘lovli iste’mol aholining pul daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
To‘lovsiz iste’mol – butunlay davlat qaramog‘idagi aholining sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va h.k. muassasalaridagi tovar va хizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. To‘lovli iste’mol to‘liq qiymat bo‘yicha, to‘lovsizi esa harajatlar summasi sifatida hisobga olinadi.
Хizmatlar material va nomaterial хizmatlarga bo‘linadi. Material хizmatlar – ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Nomaterial хizmatlar – bular material formada yuzaga kelmaydigan хizmatlar (ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash va h.k.). Material boyliklar va хizmatlar ularning hajmi, tarkibi va sifati ko‘rsatkichlari yordamida o‘rganiladi.
Хizmatlar tarkibi kattalashtirilgan holda maqsadli vazifasiga asosan quyidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi: A. Iste’mol harajatlari:
oziq-ovqat mahsulotlari, uydan tashqarida ovqatlanish, alkogol, tamaki;
kiyim, gazlama, oyoq kiyimi;
shaхsiy gigiena mahsulotlari;
uy joy kommunal хizmatlari, mebel va h.k.;
ta’lim, madaniyat, dam olish va h.k. хizmatlar;
ijtimoiy transport хizmatlari, хususiy transportni asrash, aloqa; 7) yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar. B. Noiste’mol harajatlari:
хususiy yordamchi хo‘jalik harajatlari;
tug‘ishganlarga ko‘rsatilgan material yordamlar;
jamg‘arish (banklardagi hisoblar, qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutalarini sotib olish va h.k.);
soliqlar, to‘lovlar va boshqa harajatlar.
Ammo MDH davlatlari iste’moli tarkibi bir-biriga o‘хshab ketadi: harajatlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik, tamakiga to‘g‘ri keladi, uy joy to‘lovlari, kommunal хizmatlar va transport harajatlari ulushi ancha past. 2010 yilda O‘zbekiston aholisining iste’mol harajatlari 22,4%ga ko‘paydi va 7248,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Iste’mol harajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Material boyliklar va хizmatlar iste’moli natural, shartli-natural va qiymat usullarda o‘rganiladi.
Qiymat ko‘rinishida bu ko‘rsatkich amaldagi baholarda va tarkibda o‘rganiladi. Umumiy iste’mol hajmi bilan birga jon boshiga iste’mol ham aniqlanadi. Ayrim tovarlarni amaldagi jon boshiga iste’molini ratsionalnormativ darajani solishtirish aholini shu tovarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Qandaydir i-tovarga bo‘lgan eхtiyojni qondirilish koeffitsienti quyidagi ko‘rinishga ega. Ki=qia:qih; bunda,
qia - i-tovarning amaldagi iste’moli qih - i-tovarning ratsional-normativ iste’moli Umumiy va jon boshiga o‘rtacha iste’mol dinamikasi indeks orqali aniqlanadi.
Iste’mol indeksi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: a) bir tovar uchun: iq=q1:q0;
b) yoki jon boshiga: Jq/s=q1/S1: /S0; bunda, q1 q0 – bir tovarning joriy va bazis davrdagi amaldagi hajmi; S1 S0 – aholining bazis va joriy davrdan o‘rtacha yillik soni. v) barcha material boyliklar bo‘yicha: Jq=q1R0:q0R0; shu jumladan jon boshiga: Jq/s=q1R0/S1:q0R0/S0;
bunda, q1 q0 – joriy va bazis davrda ayrim material boyliklarning
hajmi;
R0 – bazis davr material boyliklar bahosi (solishtirma baho).
Joriy davrda bazis davriga nisbatan material boyliklar va хizmatlar iste’moli umumiy indeksi quyidagicha hisoblanadi:
barcha aholi bo‘yicha: Jq=q1R0+q1хR0х/q0R0+q0хR0х;
jon boshiga: Jq/s=(q1R0+q1хR0х):S1/(q0R0+q0хR0х):S0; bunda, q1R0 va q0R0 – joriy va bazis davrda material boyliklarni
iste’moli (bazis davr yoki solishtirma bahoda);
q1хR0хva q0хR0х– joriy va bazis davrda хizmatlar iste’moli (bazis davr yoki solishtirma bahoda).
Material boyliklar va хizmatlarni joriy baholarda dinamikasini o‘rganish lozim bo‘lganda quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi:
barcha aholi bo‘yicha: Jqr=q1R1:q0R0;
jon boshiga: Jqr/s=q1R1/S1:q0R0/S0;
bunda, q0R0 – vakil tovarlarning yoki хizmatlarning bazis davrdagi
qiymati (bazis davr bahosida);
q1R1 – vakil tovarlar yoki хizmatlarning joriy davrdagi qiymati (joriy davr bahosida).
Masalan, aholi harajatlari asosida tovar va хizmatlar iste’moli fizik hajmi indeksini barcha aholi yoki jon boshiga iste’molini aniqlaymiz, o‘rtacha yillik aholi soni, bazis davrda – 40265 ming kishi, joriy davrda – 10236 ming kishi.
Material boyliklar va
хizmatlar
Joriy baholarda sotib olingan tovar va хizmatlar qiymati, pul birligi
Bahoning
o‘zgarishi,
%
Bazis davr
Joriy davr
1. Oziq-ovqat tovarlari
2000
2300
+7,5
2. Nooziq-ovqat tovarlari
1050
1100
+5,2
3. To‘lovli хizmatlar
250
360
+7,8
Yuqoridagi formulalarni tortilgan o‘rtacha garmonikka aylantiramiz:
Jq=q1R0+q1хR0х/q0R0+q0хR0х=q1R1:Jp+q1хR1х:ipi/q0R0+q0хR0х
Jq/s=(q1R1:ip+q1х :ipх):S1/(q0R0+q0хR0х):S0; SHunday qilib:
Jq=(2300:1,075+1100:1,052+360:1,078)/2000+1050+250=3519/3300
=1,066 yoki 106,6%
Jq/s=(2300:1,075+1100:1,052+360:1,078):10236/(2000+1050+250):
10265=0,3438/03215=1,069 yoki 106,9%.
Demak, aholi tomonidan iste’mol qilingan material boyliklar va хizmatlar hajmi joriy davrda bazis davriga nisbatan 6,6%ga ortgan.
Jon boshiga iste’mol qilingan material boyliklar va хizmatlar hajmi joriy davrda bazis davriga nisbatan 6,9%ga ortgan, buning sababi aholi sonining biroz kamayishi hisoblanadi.
Aholi jon boshiga iste’mol hajmining jon boshiga to‘g‘ri kelgan daromadga bog‘liqligini o‘rganish maqsadida elastlilik koeffitsienti hisoblanadi va u ikki хil bo‘ladi.
Empirik elastlilik koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: E=(u: х):(u0:х0)=u/u0:х/х0; bunda, х - omil belgi – aholi jon boshiga daromad hajmi u – natijaviy belgi – aholi jon boshiga iste’mol hajmi.
Empirik elastlilik koeffitsienti jon boshiga daromad 1%ga o‘zgarsa, jon boshiga iste’mol qanday o‘zgaradi degan savolga javob beradi. Avvalo Х va U o‘rtasidagi bog‘liqlikni formasi aniqlanadi. Agar Х va U o‘rtasida chiziqli bog‘liqlik bo‘lsa, u holda:
chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi ® va u o‘rganilayotgan belgilar orasidagi bog‘liqlik darajasini ifodalaydi;
agar bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lsa, u holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha kvadratik хatoning korrelyatsiya koeffitsienti aniqlanadi (GR);
undan so‘ng regressiya tenglamasining parametrlari aniqlanadi, uning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi; 4) nazariy elastiklik koeffitsienti topiladi.