Elastiklikning nazariy va empirik koeffitsientlarini хamma oila uchun hisoblaymiz, agar jon boshiga daromad bilan iste’mol orasidagi bog‘lanish chiziqli bo‘lsa:
E=31,5-29,7/1113,3-1070:29,7/1070=1,5
Yani, jon boshiga daromad 1%ga ortsa, jon boshiga iste’mol 1,5%ga ortadi.
Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
R=xy-x*y/Gx*Gy;
bunda, Gx – omil belgining o‘rtacha kvadratik tafovuti Gy – natija belgining o‘rtacha kvadratik tafovuti.
Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti belgilar orasidagi bog‘liqlikning zichligini ifodalaydi. Korrelyatsiya koeffitsienti 0 bilan 1 orasida o‘zgaradi. U qanchalik birga yaqinlashsa, bog‘lanish shunchalik zich bo‘ladi. Agar R=1 bo‘lsa, bog‘lanish funtsional, agar R=0 bo‘lsa bog‘lanish bo‘lmaydi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti (+) ishora bilan chiqsa, demak aloqa to‘g‘ri, agar (-) ishora chiqsa aloqa teskari bo‘ladi. Bizning misolimizda:
Demak, jon boshiga daromad bilan iste’mol orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri va juda yuqori.
Belgilar orasidagi korrelyatsion aloqaning muhimligini baholash uchun korrelyatsiya koeffitsientining o‘rtacha kvadratik хatosi hisoblanadi:
GR=1-R2/P;
Bizning misolimizda: GR=1-0,993/6=0,016
Shunday qilib, belgilar orasidagi aloqani sezirarli deb qarash mumkin. Chiziqli regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega: Jx=a0+a1x;
bunda, a0 – tenglamaning ozod parametri bo‘lib, u natijaviy belgining
(iste’mol) darajasini ifodalaydi; a1 – regressiya koeffitsienti. U agar aholi daromadi 1%ga ortsa,
iste’mol qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi..
a0 va a1 lar qiymatini topish uchun, normal tenglamalar tizimini echish
lozim:
6p+6680a1=189
6680a0+7534600a1=212690, shundan a0=y*x2-yx*x/pх2-х*х=189*7534600-
212690*6680/6*7534600-66802=5,6 a1=nxy-x*y/nх2-х*х=6*212690-6680*189/6*7534600-
66802=0,023
Tuzilgan regressiya tenglamasi jon boshiga daromad bilan jon boshiga iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishini aniqlash maqsadida o‘rtacha approksimatsiya хatosini hisoblaymiz:
A=1/n*(y1-yx)/y1*100=1/6*7,7=1,28
Approksimatsiya хatosi qanchalik kichik bo‘lsa, bog‘liqlik хaqiqiy darajaga yaqin bo‘ladi. Buning misolimizda haqiqiy iste’mol hisobdagiga qaraganda 1,28% farq qiladi.
Nazariy elastililik koeffitsienti iste’molning daromadga bog‘liqligi aloqaning chiziqli formasida quyidagicha hisoblanadi:
E= a1*х:u=0,023*1113,3/31,5=0,813
Nazariy elastiklik koeffitsientining ko‘rsatishga, agar daromad 1%ga ortsa, go‘sht mahsulotlarining iste’moli 0,813%ga ortadi.
Omil belgining natijaviy belgiga ta’sirini baholash maqsadida koeffitsient hisoblanadi:
=a1*Gx/Gy=0,023*27,79/2,99=0,982
-koeffitsient – o‘rtacha kvadratik tafovutning qaysi qismiga, jon boshiga iste’mol o‘zgaradi, agar jon boshiga iste’mol o‘rtacha kvadratik tafovutga o‘zgarsa degan so‘roqqa javob beradi.
Shunday qilib, jon boshiga iste’mol ko‘p jihatdan jon boshiga daromadga bog‘liq ekan.
Xulosa
Aholining "turmush darajasi" tushunchasi odamlarning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflaydi.
Aholining turmush darajasi - moddiy ne'matlarni iste'mol qilish darajasi (aholining sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat, uy-joy va boshqalar bilan ta'minlanishi).
"Iste'molning minimal darajasi", "iste'molning oqilona darajasi" va "iste'molning fiziologik darajasi" mavjud.
"Iste'molning oqilona darajasi" insonning oqilona ehtiyojlarini qondirish asosida aniqlanadi. Unga kiritilgan tovar va xizmatlar majmui shaxsning to`liq va uyg`un fiziologik va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlaydi.
"Minimal iste'mol darajasi" minimal talab darajasidan hisoblanadi. Uning qiymati malakasiz ishchi va uning qaramog'idagi shaxslarning tovarlari va xizmatlari to'plami bilan belgilanadi. Buning uchun eng past narxlar olinadi va hashamat, alkogolli ichimliklar va delikateslar hisobga olinmaydi.
Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narxtasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor holati o’zgarishlari ham yuzaga keltiradi.
Daromadlarga qarab, aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlar o’z daromadlariga ko’ra, ijtimoiy ierarxilni yoki piramidani tashkil etadi (1-jadval).
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko’p bo’lganidan davlat boylar daromadi hisobidan kambag’allar daromadini oshirib boradi. Natijada, aholi o’ta boy va o’ta kambag’allarga ajralib qolmaydi.
Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko’ra, daromadlar past bo’lganda iste’molga moyillik kuchayadi va topilgan daromad sarflanib ketadi, daromadlar yuqori bo’lganda jamg’arishga moyillik kuchayadi va daromad ko’proq yig’ilib, jamg’arma hosil etadi.
Daromadni jamg’arish yoki uni sarflab yuborishga moyillik kishilar ning yoshiga ham bog’liq. Daromadlar bir xil bo’lgan sharoitda yoshlarda kelajakni ko’zlab jamg’arishga ishtiyoq, keksalarda esa umri oxirlab qolganidan daromadni sarflashga intilish kuchliroq bo’ladi.