2.2. Bolalar ruhiyatini o’rganish; nazariyasi va amaliyoti
Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi.
Albatta, ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. 0 ‘rtadagi farq ulaming maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo ladi.
Fundamental—nazariy tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot
uchun bo‘lgan ahamiyatidan qa’ti nazar, psixik hodisalar haqidagi
bilimlarni kengaytirib borishdan iborat. Amaliy psixologiya esa
kundalik hayot bilan bog‘liq konkret muammolami hal etishga
qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda
tadqiqotchi shaxsining ta sirisiz ham ilmiy metod o‘z vazifalarini
bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning
ajralmas qismi boiib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda
qo‘llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi,
reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada
bular asosiy rolni o‘ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik
taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlami egallabgina
haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo‘lib yetishish
mumkin. L.F.Obuxova o‘rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi
sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlami
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengayadi.
Xulosa
Xulosa qilin aytganda hozirgi kunda turli xil maxsus ta’lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida qabul qilinishi mo‘ljalangan va O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalar bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar va h.q.lar ochilgan.
Shuningdek, umuta’lim maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni uchratish mumkin. Ularning ruhiyatini örganishda psixologik-prdagogik metodlardan keng foydalanish muhim xisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Z.Nishanova “Bolalar psixologiyasi va uni oqitish metodikasi”
N.Botirova “Bolalar ruhiyating rivojlanishi”
Www.hozir.org
Www.ruhshinos.uz
Www.kyberLeninka.ru
Dostları ilə paylaş: |