Reja kirish I. Bob. Bozorning iqtisodiy mazmuni



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə12/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#107281
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2023iqtisod

Aukstionlar - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Aukstionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Aukstion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Aukstion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.
Aukstionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollekstiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o’tkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o’rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat kor’orastiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va su’ermarketlardan iborat bo’ladi.
Su’ermarket - bu xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan im’ort tovarlar bilan savdo qiladi. Su’ermarket xaridorlarga be’ul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatadi.
Ko’’ tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’’incha o’zlari hisobidan eks’ort-im’ort hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga to’shirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati ko’rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lgan ka’ital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’’chiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan sub’ektlardan ‘ul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari etishmagan sub’ektlarga ‘ul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kom’aniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kom’aniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini eks’ertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda akstioner jamiyat yoki koo’erativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.
Bozor sharoitida xaridorni xukmi ahamiyatlidir. Ya’ni xaridor o’ziga nima kerak ekanligini o’zi belgilaydi, tovar uni qoniqtiradimi, yo’qmi? Lekin shu bilan birga xaridor bozorining uzoq yoki yaqinligi, unga etib borishi uchun transport vositalarining quylayligi, bozordagi mahsulotlarning sifati va bahosining qoniqarli bo’lishi bilan qiziqadi. Bu masalaning bir tomonidir. Masalaning ikkinchi tomonida esa mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’ziga xos talab va taklif xususiyatlari yotadi. Bu xoll tabiiyki, iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida keskin ziddiyatlarni kelitrib chiqaradi. Shunday sharoitda bozor infratuzilmasi yuzaga keladigan barcha ziddiyatlarni xal qilish, ya’ni ham iste’molchilarning talablarini qondirish, ham ishlab chiqarish va savdo uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat bo’ladi.
Xo’sh shunday ekan, bozor infratuzilmasi nima?
Infratuzilma deganda, bozorning qulay faoliyat ko’rsatishi uchun xizmat ko’rsatadigan muhit tshuniladi. I.A.Кarimov «Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz – tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash kerak bo’lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo’lmaydi» degan edilar (6. 260-261 betlar).
Infratuzilma shartli ravishda quyidagi unsurlardan tashkil topadi: - tadbirkorlikni tayyorlash va o’qitish tizimi; xususiy biznesni ro’yxatga oluvchi bo’limlar; moliya-kredit tizimi; kommersiya bank tizimi va sug’urta kompaniyalari, reklama va ommaviy axborot vositalari, kommunikasiya vositalari; soliq va bojxona tizimi; konsalting xizmatlari (iqtisodiy va xuquqiy masalalar yuzasidan maslahat beruvchi malakali mutaxassislar xizmati, auditor kompaniyalari xizmatlari va boshqalardan tashkil topadi); ulgurji – vositachilar tuzilmalari; birja bozorlari; agroxizmat bozori; transport ta’minoti; xizmat bozori; tashqi iqtisodiy aloqalar ta’minoti.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishga, ish kuchini yollashga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida aloqalar o’rnatishga yordam beradi. Ularning ba’zilari davlat tizimidagi korxona va tashkilotlar bo’lsa qolganlari mustaqil muassasa yoki uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatilgan xizmati uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Sanoat mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, o’rnatish, joylash, saqlash, talabga muofiq iste’mol uchun etkazib berish;
2. Qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvish, quritish, sortlarga ajratish, joylash, o’rnatish, konteynerlarga solish, saqlash, jamlash, kerak bo’lganda sovutish va iste’mol uchun bir maromda etkazib berish;
3. Hamma turdagi mahsulot uchun: yirik iste’molchilarga etkazib berish uchun tovarlarni to’plash yoki aksincha, mayda iste’molchilarga talabga muofiq etkazib berish uchun yirik partiyadagi tovarlarni komplektini maydalashtirish;
4. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash;
5. Tadbirkorlik tavakkalligini sug’urtalash;
6. Tovar topishni ta’minlash;
7. Tadbirkorlarni ro’yxatdan o’tkazish;
8. Bitishuvlarni ro’yxatdan o’tkazish;
9. Bozor ishtirokchilarini manfaatlarini xuquqiy ximoya qilish;
10. Bozor ishtirokchilariga konsalting, injiniring, auditor, loyixa-smeta xizmatini ko’rsatish.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning unsurlari barcha bozor turlarini faoliyat ko’rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin