Traditional bridal entry song ( An’anaviy kelin kelish qo‘shig‘i) Ingliz to‘ylarida “Wedding march” / “The bridal chorus” (“To‘y marshi” / “Kelin xori”) yoki “Here comes the bride” (“Kelin keladi”) qo‘shig‘i ijro etiladi. Ingliz xalqida to‘y marshining juda ko‘p variantlari mavjud, biroq ular orasida “Wedding march” xori ayniqsa mashhurdir. Bu qo‘shiq XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirga qadar ingliz to‘ylarida asosiy rolni o‘ynaydi. Bu ajoyib asar nemis bastakori Richard Vagner tomonidan 1850 –yilda yozilgan va shundan buyon nemis va ingliz nikoh to‘ylarida asosiy musiqa sifatida ijro etiladi.117 “Wedding march” xoridan parcha:
As God blessed you in happiness, So do we bless you in joy. Watched over by love’s happiness, May you long remember this hour!118 O‘zbek tilida tarjimasi:
Xudo sizni baxtda yorlaqagandek, Biz ham sizni shodlikda duo qilamiz, Muhabbat baxtining panohida Bu fursatni uzoq yodda saqlangiz! Xorda yoshlik ayyomi, baxt, o‘zaro sadoqat va Xudoning himoyasiga ishonch tuyg‘ulari tantanavor, ko‘tarinki ruhda kuylanadi. E’tibor kelin – kuyov va ularnig shukuhli onlariga qaratiladi.
Giving away the bride (Kelinni uzatish). To‘y kuni kelinning otasi uning qo‘llaridan tutib kuyovga uzatadi. Buning ma’nosi : “Qiz otaning mulki edi va endi u kuyovga sotildi.”119 Wedding vow (Nikoh qasamyodi). Ingliz madaniyatida to‘y kuni kelin –kuyov bir –birlarining barmoqlariga nikoh uzugini taqadilar va cherkovdagi rohib yoki cherkov xodimi ( registrar: tug‘ilish, o‘lim, nikohni ro‘yxatga oluvchi shaxs ) boshchiligida to‘y qasamyodini qiladilar. Nikoh qasamyodi O‘rta Asrlardan beri Angliya to‘ylarida oilaviy an’ana sifatida qadrlanadi. Bu qasamyod muhabbat, vafo, o‘zgarmaslik sifatlariga asoslanadi. Ko‘pincha to‘y ahdnomasi boshqa diniy an’analardagi ahdlardan olingan bo‘ladi.120 Kelin –kuyov bir –birlarining o‘ng qo‘llaridan ushlab nikoh qasamyodini aytadilar. To‘y qasami odatda 100 va 200 so‘zdan iborat bo‘ladi. 121 U yoddan aytilsa –da, kelin –kuyov qo‘lida ahdnoma yozilgan qog‘oz ham bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, nikoh qasamyodini kelin- kuyov o‘zlari aytishlari, cherkov ruhoniysining ortidan so‘zma so‘z takrorlashlari yoki “va’da beraman” ( I do) deyishlari mumkin122.
Odatda . nikoh qasamyodlari kelin – kuyovning mazhablariga ko‘ra biroz farq qiladi. Angliyadagi odatiy nikoh qasamyodi:
I, ( name), take you, ( name) To be my wife/husband, To have and to hold From this day forward; For better, for worse, For richer, for poorer, In sickness and in health, To love and to cherish, Till death us do part, According to God’s holy law. In the presence of God I make this vow.123 Ma’nosi: men (ism) seni (ism) rafiqam/ erim deb tan olar ekanman, bugundan boshlab yaxshida ham, yomonda ham, boylikda ham, nochorlikda ham, sog‘likda ham, xastalikda ham to o‘lim bizni ajratguncha sevishga va g‘amxo‘rlik qilishga Xudoning muqaddas qonuniga ko‘ra Tangri oldida ont ichaman.
Katolik mazhabida nikoh qasamyodi:
I, (name), take you, (name) To be my wife/husband. I promise to be true to you in good times and in bad, in sickness and in health. I will love you and honor you all the days of my life. I, ( name), take you, ( name) To be my wife/husband, To have and to hold From this day forward; For better, for worse, For richer, for poorer, In sickness and in health, until death do us apart.124 O‘zbek tilidagi ma’nosi: Men (ism) senga (ism) er/ rafiqa bo‘lar ekanman, yaxshi va yomon kunlarda, xastalik va sog‘likda senga halol(to‘g‘ri) bo‘lishga va’da beraman. Hayotimning barcha kunlarida seni sevaman va e’zozlayman.
Yuqoridagi har ikki mazhabdagi qasamyodning asosi bo‘lgan “to have and to hold from this day forward” iborasini tahlil qilib ko‘raylik. Nikoh qasamyodi murabbiysi Tanya Pushkine fikriga ko‘ra,125 “to have” (o‘zbek tilida: “bor bo‘lmoq’’) ning qasamyoddagi ma’nosi kelin –kuyovning faqatgina bir –birlariga tegishli ekanliklari haqidagi va’dadir. To have – jufti uchun bor bo‘lish turmushdagi haqiqiy ishonch va to‘liq soflik hissini o‘zida namoyon etadi.
To hold so‘zining o‘zbek tilidagi ma’nolari:126 Ushlab turmoq; ushlamoq, tutmoq
Ushlab/tutib turmoq
Kuch bilan ushlab , tutib turmoq
Sig‘dirmoq; sig‘moq
Ega bo‘lmoq( odatda rasman)
Fikrga ega bo‘lmoq
Shundayligicha qolmoq
Kishi haqidagi ma’lumotning to‘g‘riligiga ishonmoq
Tashkil qilmoq; o‘tkazmoq
( telefon qilayotgan odamga nisbatan) liniyada bo‘lmoq
Suhbat qurmoq, suhbatlashmoq
Tanya Pushkinening fikricha, qasamyoddagi “to hold” so‘zi juftliknning muhabbat va g‘o‘r yoshlikda bir –biri uchun yaralganligi to‘g‘risidagi ishonchni anglatadi.127 For better, for worse, For richer, for poorer, In sickness and in health (“yaxshi kunda ham, yomon kunda ham , boylikda va kambag‘allikda, xastalik va sog‘likda”) 128 so‘zlari esa er-xotin bir –birini jismoniy va ma’naviy jihatdan qo‘llab –quvvatlashini ifoda etadi.
In the presence of God I make this vow (“ Tangri guvohligda ont ichaman”) Yaratgan guvohligida ont ichib, ikki yosh nafaqat bir –birlari oldidagi, balki, muhabbat, hayot va jamiyat oldidagi mas’uliyatni ham o‘z bo‘yinlariga olishadi. Qasamyoddan so‘ng darhol kelin –kuyov bir- birlariga mangu muhabbat ramzi sifatida nikoh uzugini taqadilar.
Ingliz xalqida nikoh qasamyodi bir necha asrlar qanchalik muhim bo‘lgan bo‘lsa , bu an’ana bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Nikoh qasamyodi din bilan bog‘liq bo‘lib, 1549 –yilda Umumiy ibodatlar kitobida yozilgan.129 Biroq manbalarga ko‘ra, undan avval O‘rta asrlarda Angliya o‘tkaziladigan sarum marosimida qo‘llangan130. Umumiy ibodatlar kitobida yozilgan nikoh qasamyodining kattagina qismi bugungi kunda ham deyarli o‘zgarmagan, biroq, undagi obey – “bo‘ysunmoq” so‘zi 1928-yildan beri qo‘llanilmaydi.131 Bizning fikrimizcha , bu Angliyada er va xotin har sohada teng huquqli ekani bilan bog‘liq.