Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə18/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Throwing rice (Guruch sepish). To‘y kuni kelin – kuyov cherkovdan chiqishlarida – tashqarida ularning boshidan guruch sepiladi va shunday tilak qilinadi : “May your life abundance and wealthy”. Ma’nosi : “Hayotingiz mo‘l-ko‘l va farovon bo‘lsin”. Ingliz xalqida oq rangli guruch poklikni ifodalaydi. Guruch sepish farovonlik va barakali hayot uchun ramziy tilak bo‘lib, serfarzandlilikni ham ifodalaydi.132 Shuningdek ba’zi to‘y marosimlarida konfetti133 yoki gullar ham sochiladi. Biroq an’anaga ko‘ra agar kelin –kuyov mehmonlar tomonidan guruch sepib kutib olinsa, ramziy ma’noda ular o‘z oilalarini faqatgina soflik va go‘zal tole’ bilan boshlayotganliklari ifoda etiladi.134
Wedding cake (To‘y torti). Buyuk Britaniya nikoh to‘ylarida tort kesish an’anasi o‘ziga xos qadriyat bo‘lib, bu ikki yoshning er –xotin sifatida birgalikda qilingan ilk tanovvuli ramzidir.
To‘yni olib borayotgan suxandon: “So I’d like (bride) and … (groom) to walk around to the front of the bridal table to perform their first duty as husband and wife”- deb kelin va kuyovni davrada barchaga ko‘rinarli qilib yasatilgan stol yoniga taklif qiladi. O‘zbek tilida ma’nosi: “Shunday qilib … (kelin ) va …(kuyov) ni ularning er va xotin sifatidagi birinchi burchlarini bajarish uchun nikoh stoli qarshisiga kelishlarini so‘rayman”. Kelin –kuyov stolga yaqinlashar ekan, suxandon bu voqeani izohlab, odatda shunday deydi: hayotning fojealaridan biri shundaki, biz mana bu san’at asarini kesishimiz kerak, biroq agar biz uni yemasdan shundoq qoldirib ketsak yana-da kattaroq fojea bo‘ladi”.135 Romantik musiqa sadolari ostida kelin qo‘liga pichoqni oladi, kuyov esa o‘ng qo‘li bilan kelinning pichoq tutgan qo‘lining ustidan ushlab birgalikda tortni kesadilar. Bu ularning birgalikdagi hayotlarini ifodalaydi. Shuningdek,bu an’ana kuyovning rafiqasini qo‘llab –quvvatlashi, unga va o‘z kelajaklariga qayg‘urishini ham namoyon etadi. 136
Tortning katta pastki qavatidan ozroq kesiladi va kuyov kelinga o‘z qo‘li bir tilim tort yegizadi. Keyingi navbat kelinga: u ham kuyovga bir tilim tort yegizadi.
An’anaga ko‘ra, tortning eng yuqori kichik qismi kelin –kuyovning to‘ng‘ich farzandlari tug‘ilib, chaqaloqning cho‘qintirish marosimigacha olib qo‘yiladi.

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin