Famous names(Mashhur ismlar): Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2021 –yilning birinchi yarmida qizaloqlar uchun Lili, Amelia, Sofiya, Oliviya, Ava ismlari eng ko‘p qo‘yilgan. O‘g‘il bolalar uchun esa Muhammad, Nuh, Oliver, Teo va Jorj ismlari mashhur bo‘ldi.184 Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Angliyada qiz bolalarga qo‘yiladigan eng mashhur ism - bu Elizabetdir.185 Bu nom hech qachon o‘z jozibasini yo‘qotmagan va bugungi kunda ham ota –onalarning qizaloqlari uchun qo‘yadigan eng sevimli ismi hisoblanadi.
Birth Day ( Tug‘ilish kuni).Ingliz folklorshunosi Artur Raytning o‘zining “English folklore” ( “Ingliz folklori”) kitobida chaqaloqning dunyoga kelgan kuni uning kelajagidan muhim belgi ekanligi haqida yozadi va buning isboti sifatida quyidagi she’rni keltiradi:
Sunday's child is full of grace. Monday's child is full in the face. Tuesday's child is solemn and sad. Wednesday's child is merry and glad. Thursday’s child is inclined to thieving. Friday’s child is free in giving. Saturday’s child works hard for his living.186 O‘zbek tilida ma’nosi:
Yakshanba bolasi - nazokatga boy, Dushanba bolasi - chehrada boy. Seshanba bolasi – jiddiy va g‘amgin, Chorshanba bolasi xursand, shodumon. Payshanba bolasi – o‘g‘rilikka moyil. Juma bolasi- ochiqqo‘l, saxiy, Shanba bolasi tirikchilik-chun ter to‘kar qattiq. Bundan ko‘rinadiki, ingliz xalqida chaqaloqning kelajakda qanday inson bo‘lishi uning haftaning qaysi kunida tavallud topganiga ham bog‘liq ekan. Fikrimizcha, bunday tasavvur bu xalqning uzoq hayotiy tajribasi va avloddan avlodga o‘tib keluvchi afsonalari bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak, aks holda bunday tasavvur shu kungacha avlodlar ongida saqlanib, ingliz xalq og‘zaki ijodi sifatida qadrlanmas edi.
Lullaby( Alla).Ingliz tilida ham bir qancha alla qo‘shiqlari mavjud bo‘lib, ulardan bolani uxlatish uchun foydalaniladi. Albatta, barcha xalqlarda bo‘lgani kabi inglizlarda ham alla og‘izdan og‘izga o‘tib, sayqallanadi va turli variantlari paydo bo‘ladi. Allani har bir ona yangitdan yaratadi, chunki u ona qalbining tub- tubidan farzandi uchun otilib chiqadi. Shunday bo‘lsa-da, quyida ingliz xalqining mashhur allalaridan bir nechtasini keltirib o‘tamiz:
1.I see the moon, the moon sees me, God bless the moon and God bless me: There’s grace in the cottage and grace in the hall; And the grace of God is over us all.187 O‘zbek tilidagi ma’nosi:
Men oyni ko‘raman, oy meni ko‘radi, Xudo menga va oyga baraka bersin. Dachada inoyat va zalda inoyat bor;188 Xudoning marhamati esa barchamizning ustimizdadir. 2.Angels shall come And stand closely to keep Watch over you, little baby. Bye-bye to sleep, little baby.189 O‘zbek tilidagi ma’nosi:
Farishtalar keladi Hamda yaqin turadi Seni asrashga, jajji chaqaloq, Xayr , xayr uxlashga, jajji chaqaloq. 3.O little elves, her tiny body Like a white flake of snow it is, Drooping upon the pale green hood Of the chill snowdrop.190 O‘zbek tilidagi ma’nosi:
O jajji elflar, uning nozik jussasi Oppoq qor uchquni singari, Izg‘irin qor parchasining Och yashil qalpog‘iga egilar. Inglizcha allalarda bu xalqning e’tiqodi yaqqol namoyon bo‘ladi.Guvohi bo‘lganimizdek,yuqorida keltirilgan har bir allada Xudo, farishta, shuningdek, ingliz madaniyatidagi afsonaviy mavjudot – elf obrazlarini va ularning marhamati va himoyasiga bo‘lgan ishonchni ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida qayd etilgan ingliz xalqining chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq an’analari hamda ularni va ularga oid jarayonlarni ifodalovchi leksemalar bir necha yuz yillik tarixga ega bo‘lib , bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ular ingliz leksikonida bu tilning boyligini, rang –barangligini namoyon etadi hamda inglizlarning tasavvur va e’tiqodlari to‘g‘risida darak beradi. Shuningdek, ularning barchasining zamirida chaqaloqqa sog‘lik, baxt va farovonlik tilash singari ezgu istaklar mujassamdir.