Reja: Kirish. I onomastika haqida umumiy ma’lumot >II. Marosim nomlarining leksik- grammatik xususiyatlari


Kurs ishining obyekti va manbalari



Yüklə 51,9 Kb.
səhifə2/10
tarix22.09.2023
ölçüsü51,9 Kb.
#147193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dilnozaaaaa

Kurs ishining obyekti va manbalari. O`zbek tilida marosim nomlarining leksik-grammatik xususiyatlari tadqiqotning asosiy obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining asosiy maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi hozirgi O`zbek tilida marosim nomlarining leksik-grammatik xususiyatlari o`rganish va tadqiq etishdan iboratdir. Bunda quyidagi vazifalar hal etiladi:
1) O`zbek tilida marosim nomlarining leksik-grammatik xususiyatlari tadqiq etish;
2) O`zbek tilida marosim nomlarining leksik-grammatik xususiyatlari tavsif etish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishi materiallaridan o`quv qo`llanmalari yaratishda, o`quv mashg`ulotlari, seminarlarda foydalanish mumkin.
Ko‘rinadiki, o‘zbek nomshunosligining erishgan yutuqlari juda salmoqli, lekin bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, qator muammolar ham bor.

I.1. Onomastika haqida umumiy ma’lumot


Jahon onomastikasi ham, jumladan turkiy onomastika ham o‘z taraqqiyoti davomida quyidagi uch bosqichni bosib o‘tgan:
a) onomastik materialni oddiy qayd qilish davri yoki noilmiy davr. X1X asrgacha barcha fanlar singari onomastika fani ham qiyosiy-tarixiy metod shakllangunga qadar bo‘lgan davr xuddi shunday xususiyatga ega edi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning asarlarida joy nomlarini, kishi ismlarini oddiy qayd qilish hollari ko‘zga tashlanadi. Jumladan, “Devonu lug‘otit turk” bo‘yicha tuzilgan indeks-lug‘at materiallariga qaraganda, Mahmud Koshg‘ariy asarida Abu Bakr, Badruq, Barman, Barsg‘an, Tabdu, Tahmuras kabi kishi ismlari (antroponimlar), arab, alqa, aramut, afshar, og‘uz, bashg‘irt, basmil, barsman, tuxsi, tubut, tat, salg‘ur, rus, chumul, qarluq, uyg‘ur kabi xalq, urug‘, qabila nomlari (etnonimlar), Ertuch, Balu, Barman, Marv, Sulm, Talas, Tashkand, Udun, Qifchaq kabi shahar va qishloq nomlari (toponimlar), Ertish, Firat, Qaz suvi, Hind, Etil kabi dengiz, ko‘l, daryo, soy nomlari (gidronimlar), Eran tuz, Baqir soqum, Yikar kabi planeta, yulduz va fasl nomlari (kosmonimlar) singari onomastik birliklar qo‘llangan22.
Xuddi shunday boy onomastik material Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarida ham qo‘llangan. Masalan, B.Bafoev va SH.YOqubovning kuzatishlari shuni ko‘rsatadiki, Alisher Navoiy asarlarida ikki mingdan ortiq onomastik birliklar qo‘llangan. “Boburnoma”da 1406 ta kishi ismi (antroponim), 1100 dan ortiq joy nomi (toponim), 277 ta qavm-qabila va nasl-nasab nomi (etnonim), 414 ta hayvon va o‘simliklar nomi, 40 ta kitob va risola nomi (biblionim) tilga olingan. M.Turdibekovning hisob-kitoblariga qaraganda, Abulg‘ozi Bahodirxonning “SHajarayi turk” asarida 1357 ta atoqli ot mavjud. SHulardan 880 tasi antroponimlar, 286 tasi toponimlar, 118 tasi etnonimlar, 51 tasi gidronimlar, 22 tasi esa oronimlardir. Umuman, o‘zbek tarixiy onomastikasi sohasida o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan muammolar ham anchagina bor;
b) onomastikasining fan sifatida shakllanish davri. Bu fanning ildizlari Evropa va rus tilshunosligida X1X asr oxiri va XX asr boshlarida paydo bo‘lgan. A.X.Vostokov, A.I.Sobolevskiy, A.A.SHaxmatov, M.Fasmer, S.K.Kuznetsov, P.L.Mashtakova kabi olimlarning asarlarida rus tilidagi onomastik materialni to‘plash va tahlil qilish haqidagi dastlabki ma’lumotlar keltirilgan edi;
v) ilmiy yoki sof onomastik davr. Bu davr XX asrning 20-yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Bu davrda onomastik material tilning leksik, fonetik, morfologik va boshqa sath birliklari singari alohida to‘planib, xilma-xil yo‘nalishlarda tadqiq etiladigan bo‘ldi. Lekin tilning onomastik materiali ko‘pincha leksik material tarkibida tahlil qilindi. Geografik nomlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar, tarixchilar va geograflarning o‘zaro bahslari, muloqotlari tufayli toponimika alohida, mustaqil fan sifatida talqin etildi. Masalan, taniqli toponimist olim E.M.Murzaev toponimikani lingvistik, tarixiy va geografik tahlil metodlaridan foydalanuvchi mustaqil fan deb hisoblaydi. Taniqli tilshunos olim B.V.Gornungning fikricha, atoqli otlar har bir til lug‘at sostavining tarkibiy qismi sanaladi hamda tilshunoslik sohalaridan biri bo‘lgan leksikologiyaning o‘rganish ob’ektidir. Shu sababli tilshunoslarni toponimlarni til materiali sifatida o‘rganishdan mahrum etish, cheklash mumkin emas. SHu bilan birga toponimik materialning xususiyatlarini o‘rganishga tarixchining ham, geografning ham, etnografning ham haqqi bor.
Hozirgi zamon nomshunosligi materialistik dialektikaning qonun va kategoriyalariga tayanib ish ko‘radi hamda onomastik material tahlilida quyidagi metodlardan foydalanib ish ko‘radi: tasviriy metod, tarixiy metod, qiyosiy-chog‘ishtirma metod, areal metod, semiotik metod, stilistik metod, lingvopsixologik metod, statistik metod kabilar. Ba’zan onomastik materialni o‘rganishda bu metodlarning bir nechtasidan birdaniga foydalaniladi. Quyida ana shu metodlarning ayrimlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Yüklə 51,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin