Reja. Kirish. I. O’quvchilarda kreativ faollikni shakllantirishning mazmun va mohiyati. 1.1 O'quvchilarda kreativlikni shakllantirish mazmuni va usullari.
1.2 O‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda o’qituvchi omili.
II. O’quvchilarning kreativ faolligini shakllantirishning pedagogik-psxologik xususiyatlari. 2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ salohiyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlari.
2.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish omillari.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. Dolzarbligi: Kreativlik (lot, ing. “create ” -yaratish, “creative” - yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsda kreativlik (Ijodkorlik) sifatlarini rivojlantirish tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Bu borada mutaffakir Abu Ali ibn Sino qarashlarida ham kretavlikni talqin etishmiz mumkin. Uning qarashlarida o‘qituvchi o ‘z o‘quvchilaming mayl, intilish, faolligi, qobliyati, iste’dodi va layoqatini aniqlamasdan turib, uni ijodiy fikrlashga yo‘naltira olmaydi degan.
Mutaffakir Jalolidin Davoniy Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarda aqliy qobiliyat va aqliy iste’dodni tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli, ijodkor bo‘lishi va bilimlami tez eslab qolishi, ulami anglab yetish lozimligini ta’kidlagan.
Mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur qarashlarida ham kreativlikni ko‘rishmiz mumkin: U inson shaxsining taraqqiy ettirishning asosiy yo‘llaridan biri deb muammoli vaziyatni, ijodkorlikni tushunadi va undan o‘z faoliyatida unumli foydalangan.
O‘zbekiston istiqlolga erishgach “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko’nikmalriga, ijodiy va ijtimoiy faollikka,mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo’lgan istiqlol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodni shakllantirish, shuningdek. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi sa’y harakatlaridan biri – bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, ko‘nikma, malaka va madaniyatga ega bo‘lishlarini talab etmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ta’lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiyatni va davlatni rivojlantirishga ta’siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kreativ faolliklarini shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoj vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit xulosaga kelinmaganligi ushbu mavzu dolzarbligining yana bir ko‘rinshi hisoblanadi. Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko‘plab G‘arb mamlakatlarida hamda Rossiya davlatlarida turlicha tahlil.
Ayniqsa boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim turidan biri bo‘lib, ta`limning bu bosqichida pedagog- o‘qituvchilarga katta ma’suliyat yuklatiladi. Ya’ni boshlang`ich sinf o‘quvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus o‘rganishni talab etmoqda.
Hozirgi globallashuv davriga kelib O‘zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshlandi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog`i sifatida shakllana boshlagan “Innovatsion pedagogika”da ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. J.G`.Yo‘ldoshev, R.A.Mavlonova singari ko‘plab pedagoglar ishining maqsadi “kreativlik” tushunchasini ilmiy- pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish, uning boshlang`ich sinf o‘quvchilari faoliyatida namoyon bo‘lish jihatlarini tahlil etishdan iboratdir.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni murakkab, mujassamlashgan pedagogik hodisadir. Shundan kelib chiqqan holda, kerativ faollik ham intellektual, ham individual yo‘nalishlarga ega O‘tgan asrning ikkinchi yarmigacha shaxsning kreativligi intellektualligi bilan bir xil darajada baholangan. Kreativlik o‘zining tabiatiga ko‘ra, intellektdan tubdan farq qilishi nazariy jihatdan asoslangach, bu sohadagi tadqiqotlar va tajribalarning ko‘lami kengaydi. Turli olimlar tomonidan kreativlik va kreativ faollik tushunchasiga turlicha yondashilgan. Bu yondashuvlarning asosini kreativ faollik natijasida vujudga keladigan mahsulot yoki muayyan muammoning yechimi tashkil qiladi.1