Reja. Kirish. I. O’quvchilarda kreativ faollikni shakllantirishning mazmun va mohiyati


II. O’quvchilarning kreativ faolligini shakllantirishning pedagogik-psxologik xususiyatlari



Yüklə 50,49 Kb.
səhifə4/6
tarix17.11.2022
ölçüsü50,49 Kb.
#69611
1   2   3   4   5   6
Reja. Kirish. I. O’quvchilarda kreativ faollikni shakllantirishn

II. O’quvchilarning kreativ faolligini shakllantirishning pedagogik-psxologik xususiyatlari.
2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ salohiyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlari.
O`zbekiston taraqqiyotining ma`naviy-axloqiy va kasbiy asoslari to`g`risida fikr yuritib, istiqlol sharoitida o`quvchilarning bilim asoslarini puxta egallashlari bilan birga mustaqil va kreativ fikrga ega bo`lgan, g`oyaviy, mafkuraviy jihatdan chiniqqan, kasbiy mahoratini mustaqil vatanimizning ravnaqi yo`lida fidokorona safarbar eta oladigan ruhda tarbiyalash lozimligini dolzarb vazifa qilib qo`yilgan.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi o`sha jamiyat fuqarolarining ma`naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga bog`liq. Shunday ekan, ma`naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to`laqonli shakllanmagan shaxsda o`z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish tuyg`usi sayoz bo`ladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini vatanparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo`ylik, xalqsevarlikka o`rgatish lozimdir. Aslini olganda, axloq ma`naviyatning o`zagi hisoblanadi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq boshlang`ich sinf o`quvchilarining yurishturishida, o`zini tutishida, insonlar bilan muomala madaniyatida namoyon bo`ladi. Axloq-bu avvalo insof va adolat tuyg`usi, iymon, halollik, mehr-oqibat, bag`rikenglik, mehnatsevarlik, rahmdillik, samimiylik, sahiylik, shirinso`zlik ekanligini alohida uqtirib o`tish lozimdir. Agar boshlang`ich sinf o`quvchisi o`quvbiluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, o`qituvchi tomonidan qo`yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. O`quvchining majburiyati qiziqish asosida bo`lmay, balki majburiy, sun`iy va lozim bo`lsa tazyiq ostida sodir bo`ladi. O`quvchi darslik mazmunidagi mavzularni shunchaki ko`r-ko`rona “o`rganish”ga yoki ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo`ladi. “O`qituvchio`quvchi” va “Tarbiyachi-tarbiyalanuvchi” munosabati “subyekt-subyekt” munosabatlar darajasiga ko`tarilmas ekan, o`quvchida tarbiya jarayoniga va bilim, ko`nikma, malakalarini egallashga nisbatan befarqlik vujudga keladi. Barchamizga ayon bo`lishi kerakki,qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o`zibo`larchilikka tashlab qo`yilsa, o`sha yerda ma`naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha-qayerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo`lsa, o`sha yerda ma`naviyat qudratli kuchga aylanadi.4 O`sib va rivojlanib boruvchi inson ta`lim va tarbiya obyekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom
etaveradi. Bu jarayonda u turli o`zgarishlarni, jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o`zgarishlarni o`z boshidan kechirib boradi.
O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi say harakatlarining biri – bu o`quvchilarning zamon talablariga xamnafas tarzda ta`lim olishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxs bo`lib yetishishida chuqur bilim egallashlarini talab etmoqda. Bu esa o`z navbatida o`quvchilarning kreativlik salohiyatini shakllanishiga turtki bo`ladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida to`rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli-xarakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga nazar tashlasak har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelish mumkin: virtual reallik, to`rtburchak tarvuzlar, elektron xizmatlar, tuproqsiz hosil olish... bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsulidir. Odatiy bo`lib tuyulgan kitob, musiqa, samolyot va hattoki lampalar ham qachonlardir orzu va tasavvurda bo`lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi natijasida yaratilgan. Bu esa o`z-o`zidan ta`lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiatni va davlatni rivojlantirishga ta`siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o`rganishni talab etmoqda. Ayniqsa umumta`lim maktablarida o`quvchilarning kreativligini rivojlantirishga bo`lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativlik yo`naltirilganligini quyidagi pedagogik shart-sharoitlar asosida shakllantirish mumkin, agarda:

  • boshlang`ich sinf o`quvchilarining tug`ma istedodi gavdalansa;

________________
4 Karimov I. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. Ma’naviyat-2008



  • dunyoda va yurtimizda ro`y berayotgan yangiliklardan boxabar bo`lib borsa va ularni kundalik hayoti faoliyatida qo`llab borsa;

  • mavjud psixologik to`siqlarni yengib o`ta olsa;

  • o`quvchilarning kreativ salohiyati o`qituvchilar tomonidan e`tiborga olinsa va qo`llab-quvvatlansa.

Kreativlik - bu shaxsning individual xususiyati bo`lib, madaniy vositalarni shaxsiy tushunchalaridan kelib chiqqan holda qo`llashi va rivojlantirishidir. Kreativlik psixologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan va bugungi kunda pedagogik nuqtayi nazaridan tadqiq etishni talab etayotgan muhim pedagogik muammodir. Kreativlik-bu o`quvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi. Kreativlik o`quvchilarning shaxsiy sifatlarining integratsiyasidir. Chunki o`quvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo`lmas ekan, bunday o`quvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi. Turli xil muammoni o`quvchining o`zi mustaqil holatda bajarish jarayonida uchragan muammolarni yengishda o`quvchining kreativlik salohiyati shakllanadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Kreativ salohiyat tushunchasi murakkab va serqirradir.
Kreativlik-o`quvchilarda o`z-o`zidan paydo bo`ladigan sifat emas, u o`quvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o`zlashtirishi va o`zining kundalik faoliyatida qo`llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o`z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olishi bilan bog`liqdir. O`quvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo`nalishlar va «Men» kontseptsiya» laridan kelib chiqadi. Ta`lim olish kengligida kreativlikni rivojlantirishning asosiy pragmatik tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. Shaxsning kreativligini psixolog olimlar o`quvchilarning insho yozishlari jarayonida tahlil etishga harakat qilishgan. Hamda quyidagi ishlar amalga oshirilgan. Yosh avlodni bilimli, har tomonlama rivojlangan, komil shaxs sifatida shakllantirishda o`qituvchilarning ijodkorligi, o`z sohasi bo`yicha bilimlarini doimo oshirib borishi, so`nggi yangiliklarni o`zining pedagogik faoliyatida qo`llay olishlari, bir so`z bilan aytganda ularning kreativlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kreativlik ayniqsa O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi strategik yo`lida juda ham muhimdir. Kreativ salohiyat ijod bilan bog`liq holda o`rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog`liq holda tahlil etiladi. Ijodning psixologik asoslari sifatida quyidagi elementlar qabul qilangan.
Bular:

  1. Qabul qilish.

  2. Xohish va istak.

  3. Tasavvur qilish.

  4. O`z-o`zini kuzatish.

Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o`rinni egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish quyidagi elementlar belgilanishi e`tirof etgan.
Bular:

  1. Aqliy mehnat.

  2. Intuitsiya.

  3. Dunyoqarash

Buyuk olim V.A.Slastyonin ijodkorlikning asosiy xislatlarini quyidagicha belgilagan:

  • shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi.

  • qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o`z kamolotiga intilish

  • kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o`z kamolotiga intilish;

  • ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o`zaro yordam berish qobiliyati;

Kreativ salohiyatga ega o`quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan, o`zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga kreativ va mustaqil yondashadilar. Shu kreativ salohiyat jamiyat a`zolari bilan muomalada bo`lishi, munosabat o`rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlardan biridir. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini kreativ salohiyatini takomillashtirishda uning psixologik holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, insonning ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda o`z o`rnini topa olishi, uning vatan, xalqning ravnaqi yo`lida og`ishmay, e`tiqod bilan xizmat qilishi, iymonli bo`lishi insonni shaxs darajasiga ko`taradi. Bunday sifatlarning ro`yobga chiqishi tarbiyaga bog`liq bo`ladi. Boshlang`ich sinf o`quvchisining kreativ salohiyatini takomillashtirish mobaynidauning o`sishi, qandaydir yangi xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida o`zini-o`zi nazorat qilish, materialni takrorlashda tekshirish, eska tushirish, mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar boshlang`ich sinf o`quvchilariga eslab qolish va eslash usullari o`rgatilmasa, ular materialni bevosita takrorlashda, uzoq vaqt to`xtalib qoladilar. Shuning uchun ham eslash qiyin mehnat hisoblanadi. Lekin o`quvchilar materialni eslashni xush ko`rmaydilar va uni osongina tiklash yo`lini tushunmaydilar. Materialni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va eslash usullarini o`rgatish mantiqiy xotira o`sishining garovidir. O`quvchilar xotirasiga tayanib ko`p narsani eslab qolsa, undagi bilishga bo`lgan qiziqishi yanada kuchayadi. Dars jarayonida mavzuni yaxshi tushunish uchun ma`suliyat bilan yondashadi.
Masalan, 2-sinf o`qish darsida darslikdagi A.Obidjonni “O`zbekistonim” sh`erini o`quvchi mustaqil yod olib sinfda aytib bersa, bunday holatda o`quvchida o`ziga bo`lgan ishonch yuqori bo`ladi. Fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. Qolaversa ma`suliyat sari harakat qiladi. Yana ham ko`p narsalarni bilishga intiladi. Shu bilan birgalikda, biror ma`lumotni eslab qolishda hayol surish orqali amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir. Boshlang`ich sinf o`quvchisining hayoli o`z o`quv faoliyatining ta`siri, talabi, imkoniyat va shart-sharoitlari orqali tarkib topadi. O`quvchining hayoli tevarak – atrof taassurotlari, dunyo ajoyibotlari, ko`rsatmalilik, tasviriy san`at asarlarini yetarli darajada aks ettirish bilan vujudga keladi. Ta`lim jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining yorqin, aniq, tiniq, yaqqol tasavvur obrazlari hayol yordamida muayyan voqealikka aylanadi. O`rganilayotgan fan materiallari eshitilgan va o`qilgan badiiy asarlardagi obrazlar tartibga solinadi, yaxlit bir butunlikdan iborat umumlashgan obrazlar tizimi yaratiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari hayolning xususiyatlaridan yana bir hayotiy voqelik bilan fantaziyaning o`zaro aralashib ketishidir. O`quvchilar xayolparastlikka, fantaziyaga berilishining oldini olishga pedagoglar, umuman kattalar doimo ahamiyat berishlari kerak. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ta`lim jarayonida anchagina ilmiy tushunchalarni o`zlashtirsalarda, oldingi darslarda o`zlashtirilgan turli alomatlar, belgilar, xususiyatlarni qorishtirib, chalkashtirib ham yuboradilar. Chunki ularda tushunchalar tarkibiga kiradigan narsa va xodisalar bilan ularning belgilari o`rtasida uzviy bog`lanish tarkib topmagan bo`ladi. 1-4-sinf o`quvchilari, ya`ni boshlang`ich ta`lim davri kiradi. Bu davrda bolalarda:

  • boshlang`ich sinf davrdagi bola o`quvchi maqomi darajasiga yetadi, - barcha tana a`zolari rivojlanish bosqichida bo`lib, lekin suyaklari hali to`liq qotib ulgurmagan bo`ladi,

  • psixologik qo`zg`olish va tormozlanishi tez o`zgaruvchan bo`ladi,

  • o`yin faoliyatidan ko`proq o`qish faoliyatiga o`tishi talab etiladi,

  • maktabga borishga doir psixologik yo`nalish olish ishlari amalga oshiriladi, Shuningdek, endigina maktabga qadam qo`ygan bola quyidagi turlardagi qiyinchiliklarga duch keladi:

  • maktabga borishi bilan bolaning shuningdek, endigina maktabga qadam qo`ygan bola quyidagi turlardagi qiyinchiliklarga duch keladi:

  • maktabga borishi bilan bolaning kun tartibida o`zgarishlar bo`ladi,

  • o`qituvchilar bilan tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan muloqatda bo`lishi, - egallagan bilimlarini amalda qo`llashi va h.k.

Boshlang`ich sinfda o`qiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari – o`qishda, sportda bolalar orasidagi nufuzi va obro’si katta ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, aynan bu davrda o`quvchiga e`tiborli bo`lish, oltin so`zlar (barakalla, ota-onanga rahmat, tashakkur, senga ishonaman….) bilan rag`batlantirish, jamoa orasida ijobiy baholash, kayfiyatini ko`tarish orqali o`quvchilarni ijodiy salohiyatini yuksaltirish mumkin.




  1. Yüklə 50,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin