_________________ 1Academic research in educational sciences volume 1 | issue 3 | 2020
Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga asoslangani kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari umumiylashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen” deganda “sanʼat, adabiyot, tarix yoki astronomiya kabi ilmning har qanday muayyan sohasi” yoki “muayyan ilm sohasi asosida yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi” tushuniladi.
Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning quyidagi domenlari sanab
o’tilgan: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va sanʼatga oid sohalar. Ijodiy faoliyat “sanʼatkorlik” va “ilmiy’ sohalariga ajratilgan. Ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal, sanʼatkorlik va muammoni hal qilish. Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib turadi. Har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismi sanab o’tiladi:
sohaga bogʻliq qobiliyatlar;
kreativlikka bogʻliq jarayonlar;
vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
mos, qulay sharoit.
1.2 O‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda o’qituvchi omili.
Hozirda O‘zbekiston yoshlari kreativ (ijodiy) bo‘lishga intilishadi, inson
faoliyatining turli sohalarida yangi g‘oyalarni yaratmoqda. Mavjud muammolarni
noan’anaviy va sifatli hal qilinishi jamiyatning o‘sishi, rivojlanish sur’atini
tezlashtirishiga olib keladi.
Kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami
o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson
ontogenezi - tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
Kreativlik (ing. “create”- yaratish, ijodkor) - shaxs yangi g‘oyalarni ishlab
chiqishga tayyorgarligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma’nosini ifodalaydi. Kreativlik hayotimizning
istalgan sohasida namoyon bo‘ladi. Bu har bir shaxsning rivojlanishida muhimdir.
Usiz yangi mahsulotni yaratish, noyob martaba va orzularingizni haqiqatga
aylantirishning iloji yo‘q.
Har qanday mutaxassis kreativlik qobilyatiga ega bo‘lishlari uchun o‘quvchilik yillarida poydevor qo‘yiladi. O‘rta ta’lim tizimida o‘qish faoliyatida bo‘lgan o‘quvchilar kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari uchun ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarida an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalar haqida fikr yuritishi, o‘ziga xoslik , tashabbuskorlik talab etiladi. Ko‘pincha kreativlik va daho tushunchalari bir biriga sinonim hisoblanadi. Aksariyat hollarda, bu haqiqat…
2022- yil ilk marotaba Xalqaro PISA dasturida o‘quvchilarning kreativ fikrlash
ko‘nikmalari baholanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash iborasi o‘quvchilarning
tasavvurlarini ifodalash, bilim olishni rag’batlantiruvchi, orginal va samarali yechim topishga yonaltiruvchi g‘oyalarni shakllantirish, baholash va takomillashtirishda faol ishtirok etish kompetensiyasi sifatida ta’riflangan.
Kreativ tushunchalar va yondashuvlar dunyoning turli mintaqalarida insoniyat madaniyatining ravnaq topishiga matematika, tabiiy, falsafa, san’at va gumanitar fanlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bular bilim va tajribaga asoslangan haqiqiy kompetensiya hisoblanib, insonlarning keskin va murakkab vaziyatlarda kutilgan natijalarga erishishlariga imkon beradi. Dunyo miqyosidagi tashkilotlar va jamiyatlar innovatsion g‘oyalar va kreativ fikrlashga nisbatan umumiy tashabbuskorlik deb qarab, yuzaga kelayotgan murakkabliklarni yengishda innovatsion g‘oyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashga e’tibor qaratmoqda.
Kreativ fikrlashda ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo’lgan kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat. Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning dunyoqarashlarini shakllanishi va rivojlanishi uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi. Kreativ fikrlashni o‘rgatish bugungi kun o‘quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi. O‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini rivojlantirishning ahamiyati mehnat bozori talabiga ko‘ra ortib bormoqda. Maktablar o‘quvchilarni o‘z qobiliyatlarini kashf etishlariga, rivojlantirishlariga va aniqlashlariga shu bilan bir qatorda, kreativ qobiliyatlarini namoyon etishlarida muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilarni o‘zlari yashayotgan jamiyatning ajralmas qismi ekanligini va
jamiyatning rivoji uchun o‘zlarining muhim hissalarini qo‘shishlari mumkinligi va
buni his etishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Kreativ fikrlash o‘quvchilarning tajribalar, hodisalar hamda vaziyatlarni yangicha va mazmunli tarzda talqin etishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning bilim olishlariga ko‘maklashadi.
O‘quvchining maktabdagi o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va rag‘batini oshirish
uchun barcha o‘quvchilarning ijodkorlikka oid imkoniyatlarini hamda qirralarini ochib bera oladigan yangi uslubdagi o‘rganish shakllari rivojlantirilishi lozim. Bunday rivojlanish uslublari maktabda ta’lim olishga qiziqishlari sust bo‘lgan o‘quvchilarga yordam berib, ularga o‘z fikrlarini ifodalash va oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga imkon beradi. O‘qituvchilar kreativ fikrlash qanday aniqlanishini, uni yuzaga keltiradigan vaziyatlarni hamda o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning eng samarali usullari nimalardan iborat ekanini tushunishlari kerak. Kreativ fikrlash qobiliyati qanday rivojlantirilishini yaxshi tushunish, o‘qituvchilarga o‘zlari o‘rganishlari jarayonida ijodiy fikrlarni “yuzaga chiqarishlariga” imkon berishi mumkin.
Kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quvchi o‘zini erkin seza oladigan o‘z fikrlari, g‘oylari bilan bo‘lisha oladigan muhit yaratishi lozim. O‘quvchilar ongida yuz berayotgan jarayonning faollashtirish uchun o‘rnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetka chiqib, turli savollarga javob berishda erkin harakar
qilishlari kerak. O‘qituvchi o‘quvchilardagi kreativlikni noodatiy g‘oyalarni o‘rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag‘batlantirish orqali qo‘llab quvatlaydi. O‘qituvchining o‘quvchilar berayotgan kreativ g‘oyalariga nisbatan to‘g‘ri munosabati ularning mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning barchasi o‘qituvchi o‘quvchi munosabatining muhim qismi bo‘lib o‘quvchilar muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
O‘quvchilarda kreativlikni shakllantirish uchun o‘quvchilarni qiziqarli,
murakkab vazifalar, aniq maqsad va vaqt bilan ta’minlash;
-o‘quvchilarga kreativlik muvozanatsiz hissini yuzaga keltirishni anglatish,
bezovtalik va qo‘rquv hissidan halos bo‘lishga yordam berish, kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini boshqa ko‘nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish hamda yo‘l yoriq ko‘rsatish;
-o‘quvchilarni suhbat orqali rag‘batlantirish, konstruktiv sharxlar bilan
ta‘minlash, yangi ko‘rsatmalar bilan tanishtirib borish;
-o‘quvchilar o‘zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari, guruhlarda ishlay olishlari, xissiy jihatdan ijobiy fikrlarga ega bo‘lishlari uchun poydevor bo‘ladigan muhitni yaratish jarayonida o‘qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e’tibor qaratishlari lozim. O‘quvchilarda kreariv ko’nikmalarni rivojlantirishda quyidagilarni hulosa qilamiz:
birinchidan, pedagoglar o‘quv manbalarini yaratishga nisbatan kreativ
yondashib, o‘quvchilarni umumiy rivojlanishi hamda kasbiy shakllanishiga e’tibor qaratish;
ikkinchidan, tayyorlangan o‘qiv materiallarini g‘oyaviy, ilmiylik, vezuallik,
tizimlilik, o‘quv axborotining izchil bayon etilishi, o‘quv axborotlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligikni inobatga olish;
uchinchidan, topshiriqlar o‘quvchilar yosh xususiyatiga mosligi, amaliy
ahamiyatga egaligi, aniq maqsadga yonaltirilganligi hamda o‘quvchilarnining extiyojlari va qiziqishlariga muvofiq tayyorlanishi;
to‘rtinchidan, kreativlik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi metod, vosita va
texnologiyalarni maqsadli, izchil qo‘llanilishi, shuningdek, pedagogik faoliyatni
tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish;
bechinchidan, o‘quvchining krearivlik qobilyatlari rag‘batlantirilsa va o‘quvchi
tomonidan samimiy muhit o‘quvchilarni juftlikda, kichik guruhlarda faol ishlashlari uchun sharoit yaratilsa, mustaqil, ijodiy, tanqidiy kreativ fikrlash qobilyatlari rivojlanadi.
Bugungi kunda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olish bo‘lgan talabini qondirish, ta’lim tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida bir qator yangilik va o‘zgarishlar ta’lim tizimiga kirib kelmoqda. Ta’limda ilg‘or yondashuvlarning qaror toptirilishi, xalqaro tadqiqotlarning yurtimizga kirib kelishi pedagog kadrlarga bir muncha zalvorli mas’uliyatni yuklamoqda. Hozirgi davrda dars jarayonida o‘qitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi an’analarni saqlab qolgan va boyitgan holda o‘qituvchining ijodiy faolligini oshirishga bo‘lgan talab kuchayganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarurbo‘lgan kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat. Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning rivojlanishlari uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi. Bu ularga globallashuv sharoitida jadallik bilan o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va raqamlash ilgari surilgan hamda XXI asr ko‘nikmalariga ega moslashuvchan kishilarni talab qiladigan dunyoga moslashishga yordam beradi. Kreativ fikrlashni
o‘rgatish bugungi kun o‘quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga
imkon beradi.
Shuningdek, PISA xalqaro tadqiqot dasturida o’quvchilarning aynan ijodiy (kreativ) fikrlashi baholanadi. Tadqiqotda kreativ fikrlash termini yosh avlodning yaratuvchanlik kompetensiyasi bilan ishlash, bilim olishni rag‘batlantiruvchi hamda haqiqiy va samarali yechim topishga yo‘naltiruvchi g‘oyalarni shakllantirish bilimda yoki ta'sirli tasavvur ifodalarida yuksalish sifatida izohlangan. Kreativ fikrlashga berilgan bunday izoh kreativ fikrlash yo‘nalishidagi strategik maslahatchi ekspertlar guruhi tomonidan berilgan ta’rifga mos tushadi. Bu ta’limning barcha turlarida va barcha fan sohalarida tahsil oluvchi o‘quvchilarning g‘oyalar yaratish jarayonida qay darajada ishtirok etishi,
g‘oyalarning ahamiyati va yangiligini inobatga olib, ularga nisbatan o‘z munosabatlarini qay tartibda bildirishini vao‘zlari kutgan natijaga erishmagunga qadar g‘oyalarni yaratishda davom etishini nazarda tutadi. Shuningdek, bu fanlararo mutaxassislar rahbarligi va ijodga oid adabiyotlarni har tomonlama
ko‘rib chiqish orqali ma’lum qilingan.2 O’quvchilarda kreativ fikrlashni tarkib toptirishdan avval bu qobiliyatni ularda shakllantiruvchi pedagog-xodimlarda bu sifat bo’lmog’i lozimligi kunday ravshan bo’lib qoladi.
_________________
2 Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshi rish milliy
markazi. Kreativ fikrlashni baholash (2021) UO‘К 37.014.6:001 КBК 74.00 Т 12
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va
talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Balki o‘quv
mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. Olimlarning fikricha o‘quv mashg‘lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi.
Xo’sh, kreativlik nima? Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatdir. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasisifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilabberadi, talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala
yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
O‘qituvchining ijodkorligi u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Jumladan, ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash, ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish va hok. Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagog kreativlik potensialiga ega
bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatidaquyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur: har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlikqobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun o’quvchilik yillarida poydevor qo‘yiladi va izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishgaalohida e’tibor qaratishi zarur.3 _______________
3 Muslimov N.A. va boshqalar. “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” moduli bo‘yicha o‘quv–uslubiy majmua. Toshkent. 2019