Reja. Kirish. I. O’quvchilarda kreativ faollikni shakllantirishn
2.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish omillari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o’quvchi yoshlarni zamon talablariga muvofiq yangicha ishlash va fikrlashga; izlanish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikka chaqirmoqda. SHu sababli ta’lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, uni real hayotga yaqinlashtirish, shuningdek, yoshlarda intellektual-ijodiy rivojlanish; ijtimoiy-kommunikativ qobiliyatni o’stirish lozimdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining so’nggi yillarda qabul qilingan qator qarorlari va farmonlarida ham ushbu g’oya yetakchi o’rinni egallaydi. O’quvchilar intellektual-ijodiy - kreativ faoliyati katta ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo’lib, u barkamol avlodning bazaviy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishning omilidir. Zero, intellektual-ijodiy rivojlanish "shaxs"ning ma’naviy sohasi bilan bog’liq.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish omillarini ta’sirini baholash, kreativlikka asoslangan ta’limiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirish, kreativlikka asoslangan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish zarurati tug’ilmoqda. Boshlang’ich ta’limga bunday yondashuv shaxsga yo’naltirilgan ta’lim strategiyasi talablariga mos ravishda hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik va gender xususiyatlarini aniqlashtirish dolzarblik kasb etadi.
Mamlakatimizda umumta’lim sifatini oshirish, o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdagi keng qamrovli islohotlar natijasida boshlang’ich ta’limda sifatli ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish, shiddat bilan o’zgarib borayotgan globallashuv sharoitida o’quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishni ta’minlovchi imkoniyatlar salmog’i kengaydi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab quvvatlash va ro’yobga chiqarishga sharoitlar yaratish” kabi vazifalar belgilab berildi. Bu borada boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning komponentlari va omillarini aniqlashtirish, kreativ faollikni ta’minlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishni taqozo etadi.
SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. SHuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. SHuningdek kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi. Mazkur tushunchani ko’plab nuqtai nazarlarga asoslangan. Falsafada kreativlik deganda “biror yangi narsani yaratish yoki qandaydir usullar asosida yangilikni amalga oshirish: muammoni hal etishning yangi yechimlari, yangi metod yoki vosita, yangi san’at asari”. Psixologik nuqtai nazardan kreativlik ko’proq ijodga umumiy qobiliyatlilik bilan aloqadorliklikda talqin qilinadi. Hozirda mazkur atama asl yechimlarni izlab topish, nostandart harakatlarni amalga oshirishga tayyorlik ma’nosini ifoda etadi. Psixologiyada kreativlik deganda “yangi g’oya, yechim, metodlar, nazariyalar yoki qandaydir faoliyatning yangi mahsulini ishlab chiqish” tushuniladi.
Z.Nishonova o’quvchilarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirish nuqtai nazaridan kreativlikni divergent va konvergent tafakkur bilan bog’liqlikda talqin etgan. A.Xolodnaev ham kreativlik deganda “insonning produktiv fikrlash va erkin tarzda ko’plab qiziqarli g’oyalarni ilgari surishiga tayyorligini belgilab beruvchi divergent fikrlash”ni tushunadi. D.B.Bogoyavlenskaya kreativlikni “jadal aqliy faoliyatga sinonim sifatida intellektual faollik” bilan bog’liqlikda talqin qilgan.Xorij olimlaridan P.Torrens fikricha, kreativlik: muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi. Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan, kreativlik tushunchasi quyidagicha izohlanadi: “kreativlik – shaxs va jamiyat qiziqishlari bilan bog’liqlikda o’zgaruvchan ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar doirasigataalluqli vazifalarni hal etishda insonning konstruktiv va original fikrlashga tayyorligidir”.
Kreativlik o’z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko’ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.
Kreativ pedagogika yoki kreativlikka asoslangan pedagogika deganda istalgan o’quv fani doirasida qo’llash mumkin bo’lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik bilimlar sohasi tushuniladi. Demak yuqoridagi fikrga tayangan holda “boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish” deganda “o’quvchilarni turli o’quv topshiriqlarini bajarishi, vaziyatlarni hal etishda noodatiy yondashuvni tarkib toptirish, yangi g’oya va nuqtai nazarlarni erkin ifoda etish, fikrning egiluvchanligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon” degan xulosaga kelish mumkin.5 Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning kreativ faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlar bilan bog’liq ko’nikmalar majmui sifatida namoyon bo’ladi. Kreativlik o’z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko’ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi. SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi. Ko’rinib turibdiki, kreativlik bevosita shaxsning individual psixologik xususiyatlari bilan bog’liq jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt-intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni ta’sirida kechadi. O’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o’zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o’zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o’qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi.
Bunda quyidagi pedagogik shartsharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi: ______________
5 Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxs xislatlari Xalq ta’limi.- Toshkent, 2001
o’quvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;
O’quvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g’oyalarni bag’rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag’batlantirish;
O’quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;
O’quvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;
Ta’lim jarayonida kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo’lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg’ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq qilish lozim. SHu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: boshlang’ich sinf o’quvchilarning kreativ faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:
O’quvchilar kreativ faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash.
O’qituvchi va o’quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish.
Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
O’quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega: ma’lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish; tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo’naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish; keyslar bilan ishlash; guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish; o’quv loyihalarini tayyorlash; portfoliolarni shakllantirish; darsdan keyingi va to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish.
Xulosa Xulosa qilib aytganda: kreativ salohiyat deganda o`quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan, o`zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar degan fikr yetakchilik qiladi. Kreativlik xususida gap borar ekan, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, ҳis-tuyg`ularida, xatti-xarakatida muayyan faoliyat turlarida namoyon bo`ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorlikning muhim omili sifatida ham aks etadi. CHunki har bir inson ham o`z dunyoqarashi va bilimiga asoslangan holatda faol bo`lishga intiladi. Qolaversa, kreativlik zehni o`tkirlikni belgilab beradi, o`quvchilarning diqqat-e`tiborini ta`lim jarayoniga faol jalb etishni ta`minlaydi. SHundan kelib chiqib zamonaviy ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan o`quvchilarning o`quv faoliyatini samarali tashkil etish muammosi, zamonaviy o`qitish usullaridan keng foydalangan holda o`quvchilarda kreativ salohiyatni rivojlantirish davr talabidir.
Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bogʻliq qobiliyatlar,
jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda birlashtirish
uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi
zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham
takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat.
O‘quvchilarning kreativ fikrlash koʻrsatkichlari ularning tadqiqotchilik
qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir. Xuddi o‘quvchi ishtiyoqini oʻlchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham
kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya)
maʼlumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki o’quvchilarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g’oyalar, kontseptsiyalar hamda ilg’or pedagogik tajribalar asosida o’qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli-faoliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.