6-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi yo`qotishlari. Umuman olganda, raqobatlashuvchi firma qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarishni davom ettirishi yoki davom ettirmasdan ishlab chiqarishni to`xtatishi to`g`risidagi qarorni qabul qilishda firma o`z daromadini umumiy o`rtacha xarajat bilan emas, balki faqat o`rtacha o`zgaruvchan xarajat bilan taqqoslaydi. Nima uchun deganda, o`zgarmas xarajatlar sarflanib bo`lingan va ularni firmani yopganda ham kamaytirib bo`lmaydi. SHuning uchun ham narx o`rtacha o`zgarruvchan xarajatdan yuqori bo`lib, o`rtacha umumiy xarajatdan past bo`lganda firma kelajakda foydaga chiqish maqsadida ishlab chiqarish zarar ishlasa ham o`z faoliyatini davom ettiradi va shu bilan birga umumiy zararni minimallashtirishga harakat qiladi. Nima uchun deganda, bu narx o`rtacha umumiy xarajatdan kichik bo`lgani bilan, u firmaning o`zgaruvchan xarajatlarini (xom ashyo sarfi, ish haqini) qoplaydi, bundan tashqari o`zgarmas xarajatning ham ma`lum qismini qoplaydi.
CHekli mahsulot qoidasiga ko`ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatni tengligini ta`minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .
Ishlab chiqarishni to`xtatish qoidasiga ko`ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo`lsa, ya`ni raqobatlashgan bozordagi narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatdan kichik bo`lsa (6-rasmda V nuqta), firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi). V nuqta firmaning yopilish nuqtasi hisoblanadi.
7-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi harakat qilish qoidalari. Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy xarakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat ko`rsatishidan qat`iy nazar ushbu qoidalar o`z kuchini saqlaydi.
7-rasmda A nuqta firmaning zararsiz ishlash nuqtasi deyiladi, bu nuqtada bo`lib, firma zarar ham ko`rmasdan, foyda ham olmasdan ishlashini ifodalaydi.
Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi.Firmaning taklif chizig`i har bir mumkin bo`lgan narxlarda firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida ko`rdikki, firma mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo`lgunga qadar oshiradi va narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatdan kichik bo`lsa, ishlab chiqarishni to`xtatadi (firma yopiladi). Demak, firmaning noldan yuqori hajmdagi ishlab chiqarish taklif chizig`i chekli xarajatning o`rtacha o`zgaruvchan xarajatning minimumidan yuqorida yotgan qismi bilan ustma-ust tushadi (8-rasm, chekli xarajat chizig`ining A nuqtadan yuqori qismi). minimumdan yuqori bo`lgan har qanday narx da foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ni grafik orqali aniqlashimiz mumkin) (8-rasm).