Rеja: Kirish Raqobatlashgan bozor va uning shartlari


-rasm. Uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajatlar grafigi



Yüklə 39,3 Kb.
səhifə8/11
tarix05.12.2023
ölçüsü39,3 Kb.
#172648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rеja Kirish Raqobatlashgan bozor va uning shartlari-fayllar.org

10-rasm. Uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajatlar grafigi
Uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar ishlab chiqarish hajmining mumkin bo`lgan barcha qiymatlari uchun cheksiz qisqa muddatli oraliqdagi o`ratcha xarajatlar grafiklarini uzluksiz silliq birlashtiruvchi chiziq orqali ifodalanadi. Agar ishlab chiqarish masshtabi samarasi o`zgarmas bo`lsa, uzoq muddatli o`rtacha xarajat grafigi to`g`ri chiziqdan iborat bo`ladi (11-rasm).

11-rasm. Ishlab chiqarish masshtabi o`zgarmas bo`lganda uzoq muddatli va qisqa muddatli oraliqdagi xarajatlar grafigi.

Rasmdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish quvvati va ga o`zgarganda o`zgarmayapti. Uzoq muddatli oraliqda tarmoq tarkibidagi firmaning muvozanat holati bozorda shakllangan narx ning ushbu firmaning o`rtacha xarajatlari minimumiga tengligi bilan belgilanadi:

. (1)


E


12-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat.
Raqobatlashuvchi firma tarmoqqa qarashli bo`lgani uchun (1) shart tarmoqning ham uzoq muddatli oraliqdagi (raqobatlashgan bozorda) muvozanat holatini ifodalaydi.
12-rasmdan ko`rish mumkinki, firmaning iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatida nolga teng. Lekin, bu firma umuman foyda olmaydi degani emas, aslida firma o`zining qo`ygan (qo`shgan) kapitaliga ko`ra real normal foyda oladi. Iqtisodiy foyda alternativ xarajatni ham hisobga oladi, ya`ni firma egasining o`z kapitalini boshqa bir sohaga qo`yish natijasida oladigan foyda. SHuning uchun ham aytish mumkinki, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlari o`z ichiga normal foydani (tarmoq bo`yicha o`rtacha foydani) oladi. Firma egasining iqtisodiy foydasi nol degani, u o`z kapitalini boshqa sohaga qo`yganda ham shu miqdorga teng normal foydani olar edi, demak uning alternativ xarajati nolga teng. Agar firma egasining alternativ xarajati noldan yuqori, ya`ni musbat bo`lsa, u o`z kapitalini ushbu tarmoqdan olib, boshqa iqtisodiy foyda beradigan tarmoqqa qo`ygan bo`lar edi.
SHunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o`rtacha xarajati narxga teng bo`lsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u o`z ishini (normal foyda olgani uchun) to`xtatmaydi. Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo`lgani uchun va tarmoqning o`zi ham raqobatlashuvchi bo`lgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega.
Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishni tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta`minlovchi mexanizm deb qarash mumkin.
Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa.
Tarmoqdan firma chiqadi, agar u uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajtlarini qoplay olmasa. Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi.
Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko`p vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko`rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi bo`lgan firma undan keyin shu ishbilan shug`ullangan firmaga ko`ra ko`proq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo`lib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablag`ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik kontseptsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko`rsatib beradi. Uzoq muddatli oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Masalan, biror firma boshqa firmalarga nisbatan kamroq xarajat sarflab mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydigan patentga yoki yangi g`oyaga ega deylik. Bunday holda bu firma uzoq muddatli oraliqda musbat haqiqiy foyda olishi mumkin. Boshqa firmalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta`minlaydigan ushbu patentni yoki g`oyani olmaguncha mahsulotni ishlab chiqarish bilan shug`ullanmaydi (tarmoqqa kirmaydi).
Agar firmalar ushbu patentdan foydalanish huquqini sotib olishsa, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng bo`ladi. Musbat haqiqiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur`at qilolmaydi.
Musbat iqtisodiy foyda investitsiyalarni tarmoqqa kirishga imoniyat yaratadi va ularni rag`batlantiradi.

Yüklə 39,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin