Reja: Kirish Tabiat bilan tanishtirish metodi haqida tushuncha va uning tavsifi. Tabiat bilan tanishtirishda qo‘llanadigan metodlar: ko‘rgazmalilik. Amaliy uslub va uning turlari: o‘yin, tabiatda mehnat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə4/10
tarix22.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#119336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jo`rayeva Laylo

Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi.
Kuzatishni tashkil etishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlangan obyekt yaxshi holatda, bo‘lishi kerak, ya’ni o‘simlik so‘limagan, navlari o‘ralmagan, xayvon qo‘lga o‘rgatilgan, sog‘lom, bolalardan cho‘chimaydigan bo‘lishi zarur. Kuzatish tabiat burchagida bo‘lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo‘lishi, unga yaqinlashish qulay bo‘lishi uchun yorug‘lik yon tomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning harakatini kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o‘ynashlari mumkin. Bunda xayvonlar o‘zlarini erkin tutishlari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalar tabiat burchagida qulay joylashib o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Kuzatinshi boshqarish. Tarbiyachi kuzatinshi birinchi marotaba o‘tkazayotgan bo‘lsa, dastlab bolalarda hosil bo‘lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayolgan narsa haqida birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1-2 daqiqa tomosha qildirib turadi.
Kuzatinshi boshqarish jarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko‘rish, qiyoslash, o‘yin harakatlaridan foydalanadi.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma’lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur. Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, kuzatilayotgan narsalarni estetik idrok yetish uchun tarbiyachi she’rlardan, topingmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiy asarlarni o‘qishdan foydalanadi.
2 Xayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib, bolalarning diqqatini “Nima qilyapti?” “Qanday yuryapti?” “Nima yeyapti?” “Qanday eyapti?” “Tanasi nima bilan qoplangan?” “Oyoqlari qanday — uzunmi yo qisqami?” “Ko‘zlari qanday shakl, rangi?” kabi savollar yordamida xayvonlarning hatti-harakatiga qaratadi.
O‘simliklarni kuzatish ularning eng yorqin, ko‘zga tashlanadigan belgilarini belgilash va ajratib ko‘rsatishdan boshlanadi. Bu o‘simlikning guli yoki uning yorqin rangdor barglari, ba’zan poyasi (masalan, kaktus) bo‘lishi mumkin. Ana shundan so‘ng o‘simlik tana tuzilishining asosiy xususiyatlari — kattaligi, poyasi (yoki tanasi), barglari, gullari va shu kabilar tartib bilan ko‘rib chiqiladi. Sunday izchillik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning diqqati hali yetarlicha barqaror emasligi, ko‘p jihatdan beixtiyorligi tufayli zarurdir. Biroq mashg‘ulot oxiri kuzatish jarayonida paydo bo‘lgan tasavvurlar natijasini umumlashtirish lozim. Tarbiyachi topshiriq berishning turli usullaridan foydalanib, «Gapirib berchi, qayerdan bilding? Nimasi bilai farq qiladi?» kabi savol va topshiriqlar bilan bolalarning kuzatish orqali nutqlarini o‘sishiga yordam beradi.

1 M. Umarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008
Barcha hollarda, tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan, uni aniq bir vazifadan ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga, tasavvurlar to‘plashdan ularni qiyoslashga, so‘ngra xulosalar chiqarishga o‘tishda izchillikka rioya qilishi lozim. Shunda bolalarda mantiqi tafakkur o‘sadi.
Har bir kuzatishda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning kichik, aniq vazifasini hal etish lozim. Shuning uchun kuzatishlarning har biri ilgarigisi bilan bog‘lanib o‘tkazilishi zarur
Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil etishda, uni oldindan bir qator epizodik kuzatishlar — «bo‘laklarga» taqsimlaydi. Bunday kuzatish o‘simliklar rivojlanishidagi o‘zgarishlar aniq ko‘rinadigan vaqtda o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o‘simlikni tomosha qilib, belgilarini qayd qilishni (birinchi barglarning chiqishini, o‘simtaning urug‘ qobig‘lini yorib chiqayotganini kuzatishni) tavsiya etadi. Yakuniy kuzatishda bolalar kuzatilayotgan o‘simlik rivojlanishining butun tasvirini tiklashi lozim. Buni kuzatishlar kundalik daftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, katta yosh guruhdarda esa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin.
Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabrokdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bu usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida ularda aniqroq tasavuurlarning shakllanishiga yordam beradi.
Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi.
Kuzatishda qatnashgan har bir bolaning va tarbiyachining qo‘lida tarqatma material bo‘lib, kuzatish davomida tarbiyachi bolalarga savollar berib, narsalarni tekshirishni tashkil etadi. So‘ngra olingan tasavvurlarni qiyoslab, bolalarni xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi barcha bolalarning yuqori faolligini ta’minlaydi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin