O‘q tekkan ko‘krak jarohatlarida tibbiy yordam ko’satishning
umumiy prinsiplari. Ko'chirishning barcha bosqichlarida tibbiy yordam
o ‘pkaning nafas olish faollyatini yaxshilaydigan mexanik sabablarni
b a rta raf etish va qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan 4 ta
shart bajarilishi lozim.
Ulardan dastlabkisi — k o ‘krak devorining butunligini va uning
egiluvchanligini tiklash. Ochiq pnevmatoraksda berkituvchi (okklyuzion)
bog‘lovni qo‘yish ushbu vazifani amalga oshirishning eng oddiy
misoli b o ‘la oladi. Ko'krak devorining harakatchan «darcha-oyna»
shaklida sinishini yopishqoq tasma yordamida mahkamlash ham shu
toifa choralarga kiradi.
Ikkinchi shart — shikastlangan o'pkani siqib ko‘ks oralig‘ining
siljishiga olib keluvchi plevra b o ‘shlig‘i sig‘imini olib tashlash. Eng
oddiy choralardan pnevmatoarksda old tomondan II, III qovurg‘alar
o ra lig 'id a n o ‘tirgan holatda va orqa q o ‘ltiq chizigMdan VI, VIi
qovurg‘alar oralig‘idan gematoraksda ham punksiya qilish. Albatta
h a r ikkala holatda plevra b o ‘shlig‘ida naycha (drenaj) q o ‘ygan afzalroq
va imkoniyat boMganda uni bajarish shart.
Uchinchi shart - nafas y o lla rid ag i shilliq va balg‘amni olib tashlab,
kekirdak va bronxlar o ‘tkazuvchanligini va o‘pka ventilyatsiyasini
ta’minlash. Yuqorida ko'rsatilgan tadbirlar, xususan, ko‘krak devorini
mahkamlash, shu vazifaga to‘g‘ridan to ‘g ‘ri aloqasi bor. Og'riqni b a rta
ra f etish ham o ‘ta muhimdir. Og‘riqni qoldiruvchi vositalardan sh ikastlangan
joylarda bajariladigan novokainli yoki sp irt-novokainli
blokadalar samaraüdir. Ayrim hollarda traxeya va bronxlardan q o n ,
shilliqlami aktiv tortish zarur. Bemor tiüni yutganda havo o ‘tq a zu v
nayni qo‘yish, maska yoki shu maqsadlarni kokzlaydi. 0 ‘tkir n a fa s
yetishmovchiligining eng og‘ir holatlarida traxeostomiya bajariladi.
T o ‘rtinchi shart — yurak-qon tom ir reanimatsiyasiga taailuqlidir:
1) yurak tam p o n ad a sid a darhol p e rik a rd punksiyasi b a ja rila d i;
2) k o ‘krâk dev o rid ag i yirik q o n tom ir la rd a n qon k e tis h id a
(qovurg‘alararo yoki ko‘krak ichki arteriyasi) — qisqich yoki ligatura
yordamida qon ketishini to‘xtatish; 3) yalpi o ‘tkir qon ketishda v en a
ichiga qon va plazma o ‘mi bosuvchi suyuqliklami quyish.
Boshqa jarohatlar kabi y ara infeksiyasining oldini olish u c h u n
stolbnyak anatoksini va keng miqyosdagi antibiotiklar qo'llaniladi.
0 ‘q tekkan ko‘krak jarohatlarini davolash umumiy qoidalarini b ilgan
holda tibbiy ko'chirish bosqichlaridagi davolash tadbirlarini a so slash
bir muncha oson.
Dostları ilə paylaş: |