Re’JA: Ko’rak qafasi jarohatlarining umumiy tavsifi. Pnevmotoraks va gemotorask. Bosqichli davolash qoidalari. Jang maydonida ko‘krak jarohatlanishi


Ko‘krakning teshib kiruvchi jarohatlari



Yüklə 33,25 Kb.
səhifə14/22
tarix28.01.2022
ölçüsü33,25 Kb.
#51737
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
HDJ TMI

Ko‘krakning teshib kiruvchi jarohatlari

Ko‘krakning teshib kiruvchi jarohatlari alohida e ’tiborga loyiq,

k o 'p in ch a quyidagi xususiyatlarga ega:

a) parietal plevra bilan qoplangan suyak-mushak hosilalarining

shikastlanishi va har bir qovurg*a satliida qon-tomir nervlar tutamining

joylashishi, qovurg'alararo arteriyalar va ko'krak ichki arteriyasining

jarohatiga olib keladi;

b) bronx-o‘pka shikastlari, ayniqsa o*pka ildizi sohasida ham kuchli

qon ketishlarga olib keladi;

d) ayrim holatlarda yurak va yirik qon tomirlarining jarohati

ko‘pincha yaradorlarning jang maydonida nobud boMishiga olib keladi.

Shunday qilib, ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlarida quyidagi holatlar

boMishi mumkin: 1) tashqi yoki (ko‘proq) ichki qon ketishlari,

2) ochiq yoki (kamroq) kuchlangan pnevmatoraks; 3) gemopnevmatoraks;

4) xilotoraks; 5) teriosti emfizemasi; 6) ko4ks oralig'i emfizemasi.

Ko'krak qafasi va k o ‘krak b o ‘shlig‘i organlarining qayta (takroriy)

shikastlari natijasida quyidagi patologik holatlar yuzaga keladi:

1) k o ‘ks oralig‘ining siljishi va oqibatda yurakning qon bilan

to lish in in g buzilishi, 2) qondagi kislorodning kamomadligiga olib

keluvchi o'pka ventilyatsiyasining buzilishi, 3) ko'krak devorining

defekti plevra bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan bog‘lagan. Bunda har

b ir nafas olish harakatida havo plevra bo‘shlig‘iga kirib qaytib chiqadi,

o ‘z navbatida bu ko'ks oralig‘ining tebranishiga olib keladi. Sirkuly

a to r va respirator buzilishlar har biri bilan uzviy bog‘liq.

Perikard va yurak jarohatlari o ‘pka jarohati bilan qo‘shma yoki

alohida boMishi mumkin. Agar jarohat 2 qovurg‘a va chap qovurg‘a

yoyi orasida joylashgan b o ls a yurak jarohati ehtimoli bor. Yurak

jarohatining joylanishi, chuqurligi va olch am ig a qarab quyidagi qon

ketishiar tafovut etiladi: 1) yalpi ichki plevra bo‘shlig‘iga qon ketishlar

(2 -2 ,5 ! va undan ko‘p), 2) perikard jarohati uncha katta b o ‘lmasa

perikard b o ‘shlig‘iga qon to ‘planish¡ va oqibatda yurak tamponadasi.

Perikard bo‘shlig‘iga qisqa vaqt ichida 200 mi to‘plansa, yurak to ‘xtashi

kuzatiladi. Qon ketishi asta sekin davom etsa, perikard b o ‘shlig‘iga

400—500 mi b o lg an taqdirda ham yurak faoliyati davom etishi

mumkin. Biroq perikard b o ‘shlig‘iga qon ketishi. bevosita yurakning

teshib kiruvchi jarohatiga bog‘liq boMishi shan emas. Masalan, bunday

qon ketish manbalaridan biri toj tomirlari yoki u larn in g mayda

tarmoqlari b o ‘lishi mumkin.

Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlarida uning klinik belgilari

ko'krak devori, ko‘krak bushlig‘i oiganlari (o‘pka, yurak, yirik qon

tomirlar) shikastlanishiga hamda pnevmatoraks, ko‘ks oralig‘i organlari

siljishi yoki nafas yollaming o ktkazuvchanligi buzilishlariga bog‘liq.

Shikastlanish xarakteriga qarab o ‘q tekkan ko'krak jarohatlarida

quyidagi klinik belgilar ustun kelishi mumkin: 1) o ‘tk ir nafas olish

y etishmovchiligi; kokkarish, n a fa s olish m e ’y o rin in g b u z ilish i,

bezovtalik, 2) o ‘tkir qon y o ‘qotish (gemorragik shok manzarasi),

3) yurak tamponadasi sindromi — o ‘ta og‘ir ahvol, ten ko‘karishi, bo‘yin

venalarining shakllanishi, AQB pasayishi, yurak tovushlari bo ‘g‘iqligi.




Yüklə 33,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin