Malakali tibbiy yordam
Tibbiy saralash davrida jabrlanuvchilaming 3 ta guruhi tahlil etiladi.
I guruh — yengil shikastlanganlar: ko‘krak yumshoq to‘qimalarining
lat yeyishi va bitta-ikkita qovurg‘a sinishi, ichki a ’zolari shikastlanmagan
qabul saralash bo‘linmasida tibbiy yordam ko‘rsatilib, bemorlar
gospital bazaning yengil jarohatlanganlar gospitaliga yuboriladi.
II guruh — shok holatidagi jabrlanuvchilar. Shokni davolash
c h o d irig a yuboriladi va sh o k d an chiqarilgan maxsuslashtirilgan
“ko’krak-qorin” turidagi gospitalga yuboriladi.
III guruh - mazkur bosqichda hayotiy ko’rsatmalar bo’yicha
malakali jarrohlik yordamiga muhtoj bo'lganlar. Davom etayotgan
plevra ichki qon ketishlari bilan bo‘lgan yaradoralr torakotomiya uchun
operatsiya xonasiga yo’llanadilar. Bog’lov xonasida ichki klapanli pnevmatoraks,
travmatik asfiksiyasi va ko‘plab qovurgkalari singan bemorlar yuborilsa ularga plevra bo’shlig’i punksiyasi, torakotsentez, plevra
bo’shIig’i suvosti klapani bilan drenajlash, Byulau yoki Petrov usuli
bo’yicha drenaj qo‘yish, vagosimpatik va boshqa turdagi blokadalar
kabi muolajalar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |